264
urf-odatlar va boshqa huquqiy bo’lmagan tartibga soluvchilar ta’siri
vositasida savsdab
turiladi. Ushbu munosabatlar ham huquqiy tartibga solishning «pastki» chegarasidan
tashqarida qoladi.
Albatta, davlat huquqiy tartibga solishning «pastki» chegaralarini buzib o’tish,
odamlar kundalik hayotida yuzaga keladigan munosabatlarning mumkin qadar ko’proq
miqdorini qamrab olish vasvasasini doimiy his etib turadi. Bu haddan tashqari tartibga
solishga
berilib ketish, davlatda «politsiya» tartibini o’rnatishga intilish bilan xavfli-dir.
Huquqiy tartibga solish doirasini qonunga qo’shimcha hujjatlar vositasida belgilashga
intilish bilan bog’liq ravishda bu xavf yanada ortadi. Qonun vositachi bo’lgan nar-salar
hamisha ham qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinmasligi ma’lum bo’lasada, xavf
xavfligacha qoladi.
Muammo yana shu bilan murakkablashadiki, huquqdagi bo’shliqpar qonun kuchidagi
hujjatlar bilan to’ldirishga uriniladi. Shu munosabat bilan ba’zi
qonun loyihalarida qonun
kuchidagi me’yoriy hujjatda qabul qilinishi mumkin bo’lgan chegaralarni aniq belgilab
qo’yish maqsadga muvofiqdir.
Eng ezgu niyatlar bilan bo’lsada, davlat tomonidan huquqiy tartibga solish
chegaralari, sarhadlarining buzilishi munosabatlarning ekvivalentlik (tenglik) xarakteri, ular
ishtirokchilarining tengligining buzilishiga olib keladi va buni okdab bo’lmasligani
unutmaslik kerak.
Zo’ravonlik mohiyati huquqdan farqli o’laroq, munosabatlarda
uning ishtirokchilari
ixtiyori emas, balki huquqiy munosabatlarning ekvivalent va tengligi mohiyati buzilishida
namoyon bo’ladi. Ulardan cheklanish, tomonlardan birining ularni o’z tanlovi bo’yicha
almashtirishga, xatti-harakatlarning allaqachon tarkib topgan va e’tirof etilgan miqyoslarini
buzgan holda ushbu qadriyatlar haqida o’ziga manfaatli
tasavvurlarni butun huquqiy
birlashmaga o’tkazishga urinish - zo’ravonlik mana shundan iborat. Agar huquqiy asoslarda
cheklanish davlat tomonidan sodir etiladigan bo’lsa, hatto u qonun niqobiga o’ralgan
bo’lsada, biz davlat zo’ravonligiga duch kelamiz.
Endi muammoga boshqa tomondan qarab ko’ramiz. Zero, fuqarolik huquqini amalga
oshirish chegaralari, sarhadlari haqidagi masala, bu - yana fuqarolik huquqini suiiste’mol
qilish muammosi hamdir. Huquqqa ega bo’lishning
mutlaq erkinligi, hech bo’lmaganda
davlat ham, jamiyat ham erkinlikka ega ekanliklari uchun ham bo’lishi mumkin emas.
Shaxsning huquqqa egaliqtsa mutlaq erkinlikka erishish uchun intilishi esa huquqtsi
suiistemol qilishga olib keyaadi.
Albatta, har qanday sub’yektiv huquq uni amalga oshirish mumkin bo’lgandagana,
boshqacha aytgavda, takdim etilayotgan ushbu sub’yektiv huquq imkoniyatparida huquqli
shaxsning qandaydir ehtiyojlarini qondirysh uchun foydalanish mumkin bo’lgan
taqdirdagana ijtimoiy qimmatga ega bo’ladi.
Lekin sub’yektiv huquqning o’zi o’z mazmuniga ko’ra, huquqli shaxs tomonidan
huquqni real amalga oshirish maqsadida qonun kafolatlaydigan erkinlik ham cheksiz
bo’lishi mumkin emas. Har qanday sub’yektiv huquq o’z mazmuni bo’yicha ham, uni
amalga oshirish xarakteri bo’yicha ham muayyan chegaralarga ega. Chegaralar har qanday
sub’yektiv huquqning ajralmas xususiyatidir. Zero, bunday chegaralar bo’lmaganda, u
o’zining aksiga - zo’ravonlikka aylanadi va shu bilan huquq maqomidan umuman mahrum
bo’ladi.
Mazkur chegaralar,
Do'stlaringiz bilan baham: