TUGATILISh QIYMATI
45. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo’lmasa, nomoddiy aktivning qoldiq qiymati nolga teng deb hisoblanadi.
FOYDALI XIZMAT MUDDATINING O’ZGARIShI
46. Har bir hisobot davri oxirida nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati qaytadan ko’rilishi va agar prognozlar dastlabki baholardan jiddiy farq qilsa, amortizatsiya summasini joriy va kelgusi davrlar uchun ko’paytirish yoxud kamaytirish lozim.
AKTIVNING ChIQIB KETIShI
47. Nomoddiy aktiv to’liq eskirgan, sotilgan, tekinga berilgan hollarda hisobdan o’chiriladi.
48. nomoddiy aktivning chiqib ketishidan olingan daromad yoki zarar sotishdan kutilayotgan tushum va aktivning balans (qoldiq) qiymati o’rtasidagi tafovut sifatida belgilanadi. U moliyaviy natijalar to’grisidagi hisobotda daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |