Yuqori sifatli tovush. Yuqori sifatli tovush deganda shunday xizmat tushuniladiki, bu xizmat yuqori sifatli tovushni, masalan, musiqa, konsertlardagi chiqishlarni va eshittirishni uzatishni amalga oshiradi.
Videotelefoniya. Mazkur xizmat ikki abonent o’rtasida insonlar nutqini uncha yuqori bo’lmagan sifatdagi uning tasviri bilan birga uzatishni amalga oshiradi. Bu xizmat mijozlari tegishli kommutatsiya qurilmasi orqali haqiqiy vaqt rejimida bir-birlarini eshitishlari va ko’rishlari mumkin.
Videokonferensiya. Mazkur xizmat abonentlar guruhi o’rtasida tovushli va videotrafikni uzatishni amalga oshiradi, bunda tovush va videosignallar bir-biriga
Bog’liq bo’lmagan holda (turli transport birikmalari bo’yicha) tarmoq orqali uzatiladi, ularning qabul qilishdagi sinxronlanishi transport darajasidagi tegishli protokol bilan ta‘minlanadi.
Masofadan tibbiy xizmat ko‘rsatish. Mazkur xizmat bemorlarni masofadan tibbiy tekshirish, tashxis qo’yish va maslahat berishni ta‘minlaydi. Mazkur xizmat trafigi haqiqiy vaqt miqyosida uzatilgan tovush va video ma‘lumotlarni, tekshiruv natijalarini va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |