O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Huquqqa «normativ» yondashuv - qonuniylik va barqarorlikni ta’minlash



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
3-§. Huquqqa «normativ» yondashuv - qonuniylik va barqarorlikni ta’minlash 
vositasi sifatida 
O’zbekistonda keng tarqalgan huquqqa yondashuvlardan biri - 
normativ 
yondashuvdir. 
Huquqni davlat tomonidan muhofaza qilinadigan normalar majmui deb 
tushunish huquqiy qoidalarning me’yoriy hujjatlarda ifodalangan mazmuni bilan fuqarolar 
va boshqa ijrochilarga bevosita tanishish imkonini beradi va o’z harakatining huquqqa 
mosligini aniqdashga yordam beradi. 
Huquqni tushunishning normativ nazariyasi XX asrda o’zining mantiqiy tugallangan 
shaqliga ega bo’ldi. Mazkur nazariyaning namoyandalari Shtammlyer, Novgorodtsev, 
Kelzen va boshqalardir. Bu nazariyaning asosiy g’oyalari: 
- huquq - normalar tizimi, ehromi bo’lib, uning eng yuqorisida asosiy norma bo’ladi, 
bu norma qonun chiqaruvchi tomonidan belgilanadi, quyi normalar yuqoridagi normalardan 
kelib chiqadi; 
- yuridik fanlar huquqni sof shaklda o’rganishi kyerak, u siyosiy, iqtisodiy baholardan 


114 
xoli bo’lishi lozim. 
Huquqni bunday tushunishning ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Avvalo ijobiy 
jihatlari xususida: 
Birinchidan,
huquqning normativ nazariyasida huquqning eng muhim normativlik 
xaraktyeri ta’kidlanadi. Ezgulik, ayniqsa, umumiy va barqaror bo’lsa, u umumiy qoidaga 
aylanadi. 
Ikkinchidan,
normativlik huquqning shaqliy aniqligi bilan chambarchas bog’liq 
bo’lib, huquqiy talablarga asoslanish imkonini beradi. 
Uchinchidan,
huquqning buzilish holatlarida davlat majburlovi choralari 
belgilanadi. 
To’rtinchidan,
qonunsizlik va zo’ravonlik rejimiga qonuniylik qarama-qarshi 
qo’yiladi. 
Beshinchidan,
qonuniy kuchga kirayotgan iroda adolatli, axloqiy, ilg’or bo’lishi 
shart. 
Oltinchidan,
yuridik amaliyot mobaynida ijtimoiy munosabatlar qonunga asoslanib 
chiqarilgan hujjatlar asosida normativ tarzda tartibga solinadi. 
Yettinchidan,
ijtimoiy taraqqiyotga davlat ta’sir etishining keng imkoniyatlarini tan 
oladi. 
Mazkur nazariyaning ushbu ijobiy jihatlari shubhasizdir. Ayniqsa, davlatning huquq 
orqali ijtimoiy taraqqiyotga samarali ta’siri, jamiyat manfaatlarini ifodalashi, insonparvarlik, 
adolat, ozodlik qadriyatlariga asoslanishi g’oyat muhimdir. 
Huquqni normativ tushunish barqarorlik, tinchlik-oso-yishtalik hukmron bo’lgan 
mamlakatlarda katta samara beradi. Agar qonunlar o’z vaqtida yangilanib borsa, 
demokratik talablarga rioya qilinsa, huquqiy normalarda xalqning ilg’or kayfiyati, g’oyalari 
ifodalansa, huquqni bunday tushunish e’tirozlarga sabab bo’lmaydi. 
Huquqni normativ tushunishning salbiy jihatlari: 
- shaxsning tabiiy huquqlarini cheklaydi, davlat yaratgan huquqlarning ustuvorligiga 
asoslanadi; 
- huquqni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy omillardan ajratib qo’yadi; 
- yuridik normalarning ustunligini tan olish oqibatida eski huquq normalarining ham 
qo’llanishiga yo’l qo’yadi; 
- odat huquqi, shartnomalarni huquq manbai sifatida yetarli inobatga olmaydi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish