O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Lotin Amerikasi huquqiy tizimlari



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
5-§. Lotin Amerikasi huquqiy tizimlari 
Lotin Amerikasi mamlakatlari huquqiy tizimlari Lotin Amerikasi davlatlarining tarixiy 
taqdiridagi umumiylik, ijtimoiy - iqtisodiy tuzum va siyosiy tuzilishning o’xshashligini, 
ularning ko’pida o’xshash siyosiy-huquqiy institutlarni vujudga keltirdi. Bu bilan ularning 
huquqiy tizimlari o’xshashligi ham yuzaga keldi. Shuning uchun ham Lotin Amerikasi 
huquqi haqida gapirish mumkin. Lotin Amerikasi huquqi o’z asosida - kodifikatsiyalangan 
huquq, xususan kodekslar ovrupocha nusxada tuzilgan. Bu, esa birinchi navbatda uning 
roman-german huquq oilasiga yaqinligi haqida gapirish imkonini beradi. Shundan va 
boshqa o’xshash belgilari - deyarli o’xshash huquq, huquq normasining umumiy 
xarakteridadir. Xuddi ovrupocha, avvalo, kodifikatsiyaning fransuzcha modelini qabul 
qilishga Lotin Amerikasi davlatlari ma’lum darajada kolonial huquq, o’z tarixiy rivojlanishi 
bo’yicha fransuz huquqiga yaqin turadigan va Amerika qit’asiga bosqinchilar tomonidan 
olib kelingan ispan va portugal huquqi xarakteri bilan tayyorlangan edilar. 
Xarakterlisi shundaki, hatto AQSHga jug’rofiy jihatdan boshqalarga nisbatan yaqin 
turgan davlatlar ham ovrupocha kontinental model tarafdorlari bo’ldilar. Bunga misol 
tariqasida Meksikani ko’rsatish mumkin. Bu erda siyo-siy mustaqillik qo’lga kiritilganidan 
keyin «huquqiy tizimi» huquqning kontinental tizimi roman-german guruhiga xos bo’lgan 
huquqiy g’oyalar va yuridik texnikani qabul qildi. Roman an’analari Meksikada yana shunda 
ko’rinadiki, uning XIX asrda qabul qilgan birinchi kodekslari va ko’pgana qonunlari o’zida 
fransuz va ispan huquqining sezilarli ta’sirini sinab ko’rdi. 
O’tgan asrda qabul qilingan ba’zi kodekslar bir qator davlatlarda yangisi bilan 
almashtirildi yoki sezilarli da-rajada zamonaviylashtirildi (masalan, Meksikada 1917 yildagi 
konstitutsiya qabul qilinganidan keyingadagadek), lekin ko’pchilik hollarda eski 
kodifikatsiya kuchda qoldi. Bu holat Fransiya va GFRda kuzatilgan holatdagidek va o’z 
navbatida xuddi o’sha muammo va oqibatlarni keltirib chiqardi. Eski qonunlar ko’p sonli 
qonunlar va qonunosti aktlari bilan o’rab olindi. Lotin Amerikasi huquqida, ayniqsa, havola 
qilingan qonunchilikning roli katta, ya’ni hukumat aktlari, prezidentlik boshqaruv shakli 
bilan ham va uzoq muddatli «harbiy boshqaruv» bilan bog’liq. Bunda normal qonunchilik 
faoliyati fakti yo’qqa chiqariladi. 
Odat huquqining Lotin Amerikasi huquqi manbai sifatidagi roli davlatdan davlatga 
o’zgarib boradi. Argentinada u ancha ko’p, Urug’vayda esa, aksincha, oz. Lekin umuman 
bu yordamchi huquq manbaidir va Ovrupo qit’asida u qonunda ko’rsatilgan hollarda 
ishlatiladi. 
To’rtta Lotin Amerikasi davlatlari federativ davlat hisoblanadi: Argentina, Braziliya, 
Venesuela va Meksika. Bu davlatlar huquqini xarakterlab, federatsiya va uning a’zolari 
vakolatining taqsimlanishini hisobga olmoq lozim. Xususan qonunchilik vakolatining asosiy 
qismi federatsiyaga tegishlidir. 
Lotin Amerikasi huquqi roman-german huquqidan avvalo ommaviy huquq sohasida 
farqlanadi. Agar Lotin Ame-rikasi davlatlari mustaqillikni qo’lga kiritib, xususiy mulk shaklini 
kiritishda nazarlarini Ovrupaga qaratgan bo’lsalar, konstitutsiyaviy namunani ular AQSHda 
topdilar. Bu davlatlar konstitutsiyalari amerikacha boshqaruv shakli - prezidentlik 
respublikasi, boshqa konstituttsiyaviy institutlarni o’zlashtirgan. AQSH, Lotin Amerikasi 
davlatlarida, xususan, tanlash imkoni ham yo’q edi. AQSH konstitutsiyasi o’sha davrda 


223 
birdan-bir yozilgan amaldagi respublika konstitutsiyasi edi. Shu bilan bir vaqtda Amerika 
konstitutsiyaviy namunasini qabul qilish Lotin Amerikasining «dualizmi», unga evropacha 
va amerikacha model qo’shilganligini gapirishga asos yaratadi. Lekin shuni alohida qayd 
qilish kerakki, AQSHdan farq kilib, Lotin Amerikasi davlatlari uchun konstitutsiyaviy 
barqarorlik xos emas. Masalan, Venesuelada 168 yil ichida (birinchi konstitutsiya qabul 
qilingan vaqtdan boshlab) yigirmata konstitutsiya, Boliviyada esa 152 yil ichida 21 ta 
konstitutsiya qabul qilingan. 
Lotin Amerikasi huquqi xususiyatlaridan yana shuni aytish kerakki, bu mintaqa 
davlatlari qonunlarning konstitutsiyaga mosligi ustidan sud nazorati instituti, sud 
konstitutsiyaviy nazoratining amerikacha modeli bilmaydigan holatlar ishlatilishini ham 
qo’shib, AQSHdan sud tizimi qurilishi va faoliyati tamoyillarini olib (ayniqsa Oliy sudlar 
tashkil etilishi va vakolatiga tegishli hamma jihatlarni), lekin ko’pincha Amerika modelining 
ko’rinishini o’zgartirdilar, qator hollarda sud hokimiyatini amalga oshirishning milliy 
konsepsiyasini ishlab chiqtsilar, AQSHdan farq qilib, sud amaliyoti ularning ko’pchiligada 
huquq manbai hisoblanmaydi. 
XX asrda Lotin Amerikasi o’tgan davrlarga xos bo’lgan xorijiy siyosiy-huquqiy 
modellardan ham ommaviy, ham xususiy huquqtsa avdoza olshtsdan ozod bo’lmokda. 
Davlat Huquqiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatidagi mahalliy milliy in-stitutlar tashkil etilishi va 
rivojlanishi tamoyili kuchaymoqda. Konstitutsiyalar matni aniqroq bo’lib bormokda, o’zgarib 
borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni va siyosiy ahvolni, umuman dunyodagi va xususan 
Lotin Amerikasidagi ahvolni ancha yaxshi hisobga olmokda. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish