O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti ims


Xabar almashish (Instant Messaging IM)



Download 1,34 Mb.
bet4/10
Sana17.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#816771
TuriПротокол
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IMS21-25

Xabar almashish (Instant Messaging IM)

Hozirgi kunda xabar almashish xizmatlarining ko‘plab turlari mavjud. Odatda, xabar almashish jarayoni bir obektdan ikkinchiga xabarni uzatishni amalga oshirish tushiniladi. Xabarlar turli formalarda bo‘lishi, turli ma’lumotlardan tashkil topishi hamda turli usullarda tashilishi mumkin. Xabarlashish multimediali va shu bilan birga tekst ko‘rinishidagi ma’lumotlarni real vaqtda bo‘lishi yoki mail bokslarga jo‘natilishi mumkin.


Quyidagi 8.8-rasmda IMSning ikki xil xabar almashish formasi keltirilgan: tezkor xabar almashish va seans asosida xabar almashish. IMSning har bir xabarlashish turi o‘zining xarakteristikalariga ega. IMS tarmoqlari xabar almashish uchun asosiy talablaridan biri – xabar almashish turlari orasida o‘zaro hamkorlikni osonlashtirishdir.



IMS arxitekturas xabar almashish turlari

IMS tarmoqlarida tezkor xabar almashish usuli real vaqtda xabar almashish usulining o‘zgargan ko‘rinishi hisoblanadi. Real vaqtda foydalanuvchi terminallari orasida xabarlarni jo‘natish uchun IMS tarmog‘ida SIP MESSAGE usulidan foydalaniladi. Teskor xabarlashishda, UE MESSAGE so‘rovini yaratadi hamda teksdan tashkil topgan kontentni va shu bilan birga ovoz va rasm kabi multimedia bo‘lagini so‘rovga joylashtirishi mumkin. Keyin, so‘rov IMS infrastrukturasi orqali yo‘naltiriladi, aynan INVITE so‘rovi kabi. So‘rov qabul qiluvchi foydalanuvchining UE tomon yo‘l topgunicha tarmoqda saqlanadi. 8.9-rasmda odatdagi xabarlar oqimi keltirilgan.





Tezkor xabar almashish oqimi

So‘rovlarga albatta javob qaytariladi: ikki foydalanuvchi o‘rtasida tezkor xabar almashish ikki tomonlama to‘liq dialod ko‘rinishida amalga oshiriladi. Seans asosidagi xabar almashish turidan farqli o‘laroq, tezkor xabar almashish turida xabar seansi faqat qatnashuvchi foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi. Jarayonda xech qanday protokol seansi jalb qilinmaydi: ikki terminal orasida har bir tezkor xabar mustaqil hamda xech qanday dastlabgi so‘rovlarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.


Agar IMS foydalanuvchi offline holarda bo‘lganida tezkor xabar qabul qilinsa, MESSAGE ilova serveriga (AS) yo‘naltiriladi. To foydalanuvchi online holatiga o‘tmaguncha AS xabarni o‘zida saqlaydi. IMSda foydalanuvchi server ro‘yhatidan foydalanib bitta xabarni bir nechta qabul qiluvchilarga jo‘natishi mumkin. IMS foydalanuvchisi umumfoydalanuvchi xizmat identifikatoridan (PSI) foydalanib ro‘yhat shakllantirishi mumkin. Qachondir MESSAGE usuli PSIga yaratilgan ro‘yhatga mos holda jo‘natilganda, server ro‘yhatiga so‘rov jo‘natiladi. Server ro‘yhati xabarni qo‘lga kiritganida, ro‘yhatning har bir a’zosi uchun yangi so‘rov shakllantiradi.
Agar tezkor xabar IMS foydalanuvchisi bo‘lmagan abonentga uzatilganida, xabar ilova serveriga yo‘naltiriladi, keyin server xabarni kerakli tarmoq bilan almashadi. Ya’ni, AS xabarni SMS, MMS yoki email ko‘rinishiga o‘zgartiradi. R8 standartida xabarni SMS ko‘rinishiga o‘zgartirish usuli ishlab chiqilgan va OMA bu usulni takommillashtirib xabarni turli tarmoq formalariga o‘zgaritish xizmatini yaratdi.



Seans asosida xabarlar oqimi

Seans asosida xabar almashish internetda allaqachon foydalanib kelinayotgan xabar almashish usuliga o‘xshash holda amalga oshiriladi: internetda qayta uzatish muloqoti. Xabar almashishning bu ko‘rinishida, foydalanuvchi seansga ishtirok etadi. Seansda asosan qisqa tekst xabarlaridan tashkil topgan media komponentlari bo‘lishi mumkin. Boshqa seanslarda bo‘lgani kabi, xabar seansida vaqt davomiyligi aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunda foydalanuvchi seansni boshlaganida xabar almashish jarayoni boshlanadi hamda foydalanuvchi seansni yopganida jarayon tugatiladi. Seans o‘rnatilganidan keyin foydalanuvchilar o‘rtasida SIP va SDP protokollaridan foydalanib, to‘g‘ridan to‘g‘ri xabar oqimlari uzatiladi. Yuqoridagi rasmda xabar seansning xabar oqimi keltirilgan.


Seans asosida xabar almashish P2P ko‘rinishida bo‘ladi. Seansga taklif qilish qabul qilinganida, asosiy media komponentni bo‘lib xabarlarning seansi hisoblanadi. Shuingdek, xabar seanslari bilan boshqa media seanslarini birlashtirish mumkin. Seans ichida xabarlarni tashish uchun amalda MSRP (message session relay protocol) nomli protokoldan foydalaniladi. MSRP protokoli TCP protokolining yuqori qismida joylashgan bo‘lib, u istalgan MIME (multipurpose internet mail extensions) inkapsulyasiya qilingan ma’lumotlarini tashiy oladi. Xabar istalgan o‘lchamda bo‘lishi.
Seans asosida xabar almashish jarayoni konferensiya bilan ham tabiiy kelishuvni hosil qilishi mumkin. Konferensiya vazifasidan foydalanish, seans asosidagi xabar almashish ko‘p qismli muloqot konferensiyaga o‘zgartirilishi mumkin. Bunday jarayonda, bu xabar almashish turi zamonaviy ovozli konferensiyaga o‘xshashgan ilova bo‘ladi[38].


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish