O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§.Dehqon xo„jaliklarining huquqiy holati



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

3-§.Dehqon xo„jaliklarining huquqiy holati 
 
Dehqon deganda, bepoyon dalalar, bog‗u rog‗lar, dasturxonimizdagi 
turli noz-ne‘matlar, to‗y-tomoshalar, xursandchilik kunlarimiz, butun 
hayotimiz ko‗z oldimizda namoyon bo‗ladi.
Shu ma‘noda, dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning 
mustahkam tayanchi, desak, hech qanday mubolag‗a bo‗lmaydi. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
aholini 
oziq-ovqat
mahsulotlariga bo‗lgan talablarini qondirishda, qishloq aholisini moddiy 
turmush tarzini yaxshilashda, ularning daromadlarini yuksaltirishda 
dehqon xo‗jaliklarining roli alohida ahamiyatga ega bo‗lmoqda. Poliz 
ekinlari, sut mahsulotlari, sabzovot ekinlari ishlab chiqarishda ularning 
ulushi hatto 70-80 foizni tashkil etadi. 
Shundan kelib chiqqan holda dehqon xo‗jaliklari ham respublikamiz 
qishloq xo‗jaligida mustaqil ishlab chiqaruvchi tuzilma sifatida faoliyat 
ko‗rsatish kerakligi maqsadga muvofiq, deb hisoblandi va ular 
faoliyatlarini tartibga soluvchi ―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi qonun 
qabul qilindi. Bu qonun dehqon xo‗jaliklarini yuridik shaxs huquqiga ega 


51 
bo‗lgan yoki shunday maqomga ega bo‗lmasdan ham qishloq xo‗jaligi 
ishlab chiqarishi bilan shug‗ullanuvchi subyekt bo‗lishi mumkinligini 
o‗rnatdi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
―Dehqon 
xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi qonunning 1-moddasiga 
ko‗ra ―Dehqon xo‗jaligi oilaviy mayda tovar xo‗jaligi bo‗lib, oila 
a‘zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish uchun oila boshlig‗iga berilgan tomorqa yer uchastkasida 
qishloq xo‗jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi‖.
Yodda tuting! 
Shuningdek, dehqon xo‗jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati 
jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‗jaligi a‘zolarining istagiga ko‗ra 
yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga 
oshirilishi mumkin. 
Dehqon xo‗jaligi a‘zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va 
dehqon xo‗jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‗i, uning xotini 
(yeri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga 
olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga etgan boshqa 
qarindoshlari kiradi. 
O‗zbekeston Respublikasi Yer kodeksining 19-moddasida Yer 
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi 
belgilangan, unga ko‗ra dehqon xo‗jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari 
umrbod egalik qilish huquqi bilan beriladi. 
Dehqon xo‗jaliklari tashkil etish xususiyatiga ko‗ra dehqon xo‗jaligi 
ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda fuqaroga belgilangan tartibda yer 
uchastkasi berilganidan va dehqon xo‗jaligi davlat ro‗yxatiga olinganidan 
keyin tashkil etilgan hisoblanadi. 
Dehqon xo‗jaligi qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan yerlarda va dov-
daraxtlar bilan qoplanmagan o‗rmon fondi yerlarida, shuningdek zaxira 
yerlarda tashkil etiladi. 
Dehqon xo‗jaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj 
bo‗lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining 
tarkibini va yer uchastkasining mo‗ljallangan joyini ko‗rsatgan holda ariza 
beradi. 
Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) 
masalalarini ko‗rib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon 
xo‗jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish to‗g‗risida 
qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish bo‗yicha 
asoslantirilgan rad javobini yuboradi. 


52 
Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi berishni rad etish 
to‗g‗risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‗ysunuv tartibida yuqori turuvchi 
organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin. 
Xullas dehqon xo‗jaliklari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer 
uchastkasiga ega bo‗lgan va o‗ziga umirbod foydalanish huquqi bilan 
berilgan yer uchastkasida oilaviy yoki yollanma ishchi kuchi asosida o‗z 
ehtiyojlari hamda sotish maqsadida qishloq xo‗jalik maxsulotlari 
yetishtirish bilan shug‗ullanuvchi qishloq xo‗jalik subyekti hisoblanadi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish