O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash



Download 1,8 Mb.
bet149/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash. Jinoyat ishi boʻyicha sud qarorlarini yangi ochilgan holatlar munosabati bilan bekor qilish instituti jabrlanuvchi, guvoh, ekspert va tarjimonning jinoiy harakatlari, jinoyat ishini tergov qilish va sudda koʻrishda qatnashgan mansabdor shaxslarning jinoiy suiiste’molchiliklari oqibatida chiqarilgan noqonuniy sud qarorlarini tuzatish maqsadlariga xizmat qiladi. Mazkur institut mahkumning aybsizligi yoki ayb doirasini oʻzgartiradigan holatlar aniqlanganda ham qoʻllaniladi.
Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Yangi ochilgan holatlarning prokuror yoki sud tomonidan aniqlanishi.
2. Prokuror tomonidan yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish.
3. Prokurorning yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi protestining vakolatli sud tomonidan koʻrib chiqilishi.
Yangi ochilgan holatlar deyilganda hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar mavjud boʻlgan, lekin sudga ma’lum boʻlmagan ishni mazmunan toʻgʻri hal qilishga ta’sir qiluvchi holatlar tushuniladi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 522-moddasiga koʻra yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlashga quyidagilar asos boʻladi:
1) jabrlanuvchi yoki guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuv yoxud ekspertning bila turib yolgʻon xulosa bergani, shuningdek ashyoviy dalillar, tergov hamda sud harakatlari bayonnomalari va boshqa hujjatlar soxta ekanligi yoki bila turib yolgʻon tarjima qilingani qonunga xilof va asossiz hukm yoki ajrim (qaror) chiqarilishiga sabab boʻlganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
2) ish boʻyicha tergov oʻtkazgan surishtiruvchi yoki tergovchi yoxud tergovning borishi ustidan nazorat qilgan prokuror tomonidan qonunga xilof va asossiz hukm yoki ajrim (qaror) chiqarishga olib kelgan jinoiy suiiste’mollarga yoʻl qoʻyilgani sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
3) mazkur ishni koʻrish chogʻida sudyalarning jinoiy suiiste’mollarga yoʻl qoʻygani sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
4) hukm yoxud ajrim (qaror) chiqarish chogʻida sudga ma’lum boʻlmagan, oʻz holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birgalikda mahkumning aybsizligidan yoxud u hukm etilganiga nisbatan ogʻirlik darajasi boʻyicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoxud oqlangan yoki ishi tugatilgan shaxsning aybdorligidan dalolat beradigan boshqa holatlar.
Yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ayblov hukmini mahkumning manfaatini koʻzlab qayta koʻrib chiqish hech qanday muddatlar bilan chegaralanmaydi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish