O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar



Download 1,8 Mb.
bet38/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

4.2. Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar


Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar Jinoyat-protsessual kodeksi 77-moddasida belgilangan.


U havolaki norma bo‘lib, unga ko‘ra, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi va jamoat birlashmasi yoki jamoaning boshqa vakillari Jinoyat-protsessual kodeksining 76-moddasida nazarda tutilgan sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ishda ishtirok etishga haqli emaslar va rad qilinishlari lozim.


4.3. Ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolisning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar


Ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolisning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar Jinoyat-protsessual kodeksining


78-moddasida belgilangan.
Unga muvofiq, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis quyidagi hollarda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va rad qilinishi lozim:
1) shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa;
2) ushbu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning yoki yuqorida ko‘rsatilgan o‘zga shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;
3) uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;
4) ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe bo‘lsa. Xizmat yuzasidan tobelik deganda, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolisning jinoyat ishini yuritayotgan mas’ul mansabdor shaxsga xizmat yuzasidan qaramligi, u bilan bo‘ysunuv munosabatida ekanligi, mehnat shartnomasiga asosan, xizmat vazifasiga ushbu shaxsning xizmat yuzasidan beradigan topshiriqlarini bajarishi tushuniladi.
5) ekspert, mutaxassis, tarjimonning o‘z kasbiga noloyiqligi ayon bo‘lib qolsa, xolislar esa ichki ishlar organi, davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud xodimi bo‘lsalar. O‘z kasbiga noloyiqligi deganda ekspert, mutaxassis, tarjimonning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya tomonidan qo‘yilayotgan savollarga fikr yoki xulosa berishga, taqdim etilayotgan matnni yoki tarjima qilinishi lozim bo‘lgan tilni to‘g‘ri va aniq tarjima qilishga qobiliyatsizligi tushuniladi.
6) materiallari ishning qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan taftish yoki o‘zga idoraviy tekshiruv o‘tkazgan shaxs ushbu ishda ekspert yoki mutaxassis sifatida ishtirok etishga haqli emas. Jinoyat belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi. Bunda materiallari ishning qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan taftish yoki o‘zga idoraviy tekshiruv o‘tkazgan shaxs tabiiyki o‘z tekshiruvining to‘g‘riligiga amin bo‘ladi hamda ayrim hollarda yo‘l qo‘ygan xatosini ko‘ra olmaydi yoki yopishga harakat qiladi. Shu bois ham qonun chiqaruvchi ushbu shaxslarning mazkur ish bo‘yicha ekspert yoki mutaxassis sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish