O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Sotsialistik davlat. 
Mazkur g’oya dastlab nazariya sifatida K.Marks, F.Engelas va V 
Lenin asarlarida paydo bo’ldi. Marksizm-leninizm klassiklari o’z asarlarida sotsialistik 
davlatni boshqa har qanday turdagi davlatlarga qarshi qo’ydilar hamda ulardan asosiy farqi 
bu davlatlarda hokimiyat ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qo’lida bo’lib, ekspluatatsiya 
qilinuvchi ko’pchilik qarshiligini bostirishda undan foydalanishida, deb bildilar. Sotsialistik 
dayuat, «klassiklar» fikricha, 
sotsialistik inqilob 
natijasida vujudga kelishi kerak edi, 
ya’ni hokimiyatni qo’lga kiritish zo’ravonlik yo’li bilan amalga oshirilishi shart edi. Eski 
davlat mashinasini sindirib, 
prolyetariat diktaturasini 
o’rnatish zarurati bunga sabab 
qilib ko’rsatilardi. Shu bilan birga inqilob g’alabasidan so’ng hokimiyat ishchilar sinfi qo’liga 
o’tishi rejalashtirilgandi. Ishchilar sinfi esa, butun xalq manfaatlari yo’lida ag’darib 
tashlangan ekspluatator sinflar qarshiligini bostirib borishi, shuningdek, «yangi yorqin 
kelajak»ni bunyod yetish yo’lida xalqni o’z orqasidan ergashtirishi kerak edi. Pomeshchiklar 
va kapitalistlar hukmronligidan ozod bo’lgan xalq ishlab chiqarish vositalarining 
umumiylashtirilishi sharoitlarida mehnat unumdorligini oshirishda mislsiz sakrashni sodir 
etadi, fan va texnikani rivojlantirishda buyuk yutuqlarga erishiladi, barcha mehnatkashlar 
yangi hayotning faol bunyodkorlariga aylanadilar va ularning barchasi davlat ishlarini 
boshqarishga jalb etiladi, deb taxmin qilingandi («oshpaz ayol ham davlatni boshqarishi 
mumkin», degan mashhur iborani eslang). 
Umuman, davlat to’g’risida gapiradigan bo’lsak, marksistlar unga unchalik katta 
ahamiyat berishmagandi. Boz ustiga, ular davlat o’z qiyofasidan mahrum bo’ladi va 
dastavval «yarim davlat»ga aylanib, keyinroq (zarurat bo’lmaganligi bois) umuman barham 
topadi, deb hisoblashardi. Ana shunday «nazariy qoida»lar Leninning «Davlat va 
revolyutsiya» asarida bayon etilgan. 


56 
Endilikda biz ushbu farazlarning aksariyati tagi puch uydirmalardan boshqa narsa 
emasligini aniq tushunib oldik. Hatto, SSSRda 70 yil mobaynida sotsialistik davlatning 
yashaganligining o’zi mazkur nazariyalarning utopiyadan iborat ekanligini rad 
etolmaydigina emas, balki ularning bema’niligi, hatto halokatliligini butun kuch bilan 
isbotlab turibdi. 
1917 yil Oktyabr to’ntarishidan keyin Rossiyada barcha ishlab chiqarish vositalari va 
yer davlat ixtiyoriga o’tkazilginidan so’ng mamlakat o’zining haqiqiy xo’jayinlaridan 
mahrum bo’ldi, mehnatga haq to’lashdagi tekischilik unumli mehnatni besamar qilib qo’ydi. 
Natijada mehnat majburiy yukka aylandi. Davlatda hokimiyat so’zdagina vakillikka 
asoslangan bo’lib, xalq nomidan ish yuritayotgandek ko’rinsada, amalda bir to’da 
fitnachilar qo’lida edi. Ular shafqatsiz terror - «prolyetariat diktaturasi» yordamidagina 
hokimiyatni qo’llarida ushlab tura olardilar. 
Lekin, ma’lumki, hokimiyatni egallab olishning o’zi kifoya qilmaydi, uni ushlab qolish 
Yana ham qiyin va muhimroqdir. Davlat hokimiyatining butun keyingi tarixi -jinoyatlarning 
qonli zanjiridan iborat. 30-50-yillar «sotsializmi»ning modeli, S.A.Komarov to’g’ri 
ta’kidlaginidek, asosiy ishlab chiqarish vositalarini to’liq davlatlashtirish, ijtimoiy hayotning 
barcha sohalariga davlatning aralashuvi, ijtimoiy manfaatlarning shaxs manfaatlaridan 
ustuvorligi va fuqarolarning qator huquq va erkinliklarini inkor yetish asosiga qurilgandi. 
Shu munosabat bilan V.V.Lazarevning: «Oqibat-natijada amalda yagona davlat 
mulkchiligiga asoslangan jamiyat va davlat shakllandi. Shuning uchun ham ular ko’p 
jihatdan sharq tipidagi jamiyat va davlatlarga o’xshab kyetardi. Partiya-davlat mahkamasi, 
to’g’rirog’i, uning rahbar doiralari ishlab chiqarish vositalarining haqiqiy egalariga aylan-di. 
Natijada ular cheklanmagan hokimiyatga ega bo’ldilar»
12
, - degan fikriga qo’shilmay 
bo’lmaydi. “Sotsializm” qurishga kirishgan boshqa mamlakatlarda ham o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lsa-da, yuqoridagiga o’xshash jarayonlar sodir bo’layotgandi. 
Shunday qilib, sotsialistik davlat g’oyasi amalda yuzaga chiqmay qoldi - 
utopiyaligicha qolib ketdi. Biroq, bu sotsializm g’oyalarini butunlay inkor yetish degan gap 
emas. Darvoqe, urushdan keyingi ko’pgina burjua davlatlari ilmiy sotsializmning ba’zi qoida 
va g’oyalaridan foydalandilar hamda kommunistlardan farqli o’laroq ularni hayotga tatbiq 
ham etdilar. Bular - umumiy teng huquqlilik to’g’risidagi, mehnatkashlarni ijtimoiy 
himoyalash haqidagi, aholining yuksak turmush darajasini ta’minlash maqsadida davlat 
nazoratini yo’lga qo’yish to’g’risidagi g’oyalar edi. Qolaversa, bu g’oyalarni zo’r-bazo’rgana 
sof «sotsialistik g’oyalar» deb atash mumkin. Masalan, Qur’on K.Marksdan 1100 yil 
oldinroq tenglik, qardoshlik va ijtimoiy adolat g’oyalarini e’lon qilgan. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish