O„zbekiston Respublikasining Yer kodeksi
hisoblanadi. Yer
kodeksida dehqon xo‗jaligini yuritishda yer uchastkalariga meros qilib
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida egalik qilishi
(19-modda), yer egasi bo‗lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi
savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo‗jaligi yuritish uchun
garovga qo‗yishi mumkinligi (39-modda), O‗zbekiston Respublikasi
fuqarolariga dehqon xo‗jaliklarini yuritish uchun qishloq xo‗jaligiga
mo‗ljallangan yerlar berilishi (46-modda) hamda dehqon xo‗jaligi yuritish
uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish (55-modda) kabi masalalar
tartibga solingan.
Dehqon xo‗jaliklari faoliyatini huquqiy tartibga solishda O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining normativ-huquqiy hujjatlari muhim rol
o‗ynaydi.
148
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‗jaligida qoramol o‗stirish bilan
shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslarga pensiyalar tayinlashda mehnat staji
ular tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta
badallari bir yilda eng kam oylik ish haqining kamida to‗rt yarim baravari
miqdorida to‗langan taqdirda hisoblab chiqiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi
PF-5199-son
―Fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‗jaligi ekin
maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Farmoni bilan O‗zbekiston fermerlari
kengashi O‗zbekiston fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari
kengashi sifatida qayta tuzilganligi qayd etildi.
Ushbu hujjatga asosan dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer
egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi
har oyda
fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlarida muhokama qilib borilishi
hamda yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xo‗jaligi
ekinlarini to‗liq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni o‗z vaqtida amalga
oshirmagan dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan yer
uchastkalariga bo‗lgan huquqlarning bekor qilinishigacha bo‗lgan qat‘iy
javobgarlik choralari ko‗rilishi belgilandi.
Shuningdek, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin
maydonlarini to‗liq xatlovdan o‗tkazilib, ularning yagona reestri
shakllantirildi hamda undagi ma‘lumotlarning haqqoniyligi, to‗liqligi va
doimiy ravishda yangilanib borilishini ta‘minlash choralari belgilandi.
Qolaversa, dehqonchilik madaniyatini oshirishda munosib hissa
qo‗shgan va ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishgan dehqon
xo‗jaliklari rahbarlari uchun
“Mehnatkash dehqon” ko„krak nishoni
ta‘sis
etildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktyabrdagi
PQ-3318-son ―Fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari
faoliyatini yanada rivojlantirish bo‗yicha tashkiliy chora-tadbirlar
to‗g‗risida‖gi qarori bilan O‗zbekiston fermer, dehqon xo‗jaliklari va
tomorqa yer egalari kengashining 9 ta asosiy vazifalari va faoliyat
yo‗nalishlariga e‘tibor qaratildi hamda fermer, dehqon xo‗jaliklari va
tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda O‗zbekiston
fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan
kelishilishi shartligi belgilandi.
149
Qaror bilan Fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari
kengashlariga 6 ta huquq berildi:
xalq deputatlari tuman Kengashlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi
boshqarish organlari yig‗ilishlarida fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa
yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini
muhokama qilishda ishtirok etish va o‗z xulosasini taqdim etish;
fermer xo‗jaligini tashkil etish istagini bildirgan talabgorlarni
tanlash, ularning zaxirasini shakllantirish, malakasini oshirib borish va ular
orasidan munosib nomzodlarni yer uchastkalarini berish (realizatsiya
qilish) masalalarini ko‗rib chiqish bo‗yicha tuman komissiyasiga tavsiya
qilish;
O‗zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda yoshlarga fermer va
dehqon xo‗jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratish haqida yer
uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‗rib chiqish
bo‗yicha tuman komissiyasiga tavsiyalar berish;
fermer va dehqon xo‗jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalarini
ajratish yuzasidan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish)
masalalarini ko‗rib chiqish bo‗yicha tuman komissiyasiga xulosalar
kiritish;
fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini
ko‗zlab sudga davlat boji to‗lamasdan da‘vo arizalari, davlat va xo‗jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari,
ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan
shikoyatlar taqdim etish. Bunda da‘vo arizasini qanoatlantirish rad
etilganda manfaati ko‗zlab da‘vo arizasi kiritilgan fermer, dehqon
xo‗jaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi;
fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat va xo‗jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning
o‗zini o‗zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlardan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda zarur ma‘lumotlar, hujjatlar va matyeriallarni so‗rab
olish.
Qolaversa, barcha fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer
egalarining ekin maydonlarida ularning takliflarini inobatga olgan holda
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‗yicha prognoz hajmlar
belgilanishi mustahkamlandi.
Shuningdek, har yili 1 fevralgacha fuqarolarning o‗zini o‗zi
boshqarish organlari raislari ichki ishlar organlarining profilaktika
150
inspektorlari bilan birgalikda uyma-uy yurib, hududdagi dehqon
xo‗jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini xatlovdan
o‗tkazishi, ularda yil davomida ekiladigan ekin turlari va yetishtiriladigan
mahsulot hajmlarini oila ehtiyoji va sotish uchun mo‗ljallangan qismlarga
ajratgan holda aniqlashi, mahsulot yetkazib berish bo‗yicha shartnomalar
tuzilishi, ekinlarning to‗liq va sifatli ekilishi, agrotexnik tadbirlarning o‗z
vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etishi
belgilab qo‗yildi.
Bundan tashqari, yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni
obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismida
asossiz ravishda qishloq xo‗jaligi ekinlari ekmagan yoki uni
obodonlashtirmagan yer egalariga nisbatan belgilangan yer solig‗i
stavkasining uch barobar oshirilgan miqdori qo‗llanilishi tartibi joriy etildi.
Shu bilan bir qatorda, dehqon xo‗jaligi yuritish uchun uy-joy qurish
huquqisiz berilgan yer uchastkalarida qishloq xo‗jaligi ekinlari ekmagan
yer egalarining yer uchastkasiga bo‗lgan huquqi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda bekor qilinishi ko‗zda tutildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi
PQ–3680-son ―Fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari
faoliyatini
takomillashtirish
bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar
to‗g‗risida‖gi qarori asosida bir qator muhim tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar belgilandi.
Avvalambor, tegishli hududda dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer
egalariga ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi tumanni
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‗yicha sektor rahbarlari
faoliyatini baholash ko‗rsatkichlaridan biri deb belgilandi.
Shuningdek, barcha fermer va dehqon xo‗jaliklarining Kengashga
a‘zoligi majburiy, tomorqa yer egalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanishi,
fermer va dehqon xo‗jaliklarining Kengashda a‘zoligi tuman fermer,
dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rayosati qaroriga
muvofiq tugatilishi yer uchastkasiga egalik qilish, undan doimiy yoki
muddatli foydalanish huquqi yoxud uni ijaraga olish huquqi bekor bo‗lishi
uchun asos bo‗lishi hamda fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer
egalari kengashlari qishloq xo‗jaligida shartnoma majburiyatlarining
bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshirishi
tartibi joriy etildi.
Yuqoridagilaardan tashqari Kengashga a‘zolik badallari quyidagicha
belgilandi: paxta xom ashyosi hamda donli ekinlar yetishtirishga
ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklari uchun paxta xom ashyosi hamda donning
151
xarid narxidan 0,8 foiz miqdorida; boshqa fermer xo‗jaliklari uchun ular
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan pul
mablag‗larining 0,5 foizi miqdorida; dehqon xo‗jaliklari hamda tomorqa
yer egalari uchun Kengashga a‘zolik to‗g‗risidagi shartnomada
ko‗rsatilgan miqdorda.
Shu bilan bir qatorda Fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer
egalari kengashlariga quyidagi 3 ta qo‗shimcha huquqlar berildi:
1) uyma-uy yurish orqali dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalarining
yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan
yerni tayyorlash, urug‗, ko‗chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish,
chorva va parrandalarni ko‗paytirish holatini davriy monitoring qilib
borish; 2) Kengash a‘zolari – fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer
egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish
zarurligi to‗g‗risida ko‗rsatmalar berish; 3) tuman hokimlariga fermer,
dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalarining tegishli yer uchastkalariga
bo‗lgan huquqlarini yer qonunchiligiga muvofiq tugatish zarurligi
to‗g‗risida ko‗rib chiqilishi majburiy bo‗lgan takliflar kiritish.
Barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi fermer, dehqon
xo‗jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini
yetishtirish va sotishda amaliy yordam ko‗rsatish hisoblangan ―Tomorqa
xizmati‖ MCHJlar tashkil etildi.
Bunda ―Tomorqa xizmati‖ MCHJlar o‗z vazifalarini quyidagilar
orqali amalga oshiradi:
fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma
asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urug‗lar, ko‗chatlar, taralar,
texnika va boshqa vositalar yetkazib berish;
yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xo‗jaligi ekinlarini ekish;
sug‗orish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari o‗rnatish,
artezian quduqlar qazish va tomchilatib sug‗orishni tashkil etish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xo‗jaligi ekinlarini ichki va
tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan ularni tayyorlash, saqlash, qayta
ishlash va eksport qilish.
Shuningdek, O‗zbekiston fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer
egalari kengashi huzuridagi
Do'stlaringiz bilan baham: |