58
bo’ldi. Bular iqtisodiy erkin korxonalar va fuqarolarning o’zaro munosabatlari mexanizmini
soliqlar tizimi, monopolistik
faoliyatni cheklash, garov huquqini joriy yetish va korxonalar
bankrotligini qonuniy yo’l bilan tan olish orqali belgilab berildi.
Islohotchi-davlat mamlakat siyosiy hayotining rang-barang bo’lishiga ko’maklashadi.
Respublikada ko’ppartiyaviylik joriy etilmoqda. Bu qoida respublika Asosiy Qonunida
mustahkamlangan bo’lib, uning asosida mamlakatimizda ilk bor hokimiyatning oliy organi
- Oliy Majlisga saylovlar bo’lib o’tdi.
Prezidentimiz aytginidek, o’z islohotchi-davlatiga ishonch-hurmat O’zbekiston aholisi
mentalitetidan mustahkam o’rin egallagan. Islohotlarning har bir odimi, yangi qonun va
hukumat qarorlarining har bir loyihasi bizda insoniylik nuqtai, odamlarga naf keltirishi
nuqtai nazaridan idrok etiladi. Bizning xalqimiz g’ayriodatiy, ammo taraqqiyot uchun zarur
narsalarga ishonch bilan qaraydi.
Respublikamizning besh yilligi arafasida bo’lib o’tgan Oliy Majlis sessiyasida so’zga
chiqar ekan, Prezident Islom Karimov qoniqish bilan quyidagilarni qayd etdi: «Ana shu
yillar mobaynida davlatning o’zi ham anchagina o’zgardi - davlat hokimiyati va boshqaruv
organlarining tizimi va tuzilmasi butunlay yangilandi, ularning ish uslubi va shakli o’zgarib
bormoqda, totalitar tizimning qoldiqlari jadal bartaraf etilmoqda. Davlatning o’tish
bosqichidagi, milliy davlatchilikni qaror toptirish davridagi bunday roli, bugun ko’rinib
turginidek, o’zini to’la oqladi»
17
.
Davlat masalasi bo’yicha Prezident Islom Karimov asarlarida ilmiy asoslab berilgan
nazariy qoida va xulosalar qayd etib o’tilganlardangina iborat emas. Ular mazmun-
mohiyatan
nihoyatda chuqur, qamrovi jihatidan esa g’oyat darajada keng va xilma-xildir.
Yurtboshimiz asarlarida, nutqlari va ma’ruzalarida, savollarga bergan javoblarida
davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi va
ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlanadigan davlat organlarining tashkilotlar
oldidagi javobgarligi kabi o’ta murakkab, juda katta amaliy, siyosiy va ulkan tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo’lgan nazariy masalalar ham o’z ifodasini topgan.
Islom Karimov asarlarida nazariy jihatdan asoslab berilginidek, O’zbekiston mustaqil
bo’lginidan keyin davlat tushunchasi, uning mazmun-mohiyati tubdan o’zgardi. Bizda barpo
etilayotgan mustaqil, demokratik, huquqiy davlat o’zining
shakl-shamoyili, sifat-mazmuni,
insonparvarlik qoidalariga asoslanganligi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni
o’zi uchun bosh maqsad qilib olganligi va boshqa xislat-fazilatlari bilan sobiq sovet
davlatidan yer bilan osmonchalik farq qiladi.
Islom Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi
majlisidagi ma’ruzasida dunyoda bir-biriga aynan o’xshagan ikkita inson bo’lmaginidek, bir-
biriga aynan o’xshaydigan davlat ham yo’qligini, bunday bo’lishi mumkin ham emasligini
uqtirib shunday deydi: «Har bir davlat - byetakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq
tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilidir, uning o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivoji-
ning natijasidir»
18
.
Mamlakatimiz Oliy rahbari o’sha ma’ruzasida sobiq sovet davlatining zo’ravonlikka,
totalitarizmga, diktaturaga asoslanganligini, oddiy insonlar manfaatlariga zid bo’lganligini
o’zining quyidagi chuqur ma’noli so’zlari bilan bayon etadi: «Biz hozir o’zgartirayotgan
sovet sotsialistik davlati xalqimiz hayotiga chetdan zo’ravonlik bilan joriy etilgan edi. Bu
davlatning shakli va mohiyati xalqimizning axloqiy, ma’naviy va ruhiy qadriyatlariga to’g’ri
kelmaydigan, mos kelmaydigan tizimga asoslangan edi.
Xo’sh, bunday tuzum avvalambor kimga suYanar edi? Bu tuzum o’z xalqining
tarixini,
uning ruhi va urf-odatlarini, o’z avlod-ajdodlarini bilmaydigan manqurtlarga
17
Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш - давр талаби. 5-tom. Т., ««O’zbekiston”», 1997, 129-bet.
18
Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир, 3-tom, Т., ««O’zbekiston”», 1996, 6-bet.
59
taYanar edi. Shuning uchun ham eski sovet tuzumining bayroqlarida va shiorlarida bayon
qilingan g’oyalar amaldagi ishlaridan nihoyatda uzoq edi. Xuddi shu bois bu davlatning
ijtimoiy tizimi bilan xalq ehtiyojlari o’rtasida jarlik paydo bo’ldi. Ya’ni inson, uning moddiy,
ma’naviy, shu jumladan, milliy qadriyatlari bu tizimda orqa o’rinda turar edi. Binobarin,
bunday davlatning avvalboshdanoq istiqboli yo’q edi. Sobiq Ittifoq hududining goh u, goh
bu yerida ro’y berayotgan bugungi keskin ijtimoiy etnik mojarolar buning yaqqol
misolidir»
19
.
Yurtboshimiz asarlarida mustaqillikka erishginimizdan keyin biz qanday davlat
quryapmiz, uning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy negizi, qiyofasi qanday bo’lishi kerak, yangi
demokratik jamiyat shakllanishidagi ta’siri qanday bo’ladi, degan o’ta murakkab nazariy
masalalarga atroflicha javob berilgan.
Islom Karimov asarlarini sinchiklab o’qish va ulardagi nazariy
qoida va xulosalarni
chuqur mulohaza qilish, qalbdan, yurakdan o’tkazish jarayonida bozor iqtisodiyoti
tamoyillariga asoslangan, erkin, ochiq, demokratik davlat qurayotganligimizni, qurayotgan
davlatimizning shaklini, qiyofasini, insonparvarlik mohiyatini yaqqol tasavvur qilamiz.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Prezident asarlarida belgilab
qo’yilginidek, bizning davlatimiz o’zining quyidagi xususiyatlariga ega:
* Bizning davlatimiz xalq irodasini ifoda etadi, uning manfaatlari uchun xizmat
qiladi.
* Davlat organlari va jamiki mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida
mas’uldirlar. «Sobiq totalitar tuzum sharoitida, - deydi Prezident, - bunday fikrni hech kim
xayoliga ham keltira olmas edi. Bugun esa inson, uning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati
va boshqa huquq hamda erkinliklari muqaddas bo’lib, davlat himoyasidadir»
20
.
* Asosiy Qonunimizning 7-moddasida belgilab qo’yilishicha, «O’zbekiston
Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar
tomonidangina amalga oshiriladi».
Bizning davlatimiz eng avvalo,
umumjahon tsivilizatsiyasiga, davlat qurilishi
sohasida boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanadi. «Vatanimiz
azaldan bashariyat tafakkuri xazinasiga unutilmas hissa qo’shib kelgan. Asrlar mobaynida
xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq
falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Va o’z navbatida bu falsafiy-
axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi.
Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg’un holda, Xo’ja Ahmad
YAssaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo
Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga
uyg’un holda shakllanishi lozim»
21
.
Prezident asarlarida ilmiy asoslab berilginidek, yangilangan jamiyat davlatining
rivojlanish yo’liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan biri: «Ijtimoiy adolat qoidalarini
ro’yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar,
nogironlar, etim-esirlar,
ko’p bolali oilalar, o’quvchi-yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazaga bo’lgan
kafolatli huquqlarini ta’minlash. Eng taraqqiy etgan mamlakatlarda insonni ijtimoiy
muhofaza qilish tizimi keng qo’llaniladi, bunga nihoyatda ko’p ahamiyat beriladi, bizning
sharoitimizda esa bu - fuqarolar totuvligini saqlab qolish kafolatidir»
22
.
Islom Karimov ijtimoiy himoyalashning jamiyat taraqqiyoti uchun nechog’li katta
19
Ўша асар, 7-bet.
20
Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-tom. ««O’zbekiston”», 1996, 94-95-betлар.
21
Ўша асар, 7-8-betлар.
22
Каримов И.А. «O’zbekiston”: миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. 1-tom. Т., ««O’zbekiston”», 1996, 48-
bet.
60
ahamiyatga ega ekanligini, u fuqarolar tinchligi - osoyishtaligi va millatlararo totuvlikni
ta’minlash, qonuniylik va huquqiy tartibotni qaror toptirish, siyosiy,
davlat va
konstitutsiyaviy tuzumni mustahkamlash kaliti ekanini o’z asarlarida qayta-qayta uqtirib
kelmoqda. Bu haqda u shunday deydi: «Bozor munosabatlariga o’tishning ilk davrida biz
oldindan butun aholini ijtimoiy himoyalash yo’lidan bordik. Bu chora-tadbirlar odamlarning
turmush darajasi keskin pasayib kyetishining oldini olishda muhim rol o’ynaydi.
Respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlab qolish omili bo’ldi»
23
.
Qudratli, erkin, demokratik davlat qurish va mustahkamlashning, davlatchilik
negizlarini belgilashning eng muhim omillaridan biri - ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
adolat va haqiqatni qaror toptirishdir. Ana shu nazariy masalalar ham Islom Karimov
asarlarida o’zining chuqur ilmiy ifodasini topgan.
Prezidentning «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy
tamoyillari» asarida nazariy asoslab berilginidek, «bugun jamiyatda ijtimoiy mulkiy
jarayonlarning ob’yektiv o’zgarishi yuz berayotgan bir paytda adolat g’oyasini ixcham bir
xulosa bilan ifodalash mumkin. YA’ni
Do'stlaringiz bilan baham: