O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Kassatsiya tartibida ish yuritishning asosiy xususiyatlari



Download 1,8 Mb.
bet146/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Kassatsiya tartibida ish yuritishning asosiy xususiyatlari. Kassatsiya tartibida shikoyat berish vakolati huquq va manfaatlarining himoya qilinishi hukmda qabul qilingan qarorlar bilan bogʻliq boʻlgan barcha subyektlarga (JPKning 498-moddasiga asosan: mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili va boshqalar) berilgan. Kassatsiya tartibida shikoyat berish erkinligi shikoyat berishning soddaligida, shikoyat berish protsedurasining ochiqligida ham namoyon boʻladi.
Hukmlar ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi. Qonuniy kuchga kirgan sud hukmlari ustidan yuqori sudga kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin. Chunonchi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan shu sudlarning sudlov hay’atlariga; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan shu sudning sudlov hay’atiga; okrug va hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan esa shu sudning sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin (JPKning 499-moddasi).
Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrib chiqish tartibi. JPKning 505-moddasiga binoan birinchi instansiya sudining raisi kassatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ish kassatsiya instansiyasi sudida koʻriladigan kun va joyini belgilaydi, bu haqida kassatsiya shikoyati bergan shaxslar xabardor qilinadi.
Tegishli sud hay’atlarida kassatsiya tartibida ishlarni koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining hukmlariga kassatsiya shikoyati (protesti) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining tegishli sudlov hay’atlarida besh nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi.
Ishni kassatsiya instansiyasining sud majlisida koʻrishda hukm ustidan shikoyat berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Ish koʻriladigan joy va vaqt haqida oʻz vaqtida ogohlantirilgan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganliklari ishni koʻrishga monelik qilmaydi. Jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumning kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi, shuningdek uni sud majlisiga olib kelish zarurligi masalasini sud hal qiladi.
Ikkinchi instansiya sud majlisida hukmning qonuniyligi va asosliligi haqida oʻz fikrini bayon qiladigan prokurorning ishtiroki shart. Ayni paytda qonunga koʻra kassatsiya instansiyasi sudida prokurorning ishtiroki shart boʻlib, JPKning 51-moddasi birinchi qismining 9-bandiga asosan himoyachining ishtiroki ham ta’minlanishi shart. Shu sababli prokuror yoki himoyachi kelmagan hollarda ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi kerak.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish