71
obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qaror va farmonlari, hamda ―O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-martdagi №159-sonli
―O‗zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Orolbo‗yi
mintaqasini
rivojlantirish
jamg‗armasi
faoliyatini tashkil etish
to‗g‗risida‖gi Qarori,
O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasining ―Chiqindilarning hosil
bo‗lishi, to‗planishi, saqlanishi,
tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta
ishlanishi, ko‗milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi‖
to‗g‗risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi
farmon va qarorlari katta
ahamiyatga ega.
Bulardan tashqari mamlakatimiz tomonidan qishloq xo‗jaligida
ekologik xavfsizlikni taminlashga qaratilgan xalqaro normativ-huquqiy
hujjatlarning ratifikatsiya qilish va imzolashi natijasida bugungi kunda
O‗zbekiston Respublikasining hududida ham majburiy bo‗lgan
quyidagi
Xalqaro hujjatlarning ham o‗rni kattadir.
Jumladan,O‗zbekiston 1993-yili Iqlim o‗zgarishi haqidagi doiraviy
konvensiyaga qo‗shildi, 1998-yilda esa Kioto protokolini imzoladi.
Hukumatimiz
qaroriga
binoan,
iqlim
o‗zgarishi bilan bog‗liq
muammolarni muvofiqlashtirish ―O‗zgidromet‖ markazi zimmasiga
qo‗yildi.
O‗zbekiston 1995-yil 19-iyulda Biologik
xilma xillikni saqlash
haqidagi konvensiyaga a‘zo bo‗ldi va bu mas‘uliyatli vazifa O‗zbekiston
Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‗mitasiga
yuklatildi. 1994-yil 17-iyun kuni BMTning Cho‗llanish va qurg‗oqchilikka
qarshi kurash konvensiyasi qabul qilingan bo‗lib, mamlakatimiz vakillari
konvensiyani ishlab chiqish jarayonida ishtirok etdi va 1995-yili
birinchilar qatorida uni ratifikatsiya qildi. Og‗ir qurg‗oqchilikni yoki
cho‗llanishni boshidan kechirayotgan mamlakatlarda,
ayniqsa Afrikada
cho‗llanishga qarshi kurash bo‗yicha BMTning konvensiyasi. O‗zbekiston
tomonidan 1994 y. imzolandi. 1995 y. ratifikatsiya qilindi. (ijrochi
agentlik-O‗zgidromet), Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‗yicha Vena
konvensiyasi (Vena, 22-mart 1985 y.) O‗zbekiston 1993 y. qo‗shildi.
(ijrochi agentlik-Ekoqo‗mita), Xavfli chiqindilarni transchegaraviy olib
chiqish va ularni yo‗qotishni nazorat qilsh bo‗yicha Bazel konvensiyasi
(Bazel, 1988 y.) O‗zbekiston 1995 y. qo‗shildi. (ijrochi
agentlik-Eko
qo‗mita), Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida Xalqaro
ahamiyatga ega bo‗lgan suv botqoq joylari to‗g‗risidagi konvensiyaga
(Ramsar, 1995 y.) (Ramsarskaya konvensiya) O‗zbekiston 2001 y.
72
qo‗shildi, Yo‗qolib ketishi xavfi ostida bo‗lgan yovvoyi fauna va flora
turlari bilan Xalqaro savdo qilish to‗g‗risidagi konvensiya (Sites)
(Vashington, 1997 y.) 2006 y. ratifikatsiya qilindi. (ijrochi
agentlik-
Ekoqo‗mita), Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‗llarni muhofaza
qilish va ulardan foydalanish bo‗yicha konvensiya (Xelsinki, 17-mart
1992 y.) O‗zbekiston 1998 y. qo‗shildi. (ijrochi agentlik- Qishloq xo‗jaligi
va Suv xo‗jaligi vazirliklari) va boshqalar.
Xullas, bungi kunda O‗zbekiston Respublikasining qishloq xo‗jaligi
sohasida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga qaratilgan mustahkam
normativ-huquqiy asoslar mavjud bo‗lib ular mazkur masalani hal etishga
katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: