O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi 
tashkiloti” (FAO) tomonidan qabul qilinganoziq-ovqat xavfsizligi 
tushunchasi quyidagicha: “Barcha odamlar o„z oziqlanish ehtiyojlari va 
shaxsiy xohishlariga binoan hamda faol va sog„lom hayotni ta‟minlash 
uchun yetarli me‟yorda xavfsiz va to„yimli oziq-ovqat mahsulotlariga ega 
bo„lish uchun jismonan, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarga egaligi oziq-
ovqat xavfsizligi ta‟minlanadi demakdir
28
,-deb belgilangan. 
Dunyodagi barcha mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikning eng 
muhim tarkibiy qismi hisoblangan oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash 
borasida olib borilayotgan ishlarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va 
yanada takomillashtirish yuzasidan nazariy va amaliy taklif hamda 
tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish dolzarb vazifa 
hisoblanadi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada 
ta‘minlash 
mamlakat 
oziq-ovqat 
xavfsizligining 
bir 
qismi 
hisoblanadi.Aholini asosiy oziq-ovqat turlariga bo‗lgan ehtiyojlarini 
qondirish, oziq-ovqat narxi va sifati uyg‗unligini ta‘minlash va oziq-ovqat 
28
www.un.org 


75 
xavfsizligi 
davlat 
tomonidan 
kafolatlanishi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning asosiy shartlaridan biridir. 
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashda uning 
huquqiy asoslarini yaratish ham katta ahamiyat kasb etmoqda, jumladan, 
O‗zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi ―Oziq-ovqat 
mahsulotining sifati va xavfsizligi to‗g‗risida‖gi Qonuni va O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi ―Mamlakatning oziq-
ovqat xavfsizligini yanada ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 
farmoni bu sohani zamonaviy huquqiy asosini belgilab berdi. 
Masalan, Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta‘minlash 
sohasidagi davlat boshqaruvi O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash 
vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat veterinariya qo‗mitasi, O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‗simliklar karantini davlat inspeksiyasi, 
O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi 
hamda qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa organlar tomonidan 
amalga oshiriladi. O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya va
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta‘minlash sohasidagi 
davlat boshqaruvi quyidagilarni o‗z ichiga oladi: davlat tomonidan 
normalash, oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‗ljallangan 
va foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazish, oziq-ovqat mahsulotini sertifikatlash, davlat nazorati 
va tekshiruvi, oziq-ovqat mahsulotining sifatini va xavfsizligini ta‘minlash 
tadbirlarini rejalashtirish va boshqalar. 
Zamonaviy nazorat tizimini tashkil etish va mamlakatimizda oziq-
ovqat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 15-martdagi ―Tadbirkorlik faoliyatini himoya 
qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini 
optimallashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5690-son 
Farmoniga
 
asosan qabul qilingan 2019-yil 15-martdagi ―O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish 
inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖
29
gi
PQ-4241-son qarori qabul qilinganligi ham ahamiyatlidir. 
Qarorga ko‗ra, O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta‘minlanishi 
ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‗armasi negizida 
29
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 07/19/4241/2773-son. 


76 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat 
majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‗armasi; 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Bosh 
prokuraturasi 
huzuridagi 
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta‘minlanishi ustidan nazorat 
qilish inspeksiyasi huzuridagi ―Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‗rsatish 
markazi‖ DUK negizida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 
qoshidagi ―Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‗rsatish markazi‖ DUK 
tashkil etilgan. 
Umuman olganda, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash mexanizmini 
takomillashtirish maqsadida: 
*oziq-ovqat bilan jismoniy ta‘minlanish bo‗yicha qishloq xo‗jaligi va 
qayta ishlash sanoatining samarali faoliyat yuritishi, oziq-ovqat 
mahsulotlari va xomashyo bozorining rivojlanishi,savdo tarmoqlarining 
rivojlanishi, yangi ish o‗rinlarining yaratilishi aholini ish bilan bandligini 
qo‗llab-quvvatlash; 
*oziq-ovqat 
bilan 
iqtisodiy 
ta‘minlanish 
bo‗yicha 
aholi 
daromadlarining barqaror darajasini qo‗llab-quvvatlash, mamlakatda 
iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, narx darajasini tartibga solish, yer 
uchastkalarini olish uchun sharoit yaratish, byudjet to‗lovlarining o‗sishi; 
*xavfsiz ovqatlanish bo‗yicha mahsulot va xom-ashyo sifatini 
nazorat qilish, sifatni boshqarish tizimini yaratish va sertifikatsiyalash, 
aholi salomatligini yaxshilash, sog‗lom turmush tarzini shakllantirish 
lozim. 
Umuman,olganda 
qishloq 
xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni 
ta‘minlash va oziq-ovqat xavfsizligi o‗zaro chambarchas bog‗liq bo‗lib, 
qishloq 
xo‗jaligi 
mamlakatni 
oziq-ovqat 
bilan 
ta‘minlaydigan 
iqtisodiyotning asosiy sohasidir. Demak, qishloq xo‗jaligida ekologik 
xavfsizlikni ta‘minlash va toza ekologik mahsulotlarni yetishtirish kelgusi 
avlodning salomatligini ta‘minlashga yordam beradi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish