23- laboratoriya ishi
Xabar almashish (Instant Messaging IM) xizmatini o’rganish
Status va online muloqot vositalari shaxsiy va korporativ aloqalarni tubdan o‘zgartirdi. Ilova xabar almashish va yangi xizmatni taklif etish jarayonini yaxshilaydi, undan boshqa ilovalar hamda xizmatlarda ham foydalanish mumkin. Ilova barcha aloqalarning asosiy qismi va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishning yangicha usul hisoblanadi. Foydalanuvchilar o‘zlarining online, band, offline va boshqa shunga o‘xshash holatlari bilan bir birlarini ogoh etishlari status deyiladi. SIP PUBLISH usulidan foydalanib, birinchi o‘rnatish jarayoni amalga oshiriladi hamda keyingisi SIP SUBSCRIBE va NOTIFY usullari orqali amalga oshiriladi. Statusni tadbiq qilish ham operatorlar ham xizmat provayderlari uchun daromat keltiruvchi sohalardan biri sanaladi.
REGISTR xabari maxsus vazifasi paket holati va SIP-if-match sarlovhasini aniqlaydi, quyidagi jadvalda keltirilganidek. Agar SIP server publish xabarini qabul qilsa, u SIP-if-match sarlovhasi asosidagi holatni o‘zgartirib oladi. Keyin SIP server boshqa indentifikator ni shakllantiradi va uni SIP-etag sarlovhasi bilan to‘ldiradi hamda 200 OK xabari orqali foydalanuvchiga javob tariqasida uzatadi.
8.1-jadval
PUBLISH xabarining kontenti
Jarayon
|
Xabarning ma’lumoti
|
SIP-if-match
|
Oxirgi qiymati
|
Boshlang‘ich
|
Ha
|
Yo‘q
|
˃0
|
Qayta tiklangan
|
Yo‘q
|
Ha
|
˃0
|
Modifikatsiyalangan
|
Ha
|
Ha
|
˃0
|
Uchirilgan
|
Yo‘q
|
Ha
|
=0
|
Ilova foydalanuvchining dinamik profili hisoblanadi. U orqali foydalanuvchi boshqalarga ko‘rinishi, ma’lumotlar almashishi va xizmatlar boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Boshqa virtual foydalanuvchilar status orqali uning holatini ko‘rib turishadi hamda boshqalarni holati ham aynan foydalanuvchiga boshqa foydalanuvchi ilovalari orqali namoyon bo‘ladi, masalan, shaxsiy, qurilma holati, joylashgan o‘rni, aloqa o‘rnatish uchun ma’lumotlar va xizmatlar holati orqali foydalanuvchi boshqalar bilan aloqa o‘rnatishi, ovozli, video va xabar almashishi hamda online o‘yin o‘ynashi mumkin, quyidagi 7-rasmda ko‘rsatilganidek.
7-Dinamik status
Yangi statuslar ajratilgan ilova hududlarida status axborotinidan foydalanadi. O‘zini biznesini kengaytirmoqchi bo‘lgan kompaniyalar uchun bu katta imkoniyat sanaladi, misol uchun online o‘yin xizmatlari hamda qo‘ng‘iroqqa asoslangan status marshrutlash kabi status ilovalarini yaratish istalgan kompaniya uchun katta biznes yo‘nalishi bo‘lishi mumkin. Quyidagi rasmda takomillashtirilgan statusga misol keltirilgan.
Takomillashtirilgan statusga misol
Statuslarni taklif qilish, operator uchun boshqa operatorlar bilan taqqoslaganda raqobatlasha oladigan afzallikni taqdim qiladi. Statusni yaratish boshqa xizmatlarni takomillashtirish yoki ularga qo‘shimcha xizmatlarni birlashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Status ikki xil ma’noni anglatadi: boshqalarga foydalanuvchi statusini taqdim qiladi hamda boshqalarni statusini foydalanuvchiga namoyon qiladi. Status ma’lumotlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: - personal va terminal imkoniyati; - aloqa imtiyozlari; - terminal qobiliyati; - ayni vaqtdagi faoliyat turi; - joylashgan o‘rni; - ayni vaqtda mavjud xizmatlari.
Statusning umumiy ko‘rinishi
Maxsus status, takomillashtirilgan status ilovalari hamda xizmatlar yaqin kelajakda yaratilishi kutilmoqda. Rasmda maxsus status ilovalariga misol keltirilgan bo‘lib, u o‘rnatilgan status axborotli dinamik telefon kitobi bo‘la oladi. Dinamik status dastlabki ma’lumot bo‘lib, foydalanuvchi aloqa o‘rnatilishidan oldin u ma’lumotlarni ko‘radi. Bu ma’lumot aloqa usuli va vaqtni tanlashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |