Kiruvchi PoC seansini qayta ishlash Ushbu bobning boshida ta’kidlanganidek, bir tomonlama so‘zlashuv nutqi odatda qabul qiluvchi javobisiz bog‘langan va PoC qurilmasi negizida qurilgan telefonda eshitiladi.
Bu foydalanuvchi tomonidan avtomatik javob berish rejimini o‘rnatganda yuzaga keladi, chaqiruvchi foydalanuvchi kirishi nazorati ro‘yhatiga kiritilgan bo‘ladi, chaqiruvchi kirish nazorati ro‘yhatida mahsus qiymatga ega[40].
8.3-jadval
Turli hildagi PoC seanslarini o‘rnatish kombinatsiyalari
Boshlang‘ich tomon
Ohirgi tomon
Oldindan o‘rnatilgan seans
Oldindan o‘rnatilgan seans (avto-javob)
Oldindan o‘rnatilgan seans
Oldindan o‘rnatilgan seans (operator javobi)
Oldindan o‘rnatilgan seans
Talabga ko‘ra seans (avto-javob)
Oldindan o‘rnatilgan seans
Talabga ko‘ra seans (operator javobi)
Talabga ko‘ra seans
Talabga ko‘ra seans (avto-javob)
Talabga ko‘ra seans
Talabga ko‘ra seans (operator javobi)
Talabga ko‘ra seans
Oldindan o‘rnatilgan seans (avto-javob)
Talabga ko‘ra seans
Oldindan o‘rnatilgan seans (operator javobi)
Ushbu bo‘limda bu qanday bajarilgan va kiruvchi PoC seansini boshqarishning boshqa qanday mehanizmlari mavjudligini tushuntiriladi.
Javob berish modelidan boshlaymiz. Ikki turli hildagi javob berish usuli aniqlandi: avtomatik javob berish va operator javobi. Avtomatik javob berish usuli yoqilganda PoC qurilmasi foydalanuvchidan hech qanday mahsus harakatlarni kutmasdan PoC seansini qabul qiladi ya’ni kiruvchi media oqimlari darhol o‘ynalishi mumkin. Operator javobi usuli oddiy usul bo‘lib, PoC qurimlasi PoC serveriga kelayotgan kiruvchi PoC seansni qabul qilishni tasdiqlashdan oldin foydalanuvchilar PoC seansi so‘rovini qabul qilisi kerak. Foydalanilgan javob holati PoC ni boshqarishni amalga oshirish uchun POC serveriga qayta uzatiladi.
Avtomatik javob usulini ishlatish siz javob berishga tayyor bo‘lganingizda sizga qo‘ng‘iroq qilayotgan foydalanuvchi to‘g‘ri tushsa bu foydali va yaxshi bo‘lar edi. Misol uchun chaqiruvchi to‘gri kelmaydigan biror narsa demasligi mumkin. Shunga qaramay foydalanuvchilar ularga kim qo‘ng‘iroq qilishini bilishmaydi va barcha mumkin bo‘lgan foydalanuvchilar uchun avtomatik javob berish usulini ishlatish ularga qulay bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, har doim ham operator javobi usulini ishlatish ham qulay emas. Qo‘shimcha qilib aytganda, foydalanuvchilar ma’lum foydalanuvchilardan yoki PoC guruhlaraidan PoC seansini avtomatik bekor qilishni hohlashadi.
Ushbu masalalrni echish uchun kirishni nazorat qilish mehanizmi rivojnaltirildi.
Kirish nazorati deganda foydalanuvchi:
Boshqa foydalanuvchilardan yoki PoC guruhlaridan kelayotgan kiruvchi PoC seansiga tanlov asosida ruhsat berish yoki bloklash
Qaysi foydalanuvchilarning PoC seanslari avtomatik qabul qilinganini aniqlashdir.
Kirish nazorati chaqirayotgan foydalanuvchi uchun qatnashish rolini amalga oshirayotgan PoC serveri tomonidan bajariladi. Kirish nazoratini amalga oshirish uchun PoC foydalanuvchilari kirish nazorati ro‘yhati hujjatini yaratishi va uni PoC HDMS ga yuborishi kerak. Qo‘shimcha qilib aytganda PoC foydalanuvchilari Kiruvchi PoC seansini to‘sish (Incoming PoC session barring)ni faollashtirish orqali barcha kiruvchi PoC seanslarini to‘sib qo‘yishga qodirldirlar.
PoC serveri va PoC mijozida kirish nazorati ro‘yhati va javob berish usulini qo‘llash natijasi oddiy misol yordamida yaxshi tasvirlangan. Tobia hozirgina PoC ga mos keluvchi qurilma sotib oldi va uning do‘stlaridan ko‘pchiligi shunday qurilma ishlatayapti. Tobiasning qurilmasi ishchi holatda va IMS ga ulangan. Dastlab, Tobias oynani ochib do‘stlari uchun kirish nazorati ro‘yhatini o‘rnatadi. U Tereza, Tuomo va Matiaslarni yaqin do‘sti sifatida kirish nazorati ro‘yhatining “qabul qilish” bo‘limiga qo‘shadi. Shu vaqtning o‘zida Jonni shaxsini “rad etish” bo‘limiga undan hech qanday seanslarni qabul qilishni hohlamasligi uchun qo‘shadi. Ushbu ro‘yhat shakllangandan so‘ng, Tobias ro‘yhatni qabul qiladi va uning qurilmasi hujjatni PoC HDMS ga yuklaydi. Ikkinchi, Tobias javob berish usulini avtomatik-javob berish usuliga o‘rnatadi. Ushbu ma’lumot Tobiasning PoC serveriga uning qurilmasi orqali jo‘natiladi. Endi barcha kerakli sozlamalar tayyor va Tobias o‘zining sozlamalaridan foydalanishi mumkin. Qisqa vaqtdan so‘ng (balki shaxsiy lahzali ogohlantirish yuborish bilan) Tuomo Tobiasni topishga harakat qiladi. Birma-bir PoC seans so‘rovi Tuomoning qurilmasidan Tobiasga jo‘natildi. Qachonki u Tobiasning PoC serveriga etganda PoC serveri PoC HDMS dan kirish nazorati ro‘yhatini hotiradan chaqiradi va Tuomoni kirish nazorati ro‘yhatiga tegishli ekanligi aniqlaydi hamda Tobias PoC seansini avtomatik qabul qilishga tayyorligini ko‘rsatadi. Shunga qaramay, PoC server ushbu PoC seansning o‘tishiga ruhsat beradi. PoC serveri Tobiasning PoC qurilmasiga kiruvchi PoC seansi so‘rovini yuborganda avtomatik javob berishni ko‘rtaishni o‘z ichiga oladi. Tobiasning telefoni PoC seansini qabul qiladi va karnayni faollashtiradi va kiruvchi PoC nutq oqimlarini kutadi[41].
Keyinroq shu kunning o‘zida, Tobiasning status axborotiga obuna bo‘lgan do‘stlaridan biri Mariya Tobiasning status axboroti PoC ning mavjudligini ko‘rsatayotganini aniqlaydi. Ushbuni aniqlagandan so‘ng Mariya Tobiasga bog‘lanishga harakat qiladi. PoC seans so‘rovi Tobiasga etib borganida PoC serveri Mariyani kirish nazorati ro‘yhatidan topa olmaydi. Shunga qaramay, Tobias kiruvchi PoC seansini avtomatik qabul qilishni ko‘rsatgan edi, shuning uchun PoC server kiruvchi PoC seansini qabul qilish haqida qaror qiladi lekin oldingi holat bilan taqqosalganda so‘rovda operator javobini ko‘rsatishni qo‘shadi. Operator javobiga asosan Tobiasning telefoni PoC seansini darhol qabul qilmaydi uning o‘rniga u Tobiasni ogohlantiradi va chaqiruvchi Mariya ekanligini namoyish qiladi.
Jon Tobiasga bo‘glanmoqchi bo‘lganida PoC server Jonni “rad etish” kategoriyasida ekanligini aniqlaydi va avtomatik tarzda Jondan kelayotgan kiruvchi PoC seansini rad etadi. Ushbu vaqtda PoC seans so‘rovi Tobiasning qurilmasigacha etib kelmaydi.