O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Masalani jinoyat protsessi prinsiplaridan kelib chiqqan holda tahlil qilib, tergovchining harakatlariga baho bering



Download 1,8 Mb.
bet28/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Masalani jinoyat protsessi prinsiplaridan kelib chiqqan holda tahlil qilib, tergovchining harakatlariga baho bering.

III BOB. JINOYAT PROTSESSINING ISHTIROKCHILARI


(Muallif – yuridik fanlar nomzodi, dotsent D.B.Bazarova)


Annotatsiya: Oquvchilar tomonidan mazkur mavzu o‘rganilishi jinoyat protsessi ishtirokchilari tushunchasi va ularning tasnifi; ishtirokchilarning huquqiy maqomi, ya’ni ularning protsessual huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot olishga imkon beradi.

3.1. Jinoyat protsessi ishtirokchilari tushunchasi va ularning tasniflanishi





Jinoyat protsessi ishtirokchilari deb, jinoyat sudlov ishlarini yuritishda qonun bilan belgilangan tartibda muayyan bir funksiyani bajarishga yo‘naltirilgan va qonun bilan tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarga aytiladi.


Amaldagi jinoyat protsessual qonunchilikka ko‘ra jinoyat sudlov ishlarini yuritish ishtirokchilari quyidagicha tasniflanadi.


1. Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar: a) sud (28-modda); b) prokuror (33-modda); v) tergovchi (35-modda); g) tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhi boshlig‘i va uning o‘rinbosari (37-modda); d) surishtiruv organlari (38-modda); e) tergovga qadar tekshiruv organlari (391-modda).
2. Jinoyat protsessida o‘z moddiy, ma’naviy va shaxsiy manfaatlarini himoya qiladigan ishtirokchilar: a) ayblanuvchi (45-modda); b) gumon qilinuvchi (46-modda); v) jabrlanuvchi (54-modda); g) fuqaroviy da’vogar (56-modda); d) fuqaroviy javobgar (58-modda).
3. O‘zgalar manfaatini himoya qiladigan ishtirokchilar: a) himoyachi (49-modda); b) guvoh advokati (661-modda); v) qonuniy vakil (60-modda); g) vakillar (62-modda).
4. Jamoatchilik nomidan ishtirok etuvchi: a) jamoat birlashmalari, jamoalar va ularning vakillari (40-,41-moddalar); b) jamoat ayblovchilari (43-modda); v) jamoat himoyachilari (44-modda).
5. Jinoyat sudlov ishlarini samaradorligini oshirishga yordam beruvchi ishtirokchilar: a) guvoh (65-modda); b) ekspert (67-modda); v) tarjimon (71-modda); g) xolis (73-modda); d) mutaxassis (69-modda); e) sud kotibi (32-modda).




Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish