163
uchastkasining
o‗lchami va chegaralari faqat dehqon xo‗jaligi
boshlig‗ining roziligi bilan o‗zgartirilishi mumkin.
Dehqon xo‗jaligining yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari
uchun olib qo‗yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, faqat boshqa teng
qimmatli yer uchastkasi berilib, dov-daraxtlarning, buzilayotgan binolar va
inshootlarning bozor qiymati qoplangandan keyin yoxud ular boshqa joyga
ko‗chirilgandan yoki o‗zga binolar va inshootlar qurilgandan keyin hamda
boshqa barcha zararlarning (boy berilgan foydani qo‗shgan holda) o‗rni
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda to‗la hajmda
qoplangandan keyin yo‗l qo‗yiladi.
Yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‗yish
tartibi O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 206-moddasida,
O‗zbekiston
Respublikasi
Yer
kodeksining
36-38-moddalarida,
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil maydagi
146-son
qarori
bilan
tasdiqlangan
―Yer uchastkalari egalari,
foydalanuvchilari ijarachilari va mulkdorlarining ko‗rgan zararlarini,
shuningdek qishloq xo‗jaligi va o‗rmon xo‗jaligi ishlab chiqarishi
nobudgarchiliklarining o‗rnini qoplash tartibi to‗g‗risida‖gi nizomda
batafsil bayon etilgan.
Dehqon xo‗jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish
huquqi asosida berilgan tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik uchun
haq
yer solig„i
tariqasida undiriladi. Yer solig‗i va uni to‗lash, hisoblash
masalalari O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XII bo‗limida
(―Yer solig‗i‖) batafsil tartibga solingan.
Dehqon xo‗jaliklarining
suv iste‟moli
ularga xizmat ko‗rsatuvchi suv
iste‘molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan
suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dehqon xo‗jaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lash tartibi, shuningdek
mazkur soliq bo‗yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Xususan, fermer xo‗jaligining suv iste‘moli bilan bog‗liq faoliyatini
huquqiy tartibga solishda O‗zbekiston Respublikasining ―Suv va suvdan
foydalanish to‗g‗risida‖gi Qonuni, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan
―O‗zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste‘moli tartibi
to‗g‗risida‖gi nizom, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining X bo‗limi (―Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq‖)
muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: