O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Jinoyat protsessida apellyatsiya tartibida ish yuritish



Download 1,8 Mb.
bet144/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

28.2. Jinoyat protsessida apellyatsiya tartibida ish yuritish


Apellyatsiya tartibida ish yuritishning tushunchasi va ahamiyati. JPKning 482-moddasiga binoan sud jinoyat ishini apellyatsiya tartibida koʻrishda hukm, ajrim va qarorning qonuniyligini, asosliligini va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan hamda protsess ishtirokchilari qoʻshimcha taqdim etgan yoxud sudning oʻzi talab qilib olgan materiallar asosida tekshiradi. Bu esa apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida oʻrganib chiqilgan dalillar hamda apellyatsiya shikoyatlari va protestlarini koʻrib chiqish chogʻida olingan qoʻshimcha materiallar asosida oʻz qarorini chiqarishni anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, ikkinchi instansiya sudi oʻz tashabbusi yoki apellyatsiya tartibida ish yuritish ishtirokchilari tashabbusi bilan va taraflar taqdim etgan qoʻshimcha materiallar koʻrinishida yangi dalillarni jalb qiladi.
Apellyatsiya tartibida ish yuritish bosqichida dalillarni aniqlash, toʻplash, tekshirish va baholash bitta asosiy vazifaga boʻysunadi – hukmning qonuniyligi, asosli va adolatliligini tekshirish. Aynan shu apellyatsiya tartibida ish yuritishning tekshiruv tabiatidan guvohlik beradi.
Apellyatsiya tartibida ish yuritishning vazifasi hukmlar, ajrimlar va qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini va shu orqali tergov organlari, prokuratura va birinchi instansiya sudi tomonidan olib borilgan butun protsessual faoliyatni tekshirish hisoblanadi.
Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari. Apellyatsiya shikoyati yoki protestining berilishi protsess ishtirokchilarining sudda ish materiallari, kelib tushgan shikoyat va protestlar bilan tanishish huquqini vujudga keltiradi.
Mazkur huquqni ta’minlash maqsadida Jinoyat-protsessual kodeksida hukm ustidan shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi (kimligidan qat’iy nazar) mumkin emasligi belgilangan (JPKning 4974-moddasi).
Shikoyatni koʻrmasdan qoldirish masalasi hukmni chiqargan sud tomonidan hal etiladi, chunki umumiy qoida boʻyicha shikoyat aynan ushbu sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protestni koʻrmasdan qoldirish masalasi oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash masalasini hal etish tartibi kabi hal etiladi. Oʻz navbatida, shikoyat yoki protestni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat berish mumkin.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish