152
asosiy vazifalari va faoliyati yo‗nalishlari, uni boshqarish, mablag‗larini
shakllantirish va ulardan foydalanish, tijorat banklariga resurslar berish
tartibi aniq belgilandi.
Fermer xo‗jaliklari faoliyatini barqaror ravishda tashkil etishda
Vazirlar Mahkamasi qarorlari ham muhim o‗rin tutadi. Masalan,
O‗zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2001-yil
10-sentyabrdagi 366-son ―Kichik korxonalar,
dehqon va fermer
xo‗jaliklarini mablag‗ bilan ta‘minlash, moddiy-texnik ta‘minlash, ularga
bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‗rsatish
bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarori bilan dehqon
(yuridik shaxs maqomiga ega bo‗lgan) xo‗jaliklariga dastlabki
(boshlang‗ich) sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar ular davlat
ro‗yxatidan o‗tkazilgandan keyin 6 oydan ko‗p bo‗lmagan davrda kredit
olish uchun tegishli buyurtmanomalar bergan faqat yangidan ochilgan
korxonalarga berilishi nazarda tutilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
21-apreldagi 67-son ―2006—2010-yillar
davrida shaxsiy yordamchi,
dehqon va fermer xo‗jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda
qoramollar sonini ko‗paytirishni rag‗batlantirish dasturini amalga oshirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori bilan Shaxsiy yordamchi va dehqon
xo‗jaliklarida qoramol boqayotgan va yetishtirilgan chorvachilik
mahsulotlarini sotayotgan fuqarolarning bandligi to‗g‗risida nizom
tasdiqlandi. Unga ko‗ra, dehqon xo‗jaligida, kamida 4 sotix maydondagi
tomorqa yerda band bo‗lgan yoki ushbu
uchastkada qoramol yoxud
kamida 50 bosh uy parrandasi boqish bilan shug‗ullanuvchi jismoniy shaxs
tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga bir yilda bir eng kam ish haqi
miqdorida sug‗urta badallari to‗langanida uning uchun sug‗urta badallari
to‗langan muayyan yil mehnat stajiga kiritiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
4-martdagi 119-son ―Dehqon xo‗jaliklari va aholining tomorqa yerlaridan
samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini
rivojlantirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarori bilan
bir qator maqsadli prognoz ko‗rsatkichlari bilan bir qatorda Dehqon
xo‗jaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarning
qaytmaslik xavfini sug‗urta qilish bo‗yicha sug‗urta shyerikchiligi
to‗g‗risida nizom ham tasdiqlandi.
Shuningdek, agrofirmalarga, dehqon xo‗jaliklari
va tomorqa yer
uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarni maqsadli ishlatish, o‗z
153
vaqtida qaytarish bo‗yicha mas‘uliyatini oshirish maqsadida agrofirma
muassislari va rahbarlarining kafilligini olish hamda berilgan kreditlarning
qaytmaslik xavfini garov yoki kafillik mavjud bo‗lmagan taqdirda sug‗urta
tashkilotlari tomonidan dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer uchastkasi
egalariga ajratilayotgan kredit summasining 80 foizidan oshmagan
miqdorida sug‗urtalash va sug‗urtaga imtiyozli yillik 1 foiz miqdorida
to‗lov stavkalarini qo‗llash tartibi joriy etildi.
Dehqon xo‗jaliklari faoliyatini huquqiy jihatdan ta‘minlashda
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 205-son ―Dehqon
xo‗jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil
etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori alohida ahamiyatga ega.
Qaror bilan ―Dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan
samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini
yuritish tartibi
to‗g‗risida‖gi nizom tasdiqlandi. Nizomda tomorqa yer uchastkalarida
ekiladigan ekinlar hamda boqiladigan chorva mollari va parrandalar sonini
o‗rganish va prognoz ko‗rsatkichlarni shakllantirish, tasdiqlash hamda
ijroga qaratish tartibi, tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni
tashkil etish, tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlar
hisobini yuritish va ularning sotilishini tashkil etish hamda tomorqa yer
uchastkalaridan samarali foydalanish monitoringini yuritish va natijasi
yuzasidan choralar ko‗rish masalalari huquqiy jihatdan tartibga solindi.
Dehqon xo‗jaliklari
faoliyatini tashkil etishda
idoraviy normativ-
huquqiy hujjatlar
ham munosib o‗rin egallaydi. Xususan, O‗zbekiston
Respublikasi Adliya vazirining ―Tijorat tashkilotlari ta‘sis hujjatlarining
namunaviy shakllarini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi buyrug‗i (O‗zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 20-dekabrda ro‗yxatdan
o‗tkazildi, ro‗yxat raqami 2848) asosida dehqon xo‗jaligi ustavining
namunaviy shakli tasdiqlangan (7-ilova).
O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil
5-iyulda 1591-son bilan davlat ro‗yxatdan o‗tkazilgan ―Shaxsiy
yordamchi, dehqon va fermer xo‗jaliklariga naslli mollarni auksion
(kimoshdi savdosi) orqali sotishni amalga oshirish tartibi to‗g‗risida‖gi
nizom tasdiqlangan. Unda auksion savdosida ishtirok etish shartlari,
auksion
savdosini tashkil etish, auksion savdosi komissiyasi, auksion
savdosini o‗tkazish va boshqa masalalar atroflicha tartibga solingan.
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
2012-yil 13-yanvarda 2314-raqami bilan ro‗yxatdan o‗tkazilgan ―Yakka
tartibda uy-joy qurish (dehqon xo‗jaligini yuritish) uchun yer
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini
154
realizatsiya qilish bo‗yicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va
o‗tkazish tartibi to‗g‗risida‖gi nizomda ham auksion savdolari o‗tkazishga
tayyorgarlik ko‗rish
va uni tashkil etish, auksion savdolarini o‗tkazish,
auksion savdolari natijalarini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga bo‗lgan
huquqni realizatsiya qilish to‗g‗risida shartnomani tuzish, auksion
savdolari yakunlari bo‗yicha hisob-kitob qilish, yer uchastkalariga bo‗lgan
huquqlar bo‗yicha takroriy auksion savdolarini o‗tkazish kabi masalalar
tartibga solingan.
O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil
19-dekabrda 2957-son bilan davlat ro‗yxatdan o‗tkazilgan ―Fermer
xo‗jaliklarining a‘zolik badalini O‗zbekiston fermer, dehqon xo‗jaliklari va
tomorqa yer egalari kengashiga o‗tkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida
xarajat qilish tartibi to‗g‗risida‖gi nizom bilan Kengash faoliyatini
moliyalashtirish manbalari sifatida a‘zolik badallari, xayriya mablag‗lari
va grantlar, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad (foyda),
qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar nazarda tutildi. Nizomda
mablag‗larni shakllantirish, mablag‗lardan foydalanish, javobgarlik va
nazorat kabi masalalar belgilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: