Huquq ijodkorligining ilmiy asoslantirilganligi
Huquqiy normalar yaratish jarayoni zamonaviy huquq ilmi va amaliyoti yutuqlariga,
huquqiy tafakkur va mantiq qoidalariga qat’iy tayanmogi lozim. Har bir qonun, huquqiy
norma ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglash hamda ilmiy
asoslan-tirish zamirida yaratilishi kyerak. Muayyan qonun yoki boshqa huquqiy aktni qabul
qilishdan oldin uni yaratish uchun qanday ehtiyoj borligi ilmiy jihatdan dalillanishi
maqsadga muvofiqdir. Buning uchun huquqiy tartibga solish mo’ljallanayotgan ijtimoiy
munosabatlar turi chuqur tahlil etilishi, zarur bo’lsa konkret sotsiologik tadqiqotlar,
jamoatchilik fikrini o’rganish ishlari amalga oshirilishi o’rinli bo’ladi.
Ilmiylik prinsipi haqida gap borganda, kamida ikki jihat nazarda tutiladi.
Birinchidan,
huquq ijodkorligi puxta ilmiy strategiyaga tayanishi zarur. Bunday strategiya
umumdavlat miqyosida shakllantiriladi. Uni, odatda, davlat yuqori hokimiyat organlari
xuzuridagi strategik tadqiqotlar institutlari amalga oshiradi.
Ikkinchidan,
konkret
normativ-huquqiy akt matni ustida ish borganda, huquq normasini yaratish va ifodalashda
(mazmunan hamda yuridik texnika nuqtai nazaridan) ilmiy tavsiyalar inobatga olinishi
lozim. Bundan maqsad - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda mumkin qadar ko’proq
samaraga erishishdir. O’z faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlash uchun huquq ijod etuvchi
organlar huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishchi guruhlar tarkibiga yetakchi yurist -
olimlarni kiritadilar; loyiha yuzasidan xulosa olish uchun uni tegishli ilmiy muassasalarga
yuboradilar.
So’ngti paytlarda O’zbekiston Respublikasi parlamenti faoliyatida loyihalarning ilmiy
ekspyertiza qilishga e’tibor qaratilayotganligi tahsinga sazovor. Xususan, «O’zbekiston
Respublikasi qonunlarini tayyorlash to’g’risida»gi Qonunning 18-moddasi loyihalarni
mustaqil ekspertizadan o’tkazishni nazarda tutadi. Unga muvofiq:
«Qonun loyihalari ekspyert baholashidan o’tkazilishi mumkin. Ekspyertiza Oliy Majlis
qo’mitasida, komissiyasida loyiha ustidagi ishlar tugallanginidan keyin o’tkaziladi.
Qonun loyihalarini ekspyertizadan o’tkazishga olimlar, amaliyotchi xodimlar va
boshqa yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.
Loyihani ekspyertizadan o’tkazish natijalari yuzasidan ekspyertlar tegishli xulosa
taqdim etadilar».
Ilmiylik tamoyilida sobit turiladigan bo’lsa, huquq ijodkorligining sub’yektlari bo’lgan
idoralarning vakolatlari hokimiyatlar taqsimlanishi asosida, o’zaro tiyib turish va qarama-
qarshi muvozanat asosida tashkil etilishi lozim. Shu yo’l bilan mazkur idoralar faoliyatida
parallelizm, takrorlash, nomuvofiqlik va boshqa idoraning vakolat doirasiga daxl qilish
hollari istisno etiladi.
Huquq ijodkorligiga ilmiy yondashish talabi ayniqsa bugungi kunda, Ya’ni bozor
munosabatlarini qaror toptirish davrida, demokratik qadriyatlarni shakllantirish chog’ida
inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash, milliy, siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy
munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun muhimdir. Bu munosabatlarni aniq
huquqiy tartibga solishga erishish uchun huquq ijodkorligining ilmiy zaminini muttasil
takomillashtirib borish lozim.
136
Do'stlaringiz bilan baham: |