256
mafkuraviyliqtsan
xoli odam, degan iboralarni tez-tez eshitadigan bo’lib qolganmiz. Bu
faqat batta «g’olib» va shak-shabhasiz mafkura hukm surgan oldingi sho’ro tizimi
mavjudligiga javob harakatdir. Lekin bundan hech ham eski ta’limot o’rnida qandaydir
bo’shliq paydo bo’ladi-yu, u hech narsa bian to’ldirilishi mumkin emas, degan ma’no kelib
chiqmaydi. Bu mafkuraviy masalalar bo’yicha jamiyat, davlat hech qanday nuqtai nazarga
ega emas, degan gap bo’lardi. Lekin N.A.Berdyaev allakachon, har qavday davlatda uni
ushlab turuvchi, birlashtiruvchi sinch, ma’naviy asos, tamoyillar bo’lishi kerakligini qayd
etgan.
Insonparvarlik ilgor g’oyalari biz barpo etayotgan fuqarolik jamiyatiga yot
emasligidan tashqari, unga uzviy ravishda xosdir. Bu erda so’z akdiy erkinlik, fikrlarni ifo-
dalashdagi erkinlik haqida, mafkuraviy tazyiqqa yo’l qo’yib bo’lmasligi haqida, inson hayoti
asoslarini qo’poruvchi radikal-ekstremistik
dunyoqarashdan, sinfiy va milliy kurashdan,
bolshevizmdan xalos bo’lish haqida bormoqda. Maf-kuraviylikdan xoli bo’lish muammosi
esa - ko’p yillar davomida odamlar ongiga singdirib kelingan va ular xatti-harakatlarini
belgilab bergan partiyaviy-sinfiy aqidalar va qoliplarni barham toptirish muammosidir.
Fuqarolik jamiyati - ochiq, demokratik, totalitarizmga qarshi, o’z-o’zini
rivojlantiruvchi jamiyat bo’lib, unda inson, fuqaro, shaxs markaziy o’rinni egallaydi. Aynan
shu ma’noda fuqarolik jamiyati siyosiy-mafkuraviy, ayniqsa avtoritar jamiyatga qarama-
qarshi turadi. Birlamchi model va ijtimoiy hayot qurilishida tayanch
tuzilmasi sifatida oila
unda muhim rol o’ynaydi. Gegelning o’ziyoq oilani davlatning birinchi bazasi, tabaqani -
ikkinchi bazis deb atagandi. «Pok va sofdil shaxsni tarbiyalashda, ona tilini qayta tiklashda
hech kim va hech narsa oila bilan tenglasha olmaydi», - deb hisoblaydi mamlakatimiz
Prezidenti..
Oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, ma’naviyat, tartib va davlatchilik - fuqarolik
jamiyatining tub qadriyatlari shulardan iborat. Shu bilan birga, mulkdor shaxs butun
jamiyat erkinliganing asosiy poydevori bo’lib maydonga chiqadi. Gegel mulkchilik
«erkinlikning
nakd hayoti mavjudligiki, u o’z-o’zidan muhim maqsaddir»
38
, deb
ko’rsatgandi.
Bunda mulkdorlar sinfining jinoyatchilik yo’li bilan emas, bshji normal
tsivilizatsiyalashgan taraqqiyot jarayonida shakllanishi juda muhim. Shu jumladan
O’zbekiston Respubliksi Prezidentining Oliy Majlis to’rtinchi sessiyasidagi nutqi diqqatga
sazovor. Unda shutsday deyiladi: «Respublikamiz jamiyatda bozor munosabatlarini qaror
toptirgan holda iqtisodiy islohotlar yo’lidan dadil qadam tashlamokda. Lekin biz shuni teran
angaab olishimiz kerakki, bozor va bozor munosabatlarini mulk egalari paydo bo’lmasdan
tasavvur qilish mumkin emas. Bozor, iqtisodiy erkinlik o’ziga xos kishilar - mulk egalarisiz
amal qilolmaydi».
39
Respublikaning mustaqillik sharoitlaridaga besh yillik taraqqiyotining muhim
natijalaridan biri sifatida I.Karimov quyidaga dalillarni qayd etdi: «Iqtisodiy islohotlarning
eng muhim yakunlaridan biri - aksariyat yurtdoshlarimizda
mulkka egalik, mulqdorlik
tuyg’usining uygonishi va rivojlanishi jarayoni, o’rta qatlam, kichik va xususiy korxona
egalarining, mulkning, er uchastkalarining, aksiyalarning, boshqa qimmatli qogozlarning,
xullas, daromad keltiradigan mulkning shakllanishidir».
40
Bu qonuniy hamdir. Bozorda erkin,
lekin shu bilan birga, qonunga itoatkor
mulkdorlar ishlashlari kerak. Kapitalizmning tiklanish davrida Amerika ma’rifatparvari
Tomas Jefferson: «kamroq hukmdorlik qiladigan hukumat eng yaxshi hukumat», - deb
atagandi. Ma’lum darajada bu narsa davlatning iqtisodiyot bilan o’zaro munosabatlariga
tatbiqan olganda unga ham tegishlidir. Bunda davlat bozorda kamroq buyruq berib,
38
Gegel. Soch. -M., 1934. 7-tom, 73-82-betlar.
39
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-tom. T., «O’zbekiston» 1996.172-bet.
40
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. 5-tom. T., «O’zbeki-ston» 1997. 111-bet.
257
ko’proq uning normal rivojlanishini kuzatishi kerak bo’ladi.
Shunga qaramay, ta’lim-tarbiya, sog’liqni sakdash, turar-joy qurilishi va ijtimoiy
ta’minot ko’pincha davlat aralashuvi talab qilinadigan muayyan sohalar sirasiga kiradi.
Beqaror jamiyatda barqaror iqtisodiyotni va barqaror siyosiy tartibni o’rnatish mumkin
emas.
Fuqarolik jamiyati davlat bilan o’zaro aloqada mavjud bo’ladi, rivoj topadi va o’z
vazifasini bajaradi. Ularning munosabatlarida to’qnashuvlar bo’lishi ehtimoli bor. Lekin har
qanday holatda ham «mahkama», «organlar» va ularning «agentlari» odamlarning shaxsiy
hayotiga aralasha olmaydilar yoki ularga nayrang ishlata olmaydilar. Yana bir bor
ta’kidlamoqchimiz: fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qutblar singari bir-birlariga
qarama-qarshi turmay, uyg’un ravishda o’zaro ta’sir etishlari kerak.
Shunday qilib, bayon etilganlardan
kelib chiqqan holda, fuqarolik jamiyatini
davlatdan tashqari va siyosatdan tashqari munosabatlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy,
axloqiy, ma’naviy, oilaviy, diniy munosabatlar) yig’indisi deb ta’riflash mumkin. Bu
munosabatlar erkin individ-mulkdorlar va ular birlashmalari o’ziga xos manfaatlari-ning
maxsus sohasini tashkil etadi.
Mazkur holatda «davlatdan tashqari» va «siyosatdan tashqari» birikmalarini ularning
mutloq tarqokligi ma’nosida emas, balki davlatning o’zboshimcha aralashuviga nisbatan
mustaqillik, avtonomlik, ehtiyot chorasini ko’rib qo’yish sifatida tushunish kerak.
Ayni paytda, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat - bir-biridan ajratib olingan va
ayrim holatdagi qismlar emas, balki o’zaro chambarchas bog’liq tizimlardir. Zero, davlat -
jamiyatni tashkil etish shakli va faqat jilla bo’lmaganda shuning uchun ham ular
ajralmasdir.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining vujudga kelishi - hal etilishi ko’plab omillar va
shart-sharoitlarga bog’liq bo’lgan asosiy va uzoq davom etuvchi vazifadir. Shuning uchun
ham respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning olchinchi sessiyasidagi nutqida quyidagilarni
ta’kidlashni zarur deb topganligi bejiz emas: «Biz shuni yaxshi bilamizki,
zarur bazani -
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy bazani yaratmay turib, odamlarning ongini tegishli darajada
shakllantirmay turib, qisqa davr ichida bu maqsadlarga erishishning iloji yuq»
41
Respublika mustakillikni qo’lga kiritganidan buyon nisbatan qisqa muddat o’tganiga
qaramay, har qalay, hozir amalga oshirilayotgan islohotlarning butun borishi og’ir-oqibatda
ko’zlangan maqsadga erishishga - rivojlangan bozor infratuzilmasiga ega bo’lgan fuqarolik
jamiyatini, demokratik jamiyatni, ijtimoiy adolat jamiyatini barpo etishga olib boradi.
Insonning tabiiy huquqdarini, shaxs erkinligini, mulkchilik shakllarining xilma-
xilligini, huquqiy davlat g’oyalarini, siyosiy fikrlar xilma-xilligani e’tirof etish, xususiy
tashabbusni rivojlantirish - fuqarolik jamiyati yo’lidagi bizning dastlabki odimlarimiz mana
shulardan iborat. Bundan quyidagi muhim xulosa kelib chiqadi: fuqarolik jamiyatini
ta’limot, g’oya, jarayon sifatida va intilishimiz yuksak bo’lgan reallik sifatida farqlay
bilish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: