25- laboratoriya ishi
Yarimdupleks tezkor aloqa xizmati (PoC) ni o’rganish
PoC (Push to Talk over Cellular) arxitekturasi
PoC (Push to Talk over Cellular) standarti uchun Open Mobile Alliance (OMA) Release 1 arhitekturasi, PoC mijozlari, PoC ilova serverlari va PoC XML hujjatlarni boshqarish serveri (HDMS)ga asoslangan. HDMS ni maxsus ilova konfiguratsiyasi o‘rnatishni saqlash vailova kongfiguratsiyasini boshqarish deb tushunish mumkin. HDMS server “PoC HDMS” kabi maxsus ma’lumotlarni saqlovchi serverdir. PoC-8 tayanch nuqtaga asoslangan XSAP ni qo‘llash PoC server hotiradan PoC ga tegishli bo‘lgan hujjatni chaqirshi mumkin (misol uchun kirish ro‘yhati) va PoC-5 tayanch nuqtaga asoslangan XSAPni qo‘llab PoC server umumiy HDMS dan sozlamalar ro‘yhatni chaqiradi (masalan, myfriends@example.com a’zolar ro‘yhati). PoC serverlar so‘zlashuv oraliqlarini nazorat qilish kabi(bir vaqtning o‘zida bir foydalanuvchiga so‘zlashuv oralg‘ini zahiralash) maxsus ilova masalalarini qayta ishlaydi va PoC seansini boshqaradi. Shuningdek ular operatorlarga telekommunikatsiya hizmatlarini taqdim etishda, maxsus hisob-kitoblar qaydnomasi ilovlarini yaratish (CDR) va tarmoqni boshqarish tizimi interfeysini taqdim qiladi.
PoC server IMS ga IMS hizmatlarini boshqarish tayanch nuqtasi orqali ulanadi. IMS, PoC uchun foydalanuvhcilarni autentifakisiyalash, seansni marshrutlash va SIP ga asosidagi umumiy hisob kitoblarni o‘z zimmasiga oladi. PoC mijozlarni odatda foydalanuvchi qurilmasidagi dasturiy ta’minot, lekin ilova bo‘lishi ham mumkin (shaxsiy komyuterlarda ham). Odatda mavjud hizmatlar PoC bilan bo‘g‘liq (misol uchun foydalanuvchilar boshqa foydalanuvchilarning PoC aloqasi uchun tayyor va mavjudligini o‘qiy olishi mumkin). PoC hizmatlari mavjud bo‘lishsiz ishlashi ham 8.11-rasmda keltirib o‘tilgan.
8.11- rasm. Mobil aloqa orqali PTT arhitekturasi
PoC Server
PoC serverlari IMS arhitekturasida PoC hizmatlarini taqdim qiluvchi ilova serverlari hisoblanadi. U seans o‘rnatish jarayonini boshqaradi, PoC guruh seanslari uchun siyosatni aniqlashga majbur qiladi (masalan, kim qo‘shilishga ruhsat etilgan, kim ko‘p a’zolarni taklif qilishga ruhsat etilgan, muhim foydalanuvchi tark etkanda seansni tugatish haqida qaror qabul qiladi, yoki muhim foydalanuvchi qo‘shilganda boshqa foydalanuvchilar taklif qilinishi haqida qaror qabul qiladi), guruh foydalanuvchilari haqida ma’lumot taqdim qiladi (misol uchun guruhga kimdir qo‘shilsa yoki tark etsa). Bundan tashqari, kerak bo‘lganda PoC serverlari media ma’lumotlar taqsimoti va moslashuvini o‘z zimmasiga oladi.
Qo‘shimcha qilib aytganda, u so‘zlashuv oraqilari uchun nazorat nuqtasi sifatida harakat qilishi mumkin ya’ni PoC serverlari mediani uzatish uchun kimda huquq borligini, boshqa foydalanuvchilarga ushbu huquqni kimgadir berilganligi haqida habar beradi va hokazo. Ushbu mehanizm “Talk Burst Control, TBC-So‘zlashuv Paket signallarini Boshqarish” deb ataladi. Qisqa qilib aytganda PoC serverlari boshqarish tekisligida va foydalanuvchi tekisligida ham PoC hizmatlariga bog‘liq trafiklarni qayta ishlaydi. Ushbu maqsadda u IMS tayanch nuqtalari bo‘lmish ISS va Mb larni ishlatadi.
OMA da PoC serverlarining ikki roli aniqlangan: PoC funksiyalarini qatnashishi va PoC funksiyalarini boshqarish. PoC serveri rolini tayinlanishi PoC seansini o‘rnatish mobaynida yuz beradi u erda PoC seansi qatnashuvchilarininig soniga bog‘liq ravishda PoC finksiyasini boshqarish vazifasini bajarayotgan yagona PoC serveri va ikki yoki undan ortiq qatnashuvchi vazifasini bajaryotgan PoC server bo‘ladi. Birma-bir PoC seansi holatida va mahsus PoC guruhi foydalanuvchini taklif qiluvchi PoC serveri boshqaruvchi funksiyani bajaradi.
8.12 - rasm. PoC server arxitekturasi
PoC guruhi chati va oldindan rejalashtirilgan guruh seansi guruhning identifikatsiya ma’lumotlariga egalik qiluvchi/joylashtiruvchi PoC serveri PoC vazifasini boshqarishni bajaradi.
PoC vazifasida boshqarish tomon uzatilayotgan SIP signalizatsiya trafiklari PoC vazifasida qatnashayotganlardan birinchi bo‘lib PoC mijozlaridan kelayotgan SIP signalizatsiyasi boradi.
Farqli ravishda, PoC mijozlari PoC vazifasida boshqauvchiga to‘gridan-tog‘ri bog‘lanish uchun mediaga va media signalizatsiyasiga ega bo‘lishi mumkin. 8.12-rasm PoC server arhitekturasini ifodalaydi. PoC serverining turli hil vazifalari taqsimoti 8.2-jadvalda umumlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |