O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti ims



Download 1,34 Mb.
bet7/10
Sana17.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#816771
TuriПротокол
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IMS21-25

PoC mijoz
PoC mijoz OMA standartiga mos ravishda UE (User equipment - foydalanuvchi qurilmasi) da funksional ob’ekt hisoblanadi ya’ni, belgi hususiyatlarini ishlatish orqali o‘zini-ozi IMS ga ro‘yhatdan o‘tkaza oladi va SIP REGISTER so‘rovida PoC reliz versiyasini ko‘rsatgan holda, boshlash/o‘zgartirish/ozod qilish PoC seanslarda foydalanuvchi darajasi jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi (misol uchun PoC server ga/dan ovozli habarlarni uzatish/qabul qilish, ovozli habarni boshqarish mehanizmini qo‘llab-quvvatlash, foydalanuvchi darajasi moslashuvchaligi) PoC hizmatlar sozlamalarini o‘rnatish imkoniyatini va hodimni darhol ogohlantirishni qo‘llab quvvatlaydi.


PoC (Push to Talk over Cellular) hususiyatlari

PoC aloqa guruhlarining talabini qondirish uchin turli hil aloqa modellarini qo‘llb quvvatlaydi. Ushbu modellar o‘rtasidagi asosiy farq guruhli siyosat va seansni o‘rnatishdir. Boshqa so‘z bilan aytganda foydalanuvchilar guruhni qanday qilib yaratishadi va guruh a’zolarini qo‘shib/o‘chiradi?


Qanday qilib ular guruh seansini faollashtiradi va kirish nazorati rejalashtiradi. Taqsimlangan guruhli aloqada, foydalanuvchilar foydalanuvchilar guruhini guruhli seansda ishtirok etish uchun taklif qiladi. Taklif qilingan foydalanuvchilar kiruvchi seans signalini qabul qiladi va ular avtomatik va qo‘lda javob berish orqali qo‘shilishlari mumkin. Taklif qilingan guruh oldindan rejalashtirilgan PoC guruhi bo‘lishi mumkin yoki vaqtinchalik kelishuv singari chaqirayotgan foydalanuvchi telefon kitobidan tanlangan foydalanuvchilar ro‘yhati bo‘lishi mumkin.
8.2 - jadval
PoC server vazifalari taqsimoti

Vazifasi

Roli

SIP seansini boshqarish

Ikkalasi

Qatnashuvchilar PoC manzili mahfiyligini taqdim etadi

Ikkalasi

Foydalanuvchi darajasi jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi

Ikkalasi

Ovozli paketlarni boshqarish protokoli kelishuvini qo‘llab-quvvatlaydi

Ikkalasi

Turli hil kodeklar o‘rtasida qayta kodlashni taqdim etadi (muhim emas)

Ikkalasi

Guruh seansida foydalanuvchular uchun siyosatni qo‘llash huquqi (misol uchun kim qo‘shilish uchun ruhsat etilgan)

Nazorat qilish

Qatnashuvchilar ma’lumotini taqim qiladi

Nazorat qilish

Markashlashgan aloqa tizimi taqsimotini ta’minlaydi

Nazorat qilish

Markazlashgan so‘zlashuv paketlari nazorati hamda so‘zlashuvchi shaxsini aaniqlashni ta’minlaydi

Nazorat qilish

Markazlashgan hisob-kitob hisobotini taqdim qiladi

Nazorat qilish

Markazlashgan media sifati ma’lumotini to‘playdi va taqdim qiladi

Qatnashish

Kirivchi PoC seanslari uchun kirishni nazorat qilishni taqdimqiladi
(Misolucuh, kirishni boshqarish, kirivchi PoC seanslarini ta’qiqlash, mavjudlik holati va hokazo)

Qatnashish

Joriy javob rejimi holatini, PoC mijozning kiruvchi PoC seanslarini ta’qiqlash va lahzali kiruvchi shaxsiy ta’qiqlashni saqlaydi

Qatnashish

Qatnashuvchilar hisob-kitoblari hisobotini taqdim qiladi

Qatnashish

PoC seanslari bilan bir vaqt holatida media oqimlarni filterlashni ta’minlaydi (muhim emas)

Qatnashish

PoC mijozlar va PoC vazifasini bajarayotgan PoC severi o‘rtasida so‘zlashuv paketlari nazoratini uzatish vazifasini bajaradi*. *Izoh - agar PoC serveri media kanalida bo‘lsa bu majburiy vazifadir

Qatnashish

Ohirgi holatda, seansni o‘rnatishdan avval boshqa foydalanuvchilarni aniqlash qobiliyati yoki mavjudlik holatlari foydalanuvchilarga aniq qo‘shimcha qiymat beradi. Chiquvchi seans oldindan rejalashtirilmagan holatlarni va foydaanuvchilar tanlanishi kerak bo‘lgan hollarni qanoatlantiradi.


Avvaldan rejalishtirilgan PoC guruhlari uchun qoidalar mavjud (OMA da ta’riflangan). Birinchi, agar har qanday oldindan rejalashtirilgan guruhning har qanday a’zosi boshqa bir guruh a’zosini guruhga qo‘shilish uchun taklif qilsa PoC seansi guruh a’zolari o‘rtasida o‘rnatiladi. Ikkinchi, oldindan rejalashtiriligan guruh az’osi taklifni qabul qilgandan so‘ng aloqa boshlanadi va nazorat PoC serveri oldindan rejalashtirilgan guruh initsiatoriga mediaga ruhsat taqdim etadi. Uchunchi, oldindan rejalashtirilgan PoC guruh seansida qatnashish faqat oldindan aniqlangan guruh uchun ruhsat etilgan (ya’ni, oldindan rejalashtirilgan guruh a’zolari). Shunga o‘xshash, maxsus PoC guruhlari uchun ham bir qator qoidalar mavjud. Maxsus PoC guruhlari, PoC foydalanuvchilari PoC seansiga bir yoki bir nechta foydalanuvchilarni taklif qilganda yaratiladi (e’tibor qarating, birma-bir PoC seansi bu ikki ishtrokchiga ega maxsus seans). Faqat PoC maxsus seansiga taklif qilingan o‘sha foydalanuvchilarga ruhsat etilgan ya’ni ushbu guruhga qo‘shilish uchun maxsus PoC guruhining joriy a’zosidan guruhga qo‘shilish haqida so‘rov qabul qilgan bo‘lishi lozim (nazorat qiluvhchi PoC serveridan SIP INVITE yoki SIP REFER kabilar) Nazorat qiluvchi PoC serveridagi mahalliy siyosat faqat maxsus PoC guruhi initsiatoriga ko‘proq foydalanuvchilarni qo‘shishga ruhsat berishi mumkin (hisob kitob maqsadida)[37].
Guruhga qo‘shiluvchilar aloqasida, chat guruhida qatnashuvchilarning o‘zlari PoC guruuh seansinga o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shiladilar. Ushbu yo‘l bilan foydalanuvchilar ular qatnashayotgan guruh ustidan to‘liq nazorat qila oladilar. Ular guruhga qo‘shilmaguncha hech qanday oqimlarni qabul qilmaydi. Qo‘shilish (Join-in) operatsiyasi oldindan rejalashtirilgan harakatlar va dasturlar uchun yaxshi mos keladi. PoC guruh chatida qatnashishni real hayotda televizor ko‘rish, kino ko‘rishga borish va yig‘ilishlarda qatnashishga o‘xshatish mumkin. PoC seans chati to‘liq seans vaqtinining bir qismini o‘z ichiga olgan real aloqa bilan bir necha soatlar davom etishi mumkin. PoC seans chatida bo‘lish foydalanuvchini o‘sha vaqtda boshqa seansdan qabul qilishiga yo‘l qoymasligi kerak. Shuningdek foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida boshqa chat seanslarida qatnasha olishlari lozim (misol uchun “mening oilam”, “basketboldagi do‘stlarim”).
Chat guruhi har qanday kirish nazoratlarisiz yoki a’zolari keltirilgan cheklangan guruhsiz cheklanmagan guruh bo‘lishi mumkin. Cheklanmagan guruhlar guruh raqamini bilgan barcha uchun ochiqdir (guruhning SIP URI lari). Guruh raqamlarini aniqlashni misol uchun operator portaladia yoki chat honalarida topilish mumkin. Cheklanmagan PoC chat guruhlari umumiy holda ochiq muhokamali forumlar uchun va mahsus mavzularni muhokama qilishda (misol uchun, baliq ovlash, mashina va futbol). Cheklangan guruhlar shunday guruhki, oldindan yozilgan foydalanuvchilarga kirish chegaralangan. Ushbu guruhlarga kirish usullari qo‘llanilgan. Cheklangan guruhlarga qo‘shilish uchun foydalanuvchilar guruh raqamini (identigikasiyasini) bilishi lozim va ular guruh seansiga qo‘shilishga huquqlari bo‘lishi kerak. Cheklangan PoC chat guruhlari kunlik ishda guruh ichida himoyalangan uzoq davom etadigan aloqa kerak bo‘lgan biznes foydalanuvchilar uchun juda ham mosdir. 8.13-rasm PoC aloqasininig turli modellarini jamlaydi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish