O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Nazorat tartibida protest bildirishga q



Download 1,8 Mb.
bet148/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Nazorat tartibida protest bildirishga quyidagilar haqli:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori – barcha instansiya sudlarining hukmlari va ajrim (qaror)lari ustidan;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosarlari – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosati qarorlaridan tashqari, barcha instansiya sudlarining hukm va ajrim (qaror)lari ustidan.
Koʻrsatilgan shaxslar tekshirish va nazorat tartibida protest bildirish haqidagi masalani hal etish uchun har qanday jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqlidir.
Shikoyatni oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida;
2) shikoyatni ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish toʻgʻrisida.
Sud hukm, ajrim (qaror)larini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 513-moddasiga koʻra protestda ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar nazarda tutilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoki ajrimi (qarori)ni, shuningdek sudning oqlov hukmini yoxud ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim (qarori)ni nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga ular qonuniy kuchga kirgandan keyin bir yil mobaynidagina yoʻl qoʻyiladi.
Sudlanganning ahvolini har qanday tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi nazorat tartibida protest keltirish biron bir muddat bilan chegaralanmagan. Shuni ham nazarda tutish kerakki, hukm, ajrim (qaror)lardagi aniq koʻrinib turgan arifmetik va imlo xatolarini tuzatish sudlanganning ahvolini ogʻirlashtiruvchi holat deb qaralmasligi kerak.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish