O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Yer ijarasi shartnomasi va uning huquqiy tabiati



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

6-§. Yer ijarasi shartnomasi va uning huquqiy tabiati 
Qishloq xo‗jaligida mol-mulkdan foydalanish va mehnatni tashkil 
qilishning eng ilg‗or shakli sifatida ijara munosabatlarini keng joriy 
etishda 2003-yil 5-noyabrdagi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining ―Qishloq xo‗jaligida ijara munosabatlarini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risi-da‖gi qarori muhim ahamiyat kasb 
etdi. Ushbu qarorga ko‗ra fermer xo‗jaliklari ijara shartnomasini faqat 
tuman hokimliklari bilan tuzadigan bo‗ldilar. 


238 
Farmonga binoan yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida ellik 
yilgacha uzoq muddatli asosda ijara muddati davomida meros qilib 
qoldirish huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi, fermer 
xo‗jaliklariga berilgan yer maydonlari shirkat xo‗jaliklarining balansidan 
chiqariladi. Farmonning ushbu bandidagi qoidalar yerdan ijara asosida 
foydalanish, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini ijara asosida tashkil qilish 
munosabatlarini hozirda amalda bo‗lgan yer va qishloq xo‗jaligi 
qonunchiligida belgilangan qoidalarga nisbatan yanada takomillashtirish 
va rivojlantirishni ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Yer ijarasi deganda, mulk egasi (davlat yoki uning mahalliy 
hokimiyat organlari) tomonidan yer uchastkalarini shartnoma
asosida o‗zga foydalanuvchi (ijarachi) ga mustaqil xo‗jalik 
faoliyatini amalga oshirish uchun ma‘lum haq evaziga (yoki tekinga) 
hamda muayyan muddatga berish tushuniladi. 
Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi tadbirkorning yer 
uchastkasini ijaraga olganlik huquqini tasdiqlovchi hujjat bo‗lib 
hisoblanadi. Tuman hokimi tomonidan ijaraga yer uchastkasi berish 
to‗g‗risida qaror qabul qilingandan keyin yer resurslari bo‗yicha tuman 
xizmati tomonidan 5 kun muddatda namunaviy shaklga muvofiq yer 
uchastkasini ijaraga berish shartnomasi tayyorlanadi. Yer uchastkasini 
ijaraga berish shartnomasida yerlarning turlari bo‗yicha yer uchastkasining 
maydoni, sug‗oriladigan yerlarning sifati aks ettiriladi, yerlarni ijaraga 
berish muddatlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi, 
O„zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasida yer ijarasiga 
quyidagicha tushuncha byerilgan: “Yer uchastkasining ijarasi yer 
uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik 
qilish va foydalanishdan iboratdir”. Yer ijarasi to„g„risidagi tushuncha 
O„zbekiston Respublikasining “Ijara to„g„risida”gi Qonunining 1-
moddasida ham keltirilgan. Unga ko„ra, ijara-shartnoma asosida yerga, 
boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek, xo„jalik faoliyatini va o„zga 
faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga zarur 
bo„lgan mol-mulkka haq evaziga muddatli egalik qilish va undan 
foydalanishdir. 
 


239 
shartnomani bekor qilish shartlari va yer uchastkasidan foydalanish 
masalalari bo‗yicha nizolarni hal etish yo‗llari ko‗rsatiladi.―Shartnomaning 
alohida shartlari‖ bo‗limida yer uchastkasining kuchsizlanganlik holati, 
servitutlar, sug‗orish shart-sharoitlari, sug‗orish suvlarini hisobga olish 
masalalari va tomonlarning hohishiga ko‗ra boshqa shartlar qayd etiladi.
Ijara shartnomasi asosida yerdan foydalanish huquqi ijarachilarning 
yerdan foydalanishini o‗zgartirish, uzaytirish va tugatish tartibini 
belgilovchi, ularning huquqlarini qo‗riqlovchi, yerdan foydalanish 
qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi huquqiy normalar 
majmuasidir. 
Bu huquq normalari yer-ijaraviy munosabatlari ishtirokchilarining 
subyektiv huquqlarining vujudga kelishi shartlarini belgilaydi va yerni 
olish hamda undan foydalanish uchun yuridik asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Yer ijarasi shartnomasi o‗zining huquqiy tabiatiga ko‗ra fuqarolik-
huquqiy shartnomaning alohida ko‗rinishidir. Yer ijarasi shartnomasi 
fuqarolik-huquqiy shartnoma hisoblanib, unga nisbatan Fuqarolik 
kodeksining bitimlar va shartnomalarga tegishli barcha normalari tadbiq 
etiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tilishi munosabati bilan tabiat obyektlari 
bo‗lmish yer, yer osti boyliklari, o‗rmonlar cheklangan tarzda fuqarolik 
muomalasiga kiritildi. Ushbu tabiat obyektlari yuzasidan ham fuqarolik 
shartnomalari tuzilmoqda. Endilikda tabiat obyektlari garov, oldi-sotdi, 
ijara va konsessiya kabi shartnomalarning obyekti bo‗lishi mumkin. 
Ta‟kidlash lozimki, qonunchilikda yer ijarasi shartnomasiga ta‟rif 
berilmagan. Shu bilan birga fuqarolik va yer qonunchiligida “yer ijarasi” 
atamasi ham uchramaydi. FK va Yer Kodeksida“yer uchastkasi” ijaraga 
berilishi mumkinligi, yer uchastkasi ijara shartnomasining predmeti 
bo„lishi mumkinligi belgilangan. Biroq huquqiy adabiyotlarda “yer 
uchastkasi” iborasi huquqiy munosabat obyekti sifatida “yer” tushunchasi 
bilan bir xilda talqin etilishini hisobga olib yer ijarasi shartnomasiga ta‟rif 
berishda qonunchilikda belgilangan yer uchastkasi ijarasi tushunchasiga 
berilgan qoidani tatbiq etish mumkin. 
Shu o‗rinda ta‘kidlash joizki, FK ning 535-moddasida ―mulk ijarasi‖ 
shartnomasining legal ta‘rifi berilgan, mazkur kodeksning 537-moddasida 
yer uchastkalari mulk ijarasining obyektlari qatoriga kiritilgan. Yer 
kodeksining 24-moddasida esa ―yer uchastkasi ijarasi‖ tushunchasiga ta‘rif 
berilgan. Mazkur holatlarni hisobga olib yer ijarasi shartnomasiga 
quyidagicha ta‘rif berish mumkin:-yer ijarasi sharnomasi bo‗yicha ijaraga 


240 
beruvchi (vakolatli davlat organi) ijaraga oluvchiga haq evaziga yer 
uchastkasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish 
majburiyatini oladi. 
Yer ijarasi shartnomasi o‗zining tuzilish maqsadiga ko‗ra
mol-mulkning vaqtincha egalik qilish va foydalanishga oid bo‗lgan 
shartnomalar jumlasiga kiradi. Shu bilan birga mazkur huquqiy munosabat 
o‗z tabiatiga ko‗ra ashyoviy-huquqiy munosabatlarga xosdir. Zero, bunda 
mol-mulkga nisbatan mulkiy huquqlar mulkdor bo‗lmagan ega tomonidan 
amalga oshiriladi. Bunda yer uchaskasini titul egasi hisoblangan ijaraga 
oluvchi garchi, mulkdor bo‗lmasada mulk huquqining elementlari: mulkka 
egalik qilish va foydalanish huquqiga ega bo‗ladi, hamda o‗z huquqlariga 
nisbatan to‗sqinliklarini bartaraf etishni talab qila oladi. Shartnoma 
predmeti bo‗lib yer uchastkasi, yer uchastkasiga bo‗lgan huquq 
hisoblanadi. 
Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini muddatidan oldin 
bekor qilish shartnoma taraflarining kelishuviga asosan, bunday 
kelishuvga yerishilmagan taqdirda esa, tuman hokimining yer ijara 
shartnomasini bekor qilish bo‗yicha da‘vo arizasiga muvofiq, sudning hal 
qiluv qarori bilan amalga oshiriladi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish