(Tolali optik kabellar).
Multiservisli tarmoq haqidagi zamonaviy tushuncha abonent terminaligacha yoki oraliq tugallanishgacha (gibrid usul tola-mis) qo’llaniluvchi tolali-optik kabellar bilan uzluksiz bog’liq.
Optik aloqa (OA) bu axborot yorugʻlik nuri koʻrinishida optik tola boʻylab yoki ochiq fazo atmosferada uzatiladigan aloqadir.
Optik toʻlqin va signallar yordamida axborotlarni maʼlum masofalarga uzatishga moʻljallangan, boshqacha qilib aytganda optik signallarni shakllantirishni, qayta ishlashni, uzatishni taʼminlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yigʻindisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi.
Axborot tolali optik uzatish muxiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa (TOA) tizimi, ochiq atmosferada uzatilsa, ochiq optik aloqa (OOA) tizimi deyiladi.
Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatish hisoblanadi. Odatda axborotlarni uzatish mos keluvchi axborot signallari bilan modulyatsiyalangan elektromagnit tebranishlar yordamida amalga oshiriladi. Soʻng modulyatsiyalangan signal uzatish muhitida tarqaladi va qabul qiluvchi qurilmaga tushadi. Qabul qilgichda signal demodulyatsiyalanadi va axborotlar ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |