225
tomonidan o’rnatilgan tuhfa deb hisoblashidan ibo-rat ekanligidadir.
Islom - uchta jahon dini ichida eng yoshi bo’lsada, u juda ham keng tarqalgan. Turli
hisob-kitoblarga
qaraganda, dunyoda 750 milliondan 1 milliardgacha kishi islom diniga
e’tiqod qilar ekan. Ular 51 davlatda ko’pchilikni yoki aholining sezilarli bo’lagani tashkil
qiladi. Biroq, musulmon huquqining amal qilish doirasi musulmon aholisi bor
mamlakatlarning jugrofiy chegaralariga mos tushmaydi.
Islomga din sifatida e’tiqod qiluvchi, lekin musulmon huquqini qabul qilmagan
millatlar va etnik guruhlar ham mavjud.
Musulmon yuridik fanlari asosini kazuistik usul tashkil qiladi. Unda «il’m al furu» yoki
ishlarni hal qilish (masa’il) nomi mustahkamlangan. Sunniylar va shi’alar hamma
maktablari tarmoqlarining boshida ta’limotlari tan olingan
- Madina va Iroq maktablari
turadi. Ushbu qadimgi maktablar o’z nazoratidagi hududlarda ildiz otib, odtsiy huquqdan
foydalanib, uni yangi din ehtiyojlariga moslashtirgan.
Tarixiy sabablarga ko’ra, bugunga kelib musulmon huquqining to’rtta sunniylar
(hanafiylar, molikiylar, shafiiylar, xanbaliylar) maktabi, shuningdek uchta shi’alar
(jafariylar, ismoiliylar, zaydiylar) maktabi bor.
Har bir maktab o’zining yuridik uslubi va qarashlar tizimiga ega,
shuning uchun
ularning har biri musulmon huquqining alohida tizimi bo’lib hisoblanish uchun da’vogarlik
qiladi.
Musulmon huquqi mustahkam tazimga ega bo’lgan, rad qilib bo’lmaydigan dalillarga
asoslanadi.
Musulmon huquqdpunoslari qaysidir tomondan tasodifiy yoki noaniq bo’lgan hamma
narsani qoralaydilar.
Musulmon huquqshunoslari tomonidan shakllantirilgan huquqiy normalar o’z
tuzilishiga binoan doim tashqi dalillarga asoslanadi. Shaxsning maqsad va niyatlari hech
qachon e’tiborga olinmaydi. Hamma psixologik (ruhiy) unsurlarni ko’rib chiqishga ongli
ravishda yo’l qo’yilmaydi.
Qonunlarning musulmon huquqi tushunishida o’z taraqqiyotining so’nggi
bosqichidagi rimcha va g’arbcha tushunish mavjud emas.
Nazariy tomondan faqat Olloh qonunchilik hokimiyatiga ega. Haqiqatda esa
musulmon Huquqiningyagona maktabi Huquqshunos olimlarning ta’limotlaridir. Qozilar
sudlov ishini ko’rayotganda hech qachon Kur’oni Karim yoki Sunna - payg’ambar
hadislariga murojaat etmaydilar. Buning o’rniga u mavqei taniqpi bo’lgan faqih asarlariga
murojaat qiladi.
Huquq ma’lum normalar yig’indisi sifatida, islom paydo bo’lgandan keyingi dastlabki
ikki asr davomida tashkil topdi. Keyingi asrlarda amalda hech bir yangilik kiri-tilmagan. Bu
turg’unlik «Insonlar xatti-harakati»ga berk eshik - «ijtihod» nomi bilan ifodalanadi. Ammo
shi’alar maktabi ushbu «berk eshik»ni hech qachon tan olmagan. Shuning uchun shialar
huquqi sunniylar maktabi amal qil-gan huquqqa nisbatan ancha moslashuvchan bo’lgan.
Shunday bo’lishiga qaramay, XIX asrgacha bo’lgan butun davr mobaynida
musulmon
huquqi anglash evolyutsiyasi, shariatning an’anaviy holati va tamoyillarining
hech qachon odatiy ma’nosini o’zgartirmay hamda to’g’ridan-to’g’ri yuz o’garmay yangicha
talqin qilgan diniy-yuridik va iloxiy majmualardan keyaib chikqan.
Bunga jamiyat rivojlanish sur’atining qiyosiy sustligi, jamiyat ongida diniy
shakllanish hukmronligi hamkorlik qildi. Shunday sharoitlarda ham musulmon huquqi ozmi-
ko’pmi o’zining ijtimoiy belgilanish talabiga javob beradi.
Musulmon huquqining to’rtta asosiy manbalari haqvdagi ta’limot yaratildi. Birinchi
manba, tabiiy ravishda, Qur’oni Karimdir. Ikkinchi manba - Kur’oni Karim qoidalarini
izohdab va tushuntirib berish uchun o’ta muhim bo’lgan -Sunna, ya’ni paygambarning
hadislaridan iborat. Uchinchi manba - ijmo (bitim), butun musulmon axli tomonidan mu-
226
ayyan diniy-huquqiy muammolar yuzasidan qilingan umumiy fikr. Nihoyat to’rtinchi manba
- taqqoslash (qiyos), ya’ni Qur’oni Karim, sunna yoki ijmo tomonidan o’rnatilgan
qoidalar-ni
yangi o’xshash holatlarda qo’llash.
Musulmon huquqiy manbalari to’g’risidagi ta’limotni rivojlantirishning keyingi
bosqichlarida uning amaliy g’oyalarini mohiyatan oshiruvchi faqat bir o’zgartirish - barcha
yoki faqat birgina maktab huquqshunoslari tomonidan qabul qilingan taklif ham to’g’ri
hisoblangan ijmo g’oyasi kiritildi.
Ovrupocha huquq manbalarining ta’siri umuman olganda dastlab barcha o’ziga xos
manbalari bo’yicha musulmon huquqi hukmronlik qilgan islom mamlakatlarini ham chetlab
o’tmadi.
Ushbu
mamlakatlarning huquqiy tizimlari
shunday
rejada mohiyatan
o’zgartirishlarga yuz tutdiki, musulmon huquqining ahamiyati, amal qilish doirasi va ta’siri
kamayib, bu huquqning o’zi hech bo’lmaganda o’z tashqi shakliga ko’ra ham ovrupocha
kodifikatsiyani qabul qildi.
Ko’plab mamlakatlarning siyosiy hayotida islomning faol-lashayotganligini
tavsiflovchi bunday yo’nalishdagi an’ana-viylikni ayni vaqtda oshirish kerak emas. Bunday
faollikda garbiy huquqiy modellardan yuz o’garishni, musulmon huquqining barcha talab va
normalarni to’la tiklashni talab etish hollari kuzatilmoqda.
Musulmon huquqida huquqning klassik bo’linishi, ya’ni ommaviy va xususiy
huquqlarga bo’lish yo’q.
Boblar mantiqiy
chegaralanmagan tartibda, xususiy yoki jinoiy huquqqa tegishli
bo’lsada, ketma-ket keladi. Musulmon huquqining asosiy tarmoqlari yig’indisiga jinoyat
huquqi, sudlov huquqi va oila huquqi kiradi.
Musulmon
jinoyat huquqi, avvalambor,
og’ir
belgilangan
(had) va
obro’sizlantiradigan (ta’zir) jazolarning farqlanishiga asoslanadi.
O’ta qat’iy jazo chorasi quyidagi jinoyatlar uchun belgi-langan: qotillik, xiyonat
qilish, xiyonat qilgan deb yolg’on ayblov, o’girlik, spirtli ichimlik iste’mol qilish, bosqinchilik
va isyon. Yuqorida sanab o’tilgan jazolardan tash-qari qozi o’z nuqtai nazariga ko’ra,
qonunning boshqa hamma buzilishlariga ham jazo belgilashi mumkin. Shunday qilib, unga
ishni ko’rib chiqishda katta erkinlik berilib, qator normalar xuddi shu yo’l bilan yaratilgan.
Musulmon sud tuzilishi o’zining oddiyligi bilan ajralib turadi. Sudyaning yakka o’zi
hamma turdagi ishlarni ko’ra olgan. Sudlarda ierarxiya mavjud bo’lmagan.
Hozirgi davr sharoitlarvda ba’zi musulmon mamlakatlari (masalan, Misr) musulmon
sudidan butunlay voz kechdi. Shunga qaramay ular ko’pchilik arab mamlakatlarvda
huquqning ijtimoiy harakat mexanizmida ahamiyatli rol o’ynamoqda.
Ba’zi mamlakatlar (masalan, Sudan) musulmon sudlarining ko’p pog’onali tuzilishini
qabul qilgan bo’lsa, ba’zilarida musulmon sudlarining turli
shaxslarga mos keluvchi
(masalan, Iroq va Livandagi sunniy va jafariylar sudi) parallel tizimi mavjud.
Ayrim mamlakatlarda musulmon sudlari o’z vakolatlari doirasiga, asosan shaxs
maqomidagi, boshqa mamlakatlarda (Arabiston yarim oroli va Fors qo’ltigi mamlakatlari)
ham fuqarolik, ham jinoiy ishlarni ko’rib chiqishni o’zlariga qo’shib olgan.
Qoidaga ko’ra, sudyalarga diniy-huquqiy tayyorgarlik nuqtai nazaridan yuqori
malaka talablari qo’yilgan.
Arab mamlakatlarining oila qonunchiligi musulmon huquqi normalari va tamoyillarini
mustahkamlashga qara-tilgan.
Musulmon huquqi, bir qancha xorijiy ta’sirni boshidan o’tkazgan bo’lsada, millionlab
ommaga ta’sir ko’rsatuvchi mustaqil huquqiy oila bo’lib qolmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: