4-§. Davlat organlari turlari
Davlat organlari turli asoslarga ko’ra tavsiflanadi.
Kelib chiqish usuliga ko’ra, ular birlamchi va hosila organlarga bo’linadi. Asosiy
davlat organlari boshqa organlar tomonidan yaratilmaydi. Ular myeros tartibida o’tadi
(monarxiya) yoki belgilangan tartibga ko’ra saylanadi va saylovchilardan hokimiyat
vakolatini oladilar. Ularga ijrochi-farmoyish beruvchi organlar, prokuratura organlari va shu
kabilar kiradi.
Hokimiyat vakolati hajmiga ko’ra davlat organlari oliy va mahalliy turlarga bo’linadi.
Hamma mahalliy organlar ham davlat organi bo’lavyermaydi (masalan, mahalliy o’zini o’zi
boshqarish organi ). Davlat oliy organlari davlat hokimiyatini eng ko’p darajada o’zida
mujassamlashtiradi va uni davlatning butun hududiga tadbiq etadi. Davlatning mahalliy
organlari ma’muriy-hududiy birliklar (grafliklar, okruglar, kommunalar, uyezdlar, viloyatlar
va hokazo)da faoliyat ko’rsatadi, ularning vakolati faqat o’z hududlari doirasida amalga
oshiriladi.
Umumiy va maxsus vakolatga ega bo’lgan davlat organlarining faoliyat doirasi keng.
Ular keng miqyosdagi masalalarni hal etishi mumkin. Masalan, hukumat qonunlarni ijro
yetar ekan, davlat barcha vazifalarining ijrosida ishtirok etadi. Maxsus (soha) vakolatga
ega bo’lgan organlar u yoki bu vazifani, muayyan faoliyat turini ijro etishga ixtisoslashadi
(moliya vazirligi, adliya vazirligi).
Davlat organlari saylab qo’yiladigan va tayinlanadigan, kollegial va alohida bo’lishi
mumkin. Davlat mexanizmi, uning oliy organlari tasnifiga bevosita hokimiyatni taqsimlash
tamoyili ta’sir ko’rsatadi. Unga ko’ra qonunchilik, ijroiya va sud organlari tashkil etiladi.
Qonunchilik organlari.
Odatda qonun chiqarish huquqi oliy hokimiyat vakillik
organlariga tegishli bo’ladi. Ular umumiy «parlament» tushunchasi bilan ifodalanadi.
Angliya, Kanada, Hindiston va boshqa mamlakatlarda «parlament» tyermini - qonunchilik
organi ning nomini bildiradi, boshqa mamlakatlarda esa uning nomi o’zgacha.
Parlamentarizmning taraqqiyoti burjuaziya davlatchiligining shakllanishi va
taraqqiyoti davriga to’g’ri keldi. Aynan shu paytda uning asosiy vakolatlari doirasi qaror
topdi: qonunlar qabul qilish, byudjetni tasdiqlash, hukumatga so’rovlar va uning faoliyatini
muhokama qilish shaklida nazorat etish, ishonch yoki ishonchsizlik bildirish va shu kabilar.
Ijtimoiy hayot murakkablashgini sayin, odatda, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot
jarayonida hukumat rolining o’sishi va parlament rolining pasayishi kuzatiladi.
Dunyo mamlakatlarining ko’pchiligida parlamentlar yuqori va quyi palatadan iborat
bo’ladi. Kichik mamlakatlar (Daniya, Finlyandiya) parlamentlari bir palatali bo’ladi. Yuqori
palata, odatda, demokratik bo’lgan quyi palatani muvozanatlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |