3-§. Normativ-huquqiy aktlar -huquq ijodkorligi mahsuli
Huquq ijodkorlik faoliyatining hosilasi, bevosita mahsuli - turli-tuman normativ-
huquqiy aktlardir. Bunday aktlar huquq ijodkorligi sub’yektlarining yuridik normalarini
ifodalovchi hujjatlardir.
O’zbekiston Respublikasida huquqni ifodalashning (bayon etishning) asosiy manbai,
shaqli normativ-huquqiy aktlar hisoblanadi. Normativ-huquqiy aktlar davlat tomonidan
o’rnatiladigan yoki ma’qullanadigan huquqiy hujjatlarning alohida rasmiy turidir.
Normativ-huquqiy akt deganda, davlat vakolatli organlarining ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umumiy majburiy tusdagi qoidalarni
o’rnatuvchi, o’zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi huquq ijodkorlik hujjati tushuniladi.
Huquqning normativ akt shaqli demokratik
huquqiy jamiyat sharoitida mamlakat xo’jalik,
siyosiy, ma’daniy va ma’naviy hayotiga davlat yo’li bilan rahbarlik qilishning eng maqbul
shaqlidir.
Normativ-huquqiy aktlar o’zining quyidagi uch xususiyati bilan ijtimoiy normalarning
boshqa turlaridan ajralib turadi: 1) normativ-huquqiy aktlar vakolatli davlat organlari
tomonidan yaratilib, barcha uchun umumiy majburiy qoidalarni o’rnatadi, o’zgartiradi
(takomillashtiradi) yoki bekor qiladi; 2) ularda huquqiy qoidaning mazmuni, Ya’ni huquqiy
munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari ifoda etiladi; 3) normativ-huquqiy
aktlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy
oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo’yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.
Yuridik ustqurma murakkab va syerqirra bo’lganligi sababli normativ-huquqiy aktlar
turli mezonlar bo’yicha turkumlanishi (tasnif qilinishi) mumkin. Bunday mezonlar
quyidagilar bo’lishi mumkin:
- huquqiy tartibga solish predmeti yoki tartibga solinayotgan ijtimoiy
munosabatlarning turi;
- huquq ijod etuvchi sub’yekt;
- huquqiy aktning yuridik kuchi;
- huquqiy akt harakat qiladigan hudud;
- huquqiy-normativ aktning yuridik nomlanishi Normativ-huquqiy aktlarni
turkumlash usullari, uslublari, yo’llari ham turlichadir. Turkumlashning eng keng tarqalgan
ilmiy usullari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: alifboli-predmetli ko’rsatkichlar;
iyyerarxiyaga (pog’onali mutanosiblikka) asoslangan turkumlash, u oddiy va o’nliklar
bo’yicha bo’linishi mumkin; fasetli turkumlash va deskriptor turkumlash.
Normativ-huquqiy aktlar, ularni chiqaradigan davlat organlarining mavqeiga,
aktlarning yuridik kuchiga ko’ra quyidagi turkumlarga bo’linadi:
1. Qonunlar (Konstitutsiya va joriy qonunlar);
2. Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari;
3. Hukumat qarori va farmoyishlari;
4. Davlat va xo’jalik boshqaruv organlarining qaror, buyruq va yo’riqnomalari;
5. Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari va farmoyishlari.
Ushbu turkumlashda keltirilgan normativ-huquqiy aktlarning har biriga alohida-
alohida to’xtalib, ularning o’ziga xos xususiyatlarini, shuningdek o’zaro munosabatlari va
farqlarini ko’rsatib o’tamiz.
137
1)
Do'stlaringiz bilan baham: |