O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi prinsipi



Download 1,8 Mb.
bet27/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

2.17. Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi prinsipi


Jinoyat-protsessual qonuniga asosan surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakati yoki qarori ustidan protsessning istalgan paytida shikoyat berishga jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishning ishtirokchilari, shuningdek amalga oshirilayotgan protsessual harakat yoki qaror ularning manfaatlariga daxldor qismida boshqa shaxslar ham haqlidir. Ya’ni, jinoyat protsessida shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlarining ro‘yxatiga nafaqat jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishning ishtirokchilari, balki boshqa shaxslar ham kiradi. Shu bilan birga, agarda dastlabki tergov va ishni sudda ko‘rish jarayonida shaxsning huquqlari cheklab qo‘yilgan bo‘lsa, mazkur shaxsning shikoyat qilish huquqining ta’minlanishiga qonun o‘zining alohida e’tiborini qaratadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mansabdor shaxslari jinoyat protsessi ishtirokchilarining shikoyat qilish huquqini tushuntirishga va uni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlashga majburdirlar.




Mavzu bo‘yicha xulosalar


Mazkur mavzuni o‘rganishda oʻquvchilar jinoyat protsessi prinsiplarining jinoyat ishlarini yurituvini amalga oshirishdagi rolini aniqlashlari lozim. Shuningdek, jinoyat protsessi normalarini bilan prinsiplari o‘zaro bogʻliqligini talqin qilishni oʻrganishlari lozim.


Muammoli savollar va kazuslar


1. Jinoyat protsessi prinsiplarini ahamiyati jihatidan darajalarga bo‘lish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, fikringizcha qaysi prinsiplar yuqori darajada, qaysilari keyingi o‘rinlarda turadi? Agar boʻlish mumkin boʻlmasa, nima uchun? Fikringizni asoslang.
2. Jinoyat protsessi prinsiplarining boshqa huquq sohalari, jumladan konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, fuqarolik protsessual huquqi kabilarning prinsiplari bilan o‘zaro bog‘liq va farqli jihatlarini yoriting.


Kazus
Jinoyat ishi boʻyicha gumon qilinuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan Аkramov o‘ziga himoyachi sifatida advokat Borisovani taklif qildi. Lekin advokat Borisova rus tilida ish yurituvchi shaxs bo‘lib, o‘zbek tilida ish yuritolmaydi. Jinoyat ishi esa, o‘zbek tilida yuritilayotgan bo‘lib, gumon qilinuvchi Аkramov ham rus tilini yaxshi darajada bilmaydi. Tergovchi gumon qilinuvchi Аkramovning rus tilini bilmasligini va jinoyat ishining ham o‘zbek tilida yuritilayotganligini inobatga olib, Аkramovga advokat Borisovadan voz kechib, o‘zbek tilida ish yuritadigan boshqa advokatning xizmatidan foydalanishni taklif qildi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish