Sinxron raqamli ierarxiya
Hozirgi kunda telekommunikatsiya tarmoqlarida pleziaxron raqamli ierarxiya (PDH) va sinxron raqamli ierarxiyaning (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) multipleksorlash qurilmalari qo’llanilmoqda. Birinchi bo’lib mahalliy birlamchi tarmoqning raqamli uzatish tizimlari (RUT) yaratildi: IKM-30 va uning turlari. So’ngra shahar va hududiy tarmoqlarda qo’llaniladigan PDH-RUT IKM-120, IKM-480, shuningdek tolali optik uzatish tizimlari ishlab chiqildi va qo’llanildi. PDHda multipleksorlashni kamchiliklaridan biri raqamli oqimlarni ajratishni murakkabligi hisoblanadi. 140 Mbit/s raqamli oqimdan 2 Mbit/s tezlikli oqimni ajratib olish uchun u to’liq demultipleksorlanishi kerak. SDH tizimlarida bu masalani bajarish oddiy.
PDH va SDH tizimlarida raqamli oqimlarni ajratish / birlashtirish jarayonlarini qiyoslash.
Bu yerda 2 Mbit/s tezlikli oqimni kiritish va chiqarish kirish/chiqishli multipleksor (add/drop multiplexer, ADM) yordamida amalga oshiriladi.
ITU-T tavsiyasiga asosan SDH uzatish tizimining tezligi 155.52 Mbit/s. SDH RUT telekommunikatsiya tarmog’i bo’ylab signallarni transportlash uchun mo’ljallangan, standartlashtirilgan axborot tuzilishining yig’indisini tashkil etadi. Ulardan asosiysi N-tartibli STM-N sinxron transport modul hisoblanadi.
STM-N ning raqamli hajmi
Izoh: B-uzatish tezligi;
E1(NE1)-birlamchi raqamli oqimlar soni;
NARK- asosiy raqamli kanallar soni.
SDH RUTning asosiy afzalligi ishonchli, boshqariluvchi transport tarmoq hisoblanadi, ular quyidagilar hisobiga bajariladi:
- har bir segmentni nazorat qiluvchi segmentlashtirilgan aloqa liniyasi;
- qurilmalarni, qurilma bog’lamalarini, liniyani zahiralash va liniyani avtomatik zahira liniyaga o’tkazish;
- TMN boshqarish tarmog’i yordamida transport tarmoqni qayta tuzish imkoni.
SDHda tashkil qilinadigan liniyani zahiralashning keng tarqalgan usullaridan biri bu tarmoqni halqali topologiyasini qo’llash hisoblanadi.
Halqa tuzilishida axborot asosiy va zahira yo’nalishi orqali uzatiladi.
Halqaning qaysidir uchastkasida avariya bo’lsa, o’sha uchastkadan aylanib O’tish zahira yo’l orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. SDH – bu zamonaviy xborot tarmog’ining tuzilish qurilmasi – yashovchan, yuqori sifatli transport aloqa tarmog’idir.
SDH quyidagilarga imkon beradi:
- ko’p sifatli raqamli kanallarni tashkil qiladi;
- regeneratorlarsiz liniya traktini qurish;
- kross-konnektorlar va kirish-chiqish multipleksorlarni qo’llash hisobiga oson tuzilishli va tarmoqlangan raqamli tarmoqni yaratish;
Bir yo’nalishli halqa
- operativ nazorat va ulanish qurilmasi hisobiga foydalanuvchilarga ishonchli kanallar va traktlarni taqdim etadi, shuningdek ishonchli tarmoq tuzilishi;
- tarmoqni operativ boshqarishni amalga oshiradi;
- ATM texnologiyasini qo’llab yuqori ishlab chiqaruvchi raqamli tarmoq qurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |