O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi



Download 1,8 Mb.
bet40/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

4.5. Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi





Rad qilish – qonunda ko‘zda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda jinoyat protsessi ishtirokchisini ish yuritishdan chetlashtirish bo‘lib, uning natijasida shaxs jinoyat ish yurituvida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi va o‘z protsessual maqomini yo‘qotadi.


Ko‘rsatilgan shaxslardan birini rad qilish uchun qonunda ko‘zda tutilgan umumiy asoslardan birining mavjudligi yetarli hisoblanadi.


Rad qilishni ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin: 1) o‘zini o‘zi rad etish; 2) jinoyat protsessi ishtirokchilari tomonidan rad qilish. Ayni damda ta’kidlash lozimki, jinoyat protsessining barcha ishtirokchilari ham rad qilish to‘g‘risidagi tashabbus bilan chiqa olmaydilar. Rad qilish to‘g‘risidagi masala bilan protsessning jinoyat ishi yakunlaridan manfaatdor bo‘lgan ishtirokchilari, ya’ni ayblov tarafi yoki himoya tomoni chiqishi mumkin. Jinoyat ishi bo‘yicha shaxsiy manfaati bo‘lmagan protsess ishtirokchilari – ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolis rad qilish tashabbusidan foydalanmaydi, bu yuridik jihatdan to‘g‘ri va mantiqiy hamdir. Jinoyat-protsessual kodeksida ham ushbu ishtirokchilarning huquqlariga bag‘ishlangan moddalarda ularni rad qilish bilan bog‘liq huquqlari ko‘zda tutilmagan.
Shuningdek, Oliy Sud Plenumining 2008-yil 15-maydagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 12-son qarori yettinchi bandining ikkinchi xatboshisiga ko‘ra, Jinoyat-protsessual kodeksi 76-, 516-moddalariga muvofiq, chaqirtirilgan yoki protest bilan kelib tushgan jinoyat ishi ushbu ishning ko‘rilishida muqaddam ishtirok etmagan sudya tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim1. Qonun mazmuniga ko‘ra bunday qoida iltimosnomani ko‘rib chiqishga nisbatan ham qo‘llanilishi kerak. Iltimosnoma yoki jinoyat ishi mazkur ishning ko‘rilishida muqaddam ishtirok etgan sudyaga tayinlangan hollarda, u Jinoyat-protsessual kodeksi 80-moddasiga muvofiq o‘zini o‘zi rad etishi shart.
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Ya’ni arzda Jinoyat-protsessual kodeksining 76–79-moddalarida ko‘zda tutilgan asoslarga havolalar bo‘lishi, ular o‘z navbatida ushbu vaziyatda nimalarda namoyon bo‘lishi ko‘rsatilishi hamda bu haqda tegishli dalillar (qarindoshligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, birga tushgan suratlar, qarz shartnomasi yoki mehnat shartnomasidan ko‘chirmalar v.h.) ilova qilinishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, rad qilish haqidagi arz turli xil mish-mishlarga, xohish-istaklarga yoki bo‘lmasa, ko‘rsatilgan shaxslarning shaxsiy fazilatlari yoki tabiatiga bog‘liq holda berilishi mumkin emas.
Sudyani rad qilish tartibi jinoyat ishi hay’atda yoki yakka tartibda ko‘rib chiqilayotganligiga qarab farqlanadi. Ya’ni jinoyat ishi hay’atda ko‘rib chiqilayotganida, sudyani rad qilish masalasi qolgan sudyalar tomonidan rad qilingan shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi hamda ovozlar teng bo‘linganda sudya rad qilingan hisoblansa, ishni yakka o‘zi ko‘rayotgan sudyani rad qilish masalasini uning o‘zi hal qiladi. Ayni damda ko‘pchilik sudyalarni yoki sudning butkul tarkibini yoxud sud majlisining kotibini rad qilish haqidagi masala to‘la tarkibdagi sud tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal etilishi belgilangan. Sud amaliyotida sudyani rad etish tartibining aniq belgilanganligi ishni xolis va beg‘araz sudya tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Sudga qadar bo‘lgan bosqichda, shu jumladan, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va ishni tergov qilish chog‘ida esa, prokurorni rad qilish masalasi yuqori turuvchi prokuror, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchini rad qilish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror tomonidan, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, himoyachini, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakillarini, shuningdek xolisni rad qilish masalasi tergovga qadar tekshiruv vaqtida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, ishni tergov qilish chog‘ida surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan hal etiladi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish