O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fan: Multimedia aloqa tarmoqlari mustaqil ishi-1


Tolali optik aloqaning afzalliklari quyida keltirilgan



Download 154,91 Kb.
bet4/11
Sana07.01.2022
Hajmi154,91 Kb.
#328464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MU

Tolali optik aloqaning afzalliklari quyida keltirilgan.

Oʻtkazish oraligʻining kengligi.

Bu tashuvchi chastotasining juda yuqoriligi 1014 - 1015 Gs bilan tushuntiriladi. Bitta optik tola boʻylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqimini uzatish imkoniyati mavjud. Oʻtkazish oraligʻining kengligi tolali optik aloqaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun turuvchi eng muhim afzalligidir.



Optik tolada yorugʻlik signallarining kam soʻnishi.

Xozirgi kunda koʻplab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm toʻlqin uzunligida 0,2-0,3 dB/km soʻnishga ega. Soʻnish va dispersiya qiymatlarining kichikligi optik signallarni TOA liniyalari boʻylab retranslyatsiyasiz 100 km va undan uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi.

Shovqin sathini kichikligi optik tolaning oʻtkazish qobiliyatini oshiradi.

Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. Optik tola dielektrik materiallar – kvars, koʻp tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga taʼsirchan emas. Shuningdek koʻp tolali optik kabellarda koʻp juftli mis kabellarga xos elektromagnit nurlanishlarning oʻzaro taʼsiri kabi muammolar yuzaga kelmaydi.

Bu afzalligi tufayli optik kabellardan ishlab chiqarish korxonalarida, boshqaruv markazlarida, samolyot va kema kabi transport vositalarida foydalangan maquldir. Chunki shu kabi kichik joylarda ham energetik qurilmalar, ham avtomatika va teleboshqaruv tizimlari, ham koʻp sonli abonent qurilmalaridan iborat tarmoqlangan aloqa tarmoqlari joylashgan boʻladi. Bunday xolatda elektromagnit va oʻzaro shovqinlar yuzaga keladi. Optik kabellarning esa bunday shovqinlarga taʼsirchan emasligini aytib oʻtdik.



Yengilligi, xajmi va oʻlchamlarining kichikligi.

Optik kabellar mis kabellar bilan solishtirilganda ancha yengil va xajmi kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1sm diametrli bitta optik tola bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron poʻlat lenta bilan qoplangan boʻlsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng boʻladi, bu esa koʻrilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik.

Optik tolaning bu afzalligi optik kabelli liniya traktlarini qurishda ancha yengilliklar yaratadi. Yengilligi va oʻlchamining kichikligi tufayli optik tolaning samolyot, vertolyot va boshqa transport vositalarida ishlatilishi tolali optik aloqaning juda muhim yutugʻidir. Masalan, axborotlarni yigʻish va boshqarish vazifalarini bajarish uchun maxsus jihozlangan samolyotlarda bogʻlovchi kabellar ogʻirligini 1 tonnadan oshiqqa kamaytiradi.

Aloqaning maxfiyligi. Tolali optik kabellar radio tÿlqin diapazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan uzatilayotgan axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi ulanishlarda eshitish juda qiyin. Optik aloqa liniyasining monitoring tizimi (uzluksiz nazorat) tolaning yuqori sezgirlik xususiyatini qoʻllab, darxol ruhsatsiz tashqaridan eshitilayotgan aloqa kanalini oʻchirishi va xavf (trevoga) signalini uzatishi mumkin.

Tarqaluvchi optik signallarning interferensiya effektini qoʻllovchi tizimlar tebranishlarga, bosimni ozgina ogʻishlariga sezuvchanligi juda yuqori. Xukumat, bank va maʼlumotlar himoyasiga yuqori talablar qoʻyiladigan boshqa maxsus xizmatlarning aloqa liniyalarini tashkil etishda bunday tizimlar ayniqsa zarurdir.



Yongʻindan himoyalanganligi. Optik tolada uchqun hosil boʻlmasligi kimyoviy, neftni qayta ishlovchi korxonalarda, portlash va yongʻin xavfi mavjud boʻlgan binolarda xavfsizlikni oshiradi.

Iqtisodiy jihatdan samaradorligi. Optik tola kvarsdan ishlab chiqariladi. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO2 tashkil etadi. Demak tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun noyob rangli metal sarflanmaydi. Mis va qoʻrgʻoshinning dunyoviy zahiralari chegaralangan xozirgi vaqtda noyob boʻlmagan maxsulotga oʻtish kabelli aloqa texnikasining kelgusi rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Natijada optik kabellarning narxi mis kabellarga nisbatan arzonlashadi.

Tolali optik kabellar signallarni uzoq masofalarga retranslyatsiyasiz uzatish imkonini beradi. Uzoq masofali TOA liniyalarida optik kabellarning qoʻllanilishi retranslyatorlar sonini qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida ham sarf harajatlar kamayadi.



Foydalanish muddatining uzoqligi. Tola vaqt oʻtgan sari eskiradi, yaʼni yotkazilgan kabellarda soʻnish asta sekin oshib boradi. Biroq, optik tola ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarining mukammallashuvi bu jarayonni sekinlashtiradi va foydalanish muddatini uzaytiradi. Tolali optik kabellardan foydalanish muddati taxminan 25 yilni tashkil etadi.

Masofaviy elektr taʼminotga ega ekanligi. Baʼzi xollarda tarmoq tugunlarining masofaviy elektr taʼminoti talab etiladi. Buni optik tola orqali amalga oshirib boʻlmaydi. Bu xolda optik tola bilan birgalikda mis oʻtkazish elementi bilan jihozlangan aralash kabellardan foydalanish mumkin. Bunday kabellar koʻpgina mamlakatlarda keng qoʻllaniladi.

Tezligi 100 Mbit/s gacha boʻlgan va aloqa masofasi chegaralangan (tahminan 10 km gacha) tizimlarda nisbatan arzon va oxirgi qurilmalar bilan oson moslashadigan koʻp modali kabellardan foydalangan maqqul. Bunda nurlanish manbai sifatida koʻp modalarni nurlantiruvchi oddiy turdagi yarim oʻtkazgich yorugʻlik diodlarini ishlatish mumkin.

Yangi turdagi optik tolalarning (siljigan dispersiyasi nolga teng boʻlmagan), keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi toʻliq optik tizim va optik traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda. Bunday texnologiyalardan 100 va 1000 Gbit/s oʻtkazish oraliqli tizimlarni yaratishda foydalaniladi.


Download 154,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish