66
IV BOB. QISHLOQ XO„JALIGIDA EKOLOGIK
XAVFSIZLIKNI TA‟MINLASHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
Qishloq xo‗jaligi sohasida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashning
huquqiy asoslari. Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga
qaratilgan tashkiliy-huquqiy choralar.
Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashda oziq-ovqat
xavfsizligining ahamiyati. Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni
ta‘minlashda ekologik tavakkalchilikni (risk) huquqiy tartibi. Qishloq
xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlash sohasidagi huquqbuzarliklar
uchun yuridik javobgarlik.
1-§. Qishloq xo„jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy ta‟minlash
tushunchasi, subyektlari va obyektlari
Mamlakatimizda ijtimoiy hayotimizning barcha jabhasi qatorida
qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlik muammolarini bartaraf qilish,
salbiy oqibatlarining oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligi va inson
salomatligini muhofaza etish borasida ham salmoqli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Qishloq xo‗jaligida ekologik jihatdan toza mahsulot ishlab chiqarish,
insoniyatning qishloq xo‗jaligiga salbiy ta‘sirini kamaytirish uchun
zamonaviy agrotexnik tadbirlar o‗tkazish, qishloq xo‗jaligini texnik hamda
texnologik jihatdan qayta jihozlash, yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash, qishloq xo‗jaligida mavjud tabiiy resurslarni himoyalash va
ulardan oqilona foydalanish ham doimiy e‘tiborda bo‗lib kelayotir.
Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlik hamda
barqaror taraqqiyotni ta‘minlash maqsadida atrof-muhitni muhofaza
qilishga, qishloq xo‗jaligidagi ekologik vaziyatni sog‗lomlashtirishga
yo‗naltirilgan qator chora-tadbirlar amaliyotga tatbiq etilayotgani va bu
boradagi qonunchilik bazasi tobora takomillashtirilayotganligini ham
aytish o‗rinlidir.
Hozirgi kunda jahonda sodir bo‗layotgan iqlim o‗zgarishlari qishloq
xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlash va muhofaza qilishga ham o‗z
ta‘sirini ko‗rsatmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining, Qishloq xo‗jaligi xodimlari
kuniga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqida, ―Rivojlangan
davlatlar tajribasi asosida bog‗lar va tokzorlarga ishlov beradigan,
sabzavot va kartoshka urug‗larini ekadigan va yig‗ishtirib oladigan
texnikalar mavjud emas, fermer, dehqon xo‗jaliklariga yoqilg‗i-moylash
67
mahsulotlari, mineral o‗g‗itlar, urug‗lik yetkazib berish, kasallik va
zararkunandalarga qarshi kurash ishlari talab darajasida tashkil
etilmagan.‖
25
,-deb alohida uqtirib o‗tilganligi ham bu sohadagi e‘tiborni
yanada kuchaytirishga huquqiy asos bo‗ldi va kelajakdagi vazifalarni
belgilab berdi.
Bu masalada O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil
12-apreldagi
PQ-2520-son
―Meva-sabzavot, kartoshka va poliz
mahsulotlarini
xarid
qilish
va
ulardan
foydalanish
tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorlari, ‖Fermer, dehqon
xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‗yicha
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi Qarori
26
, ayniqsa ‖O‗zbekiston
Respublikasida urug‗chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori
27
o‗ta muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Ana
shu asnoda, qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlash bugungi
kunda agrar huquqi fanini dolzarb vazifalaridan biri bo‗lib qolmoqda.
Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy ta‘minlash
tushunchasi - sifatida ya‘ni aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlash va bir qator
sanoat uchun xom-ashyo yetishtirish jarayonida ekologiya va atrof
muhitga zarar yetkazadigan tabiiy va antropogen omillarning atrof muhitga
va insonga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi bilan yuzaga keladigan ijtimoiy
jarayonida kelib chikadigan agrar munosabatlarni tartibga soluvchi
huquqiy normalar yig‗indisidir.
Shuningdek, qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy
ta‘minlashjarayoni, o‗zining subektlari va obektlariga ega. Qishloq
xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy ta‘minlash obyekti bo‗lib,
―qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashda yuzaga keladigan
ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi‖. Bu obyektlarga qishloq xo‗jaligi
faoliyati amalga oshirilayotgan jarayonda (yer, yer osti boyliklari, suv,
o‗simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan,
buzilishdan, zararlanishdan, vayron bo‗lishdan, yo‗q bo‗lib ketishdan,
nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi bilan bog‗liq munosabatlar
kiradi.
Ushbu munosabatlar doirasida bevosita yer va yer munosabatlari
ya‘ni tuproq unumdorligini oshirish, meliorativ tadbirlar, qishloq
xo‗jaligiyerlarini muhofaza qilish, yerlarning meliorativ holati, qishloq
25
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Qishloq xo‗jaligi xodimlari kuniga bag‗ishlangan
tantanali marosimdagi nutqi.Rizq-ro‗zimiz bunyodkori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi xodimlari mehnatini ulug‗lash, soha
rivojini yangi bosqichga ko‗tarish-asosiy vazifamizdir.//Xalq so‗zi.2017 yil,10 dekabr.
26
Xalq so‗zi,2018 yil,27 aprel.
27
Xalq so‗zi.2018 yil, 27 aprel.
68
xo‗jaligi yerlarini degradatsiyadan muhofaza qilish, ekinzorlarni
sho‗rlanishidan muhofaza qilish, qishloq xo‗jaligi yerlarining yeroziyasi,
yeroziya yuz berishi omillari, yeroziya salbiy oqibatlarini bartaraf etish
bilan bog‗liq muommolar hamda qishloq xo‗jaligida agroximikatlardan
foydalanish bilan bog‗liq muommolarni bartarafetish, agroximikatlarning
zararli oqibatlari, pestidsitlar va biologik vositalarni ya‘ni pestidsitlar,
gebretsidlar, defoilantlar, kimyoviy meliorantlarni qo‗llash natijasida zarar
yetkazilishi mumkin bo‗lgan ekologik xavfsizlikni ta‘minlashda yuzaga
keladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy ta‘minlash
subyektlari ushbu jarayonda ishtirok etadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |