O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Hukm, ajrim, qarorlarni ijro ettirish bosqichi tushunchasi va ahamiyati



Download 1,8 Mb.
bet151/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

29.1. Hukm, ajrim, qarorlarni ijro ettirish bosqichi
tushunchasi va ahamiyati


Sud hukmini ijro etish bosqichi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlanadi va oʻz ichiga odil sudlov hujjatlarini realizatsiya qilishni ta’minlash boʻyicha protsessual harakatlar va sud qarorlarini qamrab oladi. Hukm, ajrim, qarorlarning qonuniy kuchga kirishi ularni ijro ettirish uchun zarur boʻlgan holatdir.



Hukmni ijro etish – jinoyat protsessining yakunlovchi (oxirgi) bosqichi boʻib, jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga tayinlangan jazoning ijro etilishini, mahkumlarning axloqini tuzatish, ularning konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek retsidiv jinoyatchilikning oldini olish jarayonlarini protsessual va jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari talablariga qat’iy holda ta’minlashdan iborat.


29.2. Hukm, ajrim, qarorlarni ijro etishda yuzaga keladigan masalalarni hal qilish va uning tartibi


Hukm, ajrim va qarorni ijro ettirish ularni qabul qilgan sud zimmasiga yuklatiladi. Bunda hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi farmoyish sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hukmning nusxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrilganida hukm oʻzgartirilgan boʻlsa, hukm nusxasiga apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi yoxud qarori nusxasi ilova qilinadi.


Hukmni ijro etuvchi organlar uning ijro etilganligi haqida hukmni chiqargan sudga darhol xabar beradi. Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum jazoni qayerda oʻtayotgani haqida hukmni chiqargan sudga xabar berishi shart.
Sud qarorini oʻz vaqtida yoki toʻla bajarmaslik qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka sabab boʻladi. Jumladan, JKning 232-moddasida sud hujjatini ijro etmaslik uchun javobgarlik belgilangan boʻlib, bunda muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashni ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish