O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

VII bob. HUQUQ HAQIDA TA’LIMOT 
 
1-§. Huquqning tushunchasi va mohiyati 
"Huquq" iborasi kundalik hayotimizda ko’p qo’llaniladigan tushuncha bo’lib, "haq", 
"haqiqat" so’zlaridan olingan. Huquq hozirgi kunda quyidagi ma’nolarda qo’llaniladi: 
birinchidan,
muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqi. Masalan, fuqaro 
Ahmedovning ilm olish huquqi. 
Ikkinchidan,
huquq hamma uchun majburiy bo’lgan, 
davlat tomonidan o’rnatilgan va bajarilishi ta’minlangan, muhofaza qilinadigan qoidalar, 
me’yorlar majmuidir. 
Masalan, Fuqarolik kodeksi – mulkiy va shaxsiy xususiyatga ega nomulkiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi davlat tomonidan belgilangan, umummajburiy qoida, 
me’yorlar majmuidir. 
Uchinchidan,
huquq – ijtimoiy fan sohalaridan birining nomi bilan bo’lib, davlat va 
huquq haqidagi ilmlarni o’zida mujassamlashtiradi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq, fani, 
fuqarolik huquqi fani, jinoiy huquq fani. 
Aflotun va Arastu fanga siyosiy huquq tushunchasini kiritgan va uni tabiiy hamda 
shartli huquqlarga ajratgan. 
"Siyosiy huquq – tabiiy huquq va shartli (insonlar 
xohish-irodasi bilan o’rnatiladigan) huquq"
qismlaridan iborat. 
Tabiiy huquq
tan 
olish yohud tan olmaslikdan qat’i nazar hamma joyda bir xil ahamiyatga ega bo’lgan 
qoidalardir. 
Shartli huquq
– insonlar tomonidan ularning xohish-irodasiga ko’ra 
o’rnatilgan qoidalar majmuidir. 
N.Kant huquqni "qat’i impyerativ" deb ataydi va uni insoniy holatlarga ham tarixiy 
davrlarga ham, tajribalarga ham bog’liq bo’lmay mutlaqlik xususiyatiga ega deb 
hisoblagan. Kantning "qat’i impyerativ" "shunday xatti-harakat qilginki, sening xatti-
harakat qoidalaring barcha uchun umumiy bo’lmay qolmasin", degan talabga asoslanadi. 
Inson qat’iy impyerativga amal qilishda erkin bo’lgandagina huquq haqida so’z yuritish 
mumkin deb hisoblaydi Kant. Qat’iy impyerativ asosda birovning boshqalarga nisbatan 
zo’rovonlik qilishini cheklaydigan normalar huquqni tashkil etadi. Tabiiy qonunlar asosida 
birovning boshqalarga nisbatan zo’ravonlik qilishini cheklovchi normalar majmuasi huquq 
deyiladi. 
Kantning fikricha, huquq tabiiy, isbot talab qilmaydigan qoidalar majmuidir, 
ikkinchidan, huquq qonun sohibi yerki-irodasini ifodalovchi ijobiy qoidalar yig’indisidir, 
uchinchidan, huquq - adolatni amalga oshirish qoidalaridir. 
Qadimgi Rim mutafakkirlari huquqni yaxshilik, halol yashash, har kimga o’ziga 
munosibini byerish, o’zgalarga zarar yetkazmaslik, ezgulik va adolat san’atidir, deb 
ta’riflaydi. 
Sharq mutafakkiri, qomusiy olim Abu Nasr al-Forobiy huquqni fozil kishilarning 
haqiqiy baxtga erishish vositasi deb tushungan. Huquq, uning fikricha, mamlakatda 
tinchlikni ta’minlash, xavfsizlikni ta’min etish, taraqqiyotga shart-sharoit yaratish, ijodiy 
mehnatga imkon yaratish vositasidir. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish