O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Afrika mamlakatlari huquqiy tizimlari



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
9-§. Afrika mamlakatlari huquqiy tizimlari 
Mustamlakachilik tizimining emirilishi natijasida o’z mustaqilligani qo’lga kiritgan 
davlatlar hali ijtimoiy munosabatlar sohasida nisbatan keng qo’llanilayotgan eski diniy 
huquq (musulmon, hindu), odat huquqi unsurlarini o’zida saqlab qolgan yangi huquqni 
shakllantirdi. Hozirgi
 
davrga qadar Afrika qitasining ko’pchilik aholisi odat huquqi 
normalariga rioya qiladi. 


229 
Odat huquqining tutgan o’rniga to’g’ri baho berish Afrika qit’asi huquqiy xaritasida 
yuz berayotgan jarayonlarning qonuniyat ekanligani anglashda, Afrika davlatlari milliy 
huquqining rivojlanishidagi tavsifiy belgi va an’analarni tushunishda yordam beradi. 
Ko’pgina holatlarda «odat huquqi» atamasidan Af-rika xalqlarining mustamlakachilik 
davrigacha mavjud bo’lgan an’anaviy huquqini ifodalash uchun foydalanilgan. An’anaviy 
huquq, «qabila qonunchiligi»ning ancha kam sonli misollaridan tashqari, og’zaki ravishda 
avloddan avlodga o’tkazib kelingan yozilmagan qoidalar majmuini o’zida ifodalagan. 
An’anaviy huquqda huquqiy 
va 
axloqiy normalar tomonlar nizolarini echishda, yarashtirish 
g’oyasi yo’riqlariga amal qilgan holda, mustahkam aloqada bo’ladi. 
Afrika xalqlari orasvdaga muhim farqlarga (avvalam-bor, - etnik va lingvistik nuqtai 
nazardan, qardoshlik tizimidagi, oila turmush tarzidagi), ularning odat va odat huquqining 
turli-tumanligaga qaramay Afrika huquqini yagona bir huquq sifatida ko’rilishi uchun etarli 
asoslar bor. Afrika odat huquqi ivdivid emas, balki guruhiy yoki uyushma huquq 
hisoblanadi. 
Bunday tavsifiy belgilar deyarli har bir odat huquqi tarmokdarida ko’zga tashlanadi. 
Odat huquqida nikoh shartnomasi o’zida ikki shaxsning ittifoqini emas, balki ikki 
guruhning kelishuvini namo-yon qiladi hamda oilalarning roziligi bilangana ajralishi 
mumkin. Erga xususiy mulkchilik huquqi ijtimoiy guruhlarga tegishlidir. Meros huquqida 
mulk, qoidaga ko’ra shaxsga emas, balki oila yoki guruhga o’tadi. 
Etkazilgan zarar bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga to’lanmay, bir oila yoki urug’ 
tomonidan boshqa oila yoki urug’ga to’lanadi. Va nihoyat, Afrika jamoasidagi nizolar ham 
qoidaga ko’ra, urug’ va guruhlar orasida kelib chiqqan. 
Afrika jamoalarida sudlarning yoki bahslarni echish tizimining ikki asosiy turi amalda 
bo’lgan. Ba’zan ular bir jamoatda bir vaqtning o’zida amalda ko’llanilgan. Ularni yuridik 
rasmiyatchilikka rioya etgan holda arbitraj va sud sifatida toifalash mumkin. Shu o’rinda 
an’anaviy huquqning o’ta tabiiylik o’rnini ta’kidlash lozim. 
Sud taomilida bu holat adolatni aniqdash uchun qasam ichishga majbur qilish va 
«xudo sudi» tomonidan sinov o’tkazishda namoyon bo’lgan. 
Odat huquqidagi yana bir holat - kishilar guruhi yoki jamoalarning mas’ulligi alohida 
e’tiborga loyikdir. 
Bu ikki yokdama: 
a) oila yoki qarindoshlar guruhi tomonidan o’zlarining alohida a’zosi qilgan nojo’ya 
xatti-harakat oldidagi javob-garligi (o’zganing aybini yuvish). 
b) shaxsning sodir qilgan huquqbuzarligi guruh a’zolarining huquq va 
majburiyatlariga daxldor bo’ladigan holat sifatida o’zini namoyon qiladi. 
Bizning fikrmizcha, individualizm va undan kelib chiqadigan «sub’yektiv huquq» 
tushunchasi an’anaviy odat huquqiga mos kelmaydi. U shaxsning huquqqa rioya qilishini 
hech qan-cha ta’minlamay, uning guruh kishilari bilan munosabatini tartibga soladi. 
An’anaviy huquq institutlari orasida oila, er mulki, meros alohida o’rin egallaydi. 
Yuqorida qayd etilganidek, odat huquqi bo’yicha, nikoh avvalambor, shaxslar ittifoqi emas, 
balki ikki oila guruhlarining kelishuvidir. 
Ular nikohning har bir bosqichvda sezilarli rol o’ynaydi: kuyov va kelinni tanlashadi, 
kelishishadi va sepini to’lay-dilar, er va xotin orasidagi kelishmovchiliklarni barta-raf 
etishadi, ularning faol ishtirokisiz ajralishning imkoni yo’q. 
Shu bilan birga odat huquqi erkaklarning bir nechta xotin olish huquqi, ya’ni 
poligamiyani tan oladi hamda «kelin uchun to’lov»ni belgilaydi, bularning tasdiklashicha, 
odatga asoslanadigan nikoh xotinni sotib olishdan boshqa narsa emas. 
Keng tarqalgan fikrlarga ko’ra, nikohni bekor qilish odat huquqvda juda ham kam 
uchraydi, chunki ajralish uchun ruxsat olish katta mehnat evaziga bo’ladi. Oilalar ular 
orasida amadda bo’lgan ittifoqning davom etishidan o’ta manfaat-dor bo’lganlar, negaki 


230 
nikohning bekor qilinishi so’zsiz to’lovlar qaytarilishini anglatar edi. Ajralish oilalar orasida 
urug’ oqsoqollarini jalb qilgan holda hal qilinadi. 
An’anaviy jamiyatlarda erga egalik qilish huquqi shaxsga emas, balki guruhlarga 
berilgan deb hisoblash qabul qilingan. Shaxs erdan foydalanish huquqiga ega bo’lsada, 
oxir-oqibatda u jamoa yoki guruhga tegishli bo’lgan. 
Erni taqsimlash, undan foydalanish va uni ajratib berish boshqaruvchilar (dohiylar) 
yoki bo’lmasa urug’ yoki oila kabi ijtimoiy guruhlar nazorati ostida amalga oshirilgan. 
An’anaviy jamiyatlarda meros huquqi faqat mulkning emas, balki marhum huquq va 
majburiyatlarining jami merosxo’rga o’tishini nazarda tutadi. 
Merosning juda xilma-xil turlari mavjud: 
1) ota nasli yoki ona nasli bo’yicha: 
2) merosxo’r (ma’lum yoki saylovli) vafotidan so’ng to’g’ridan-to’g’ri merosxo’r 
saylanadi: 
3) universal (faqat bir merosxo’r) yoki hamkorlikdagi (bir nechta merosxo’r). 
Ma’lumki, butun Afrika, ba’zi istisnolarsiz, Ovrupo hukmdorlari tomonidan 
mustamlaka qilingan edi. 
XIX asrda hukmron mustamlakachilar - inglizlar, fransuzlar, portugallar, belgiyaliklar 
metropoliyalarda amal-da bo’lgan o’zlarining sud tizimini Afrika mamlakatlariga tatbiq 
etishga urindilar. 
Har bir hukmdor mustamlakachi o’z huquqiy andozasini qo’l ostidagalarga o’tkazadi: 
fransuz huquqi fransuz Afrikasi va Madagaskarga, Belgiya huquqi - Kongoga, portugal 
huquqi Angola va Mozambikka, umumiysi ingliz mustamlakalariga, roman-golland huquqi, 
keyinchalik ingliz umumiy huquqi ta’siri ostida o’zgargan - Janubiy Afrikaga kiritildi. 
Liberiyada Angliya va AQSHning ba’zi sud odatlari va umumiy huquqi amalda bo’ldi. 
Mustamlakachilar o’z huquqiy institutlarini tatbiq etish bilan birga fikran uz 
manfaatlariga zid kelmaydi-gan odat huquqi va Afrika sudlovining ayrim qismlarini sakdab 
qolish siyosatini yurgazdilar. Shunday qilib, mustamlaka boshqaruvi natijasida huquqning 
aralash tizimi paydo bo’ldi. U metropoliyalar kiritilgan huquq bilan odat huquqini o’zida 
jamladi. Birinchisi imtiyozli ravishda ma’muriy huquq, savdo, jinoyat huquqini qamrab oldi. 
An’anaviy soha - erga egalik, oila va meros huquqi (hayotligida mulkni, ba’zi fuqarolik 
majburiyatlarini taqsimlash) - odat huquqining harakat doirasida qoldirildi. 
Mustamlaka davrida odat huquqida yuz bergan to’rtga asosiy o’zgarishni qayd etish 
mumkin: birinchidan, nizolarni tartibga solishning an’anaviy uslublaridan voz kechish, ya’ni 
astalik bilan sud tizimini tatbiq qilib, qabila tomonidan o’rnatilgan tartibdan burjua sud 
qurilishi namunasiga o’tish; 
ikkinchidan, mahalliy sudlarda, odat huquqi bo’yicha, sudlar tomonidan ishlarning 
hal qilinishida qabul qilingan Ovrupo normalari qabul qilinishi; 
uchinchidan, odat huquqini bekor qilmay, afrikaliklarga o’z huquqiy munosabatlarini 
burjua huquqi asosida tartibga solish imkoniyatini beruvchi qonunlarning joriy etilishi; 
to’rtinchidan, varvarlik deb tan olingan, masalan, qullik va jarohat etkazish kabi ba’zi 
odatlarning to’g’ridan-to’g’ri taqiklanishi. 
An’anaviy Afrika (huquqiy) odat huquqi, shubhasiz, boshlang’ich ahamiyatini 
yo’qotmokda, ba’zi hollarda ko’p qismini yo’qotgan ham. U o’zining sezilar qismida 
tizimlashtirish va majmualashtirish ob’yekti bo’ldi. Odat huquqi keng ma’noda davlat 
organlari, shuningdek sudlar tomoni-dan rivojlantirilgan huquq sifatida qaralmokda. 
Arbitraj odat huquqiga xos bo’lsada, amaliyotda qo’llanmoqda va hatto ba’zi 
mamalakatlar tomonidan bilvosita tan olinmokda, u hozirgi zamon rasmiy sudlari amal 
qilayotgan huquq haqidagi sud protsedurasi g’oyalarining muqarrar ta’sirini boshidan 
o’tkazmokda. 
Milliy mustaqillik sharoitida huquq rivojlanishining asosiy an’analari bir tomonidan 


231 
mustamlakachilikka barham berish, ikkinchi tomondan esa, milliy qonunchilikni qamrab 
olgan ijtimoiy munosabatlarning kengayib borishi natijasida, odat huquqini tartibga solish 
ahamiyatining chegaralanishi bilan tavsiflanadi. 
Afrika davlatlarning huquqiy qurilish tajribasi shuni ko’rsatmokdaki, milliy 
qonunchilik, dastlab tarixan vujudga kelgan odat huquqi normalari bilan birgalikda 
«meros»lik aloqasini saqlab qolgan. 
Afrika mamlakatlarida odat huquqi normalarini huquqiy tartibga solish sohasidan 
siqib chiqarish juda og’ir va uzoq davom etadigan jarayondir. 
Umuman olganda, yosh davlatlarda odat huquqi rivojlanishining asosiy yo’nalishi 
huquqiy odatni tartibga solish ahamiyatining cheklanishi hamda milliy qonunchilik 
harakatini qamrab olgan ijtimoiy munosabatlar doirasining kengayishi bilan tavsiflanadi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish