O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Taftish tayinlash, o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibi



Download 1,8 Mb.
bet63/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

7.15. Taftish tayinlash, o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibi


Taftish yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirilayotgan subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan olish mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi.
Taftish – maxsus iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning topshirig‘I (qarori) asosida, jinoyat ishi yuzasidan isbotlash predmetiga kiruvchi holatlarni aniqlash maqsadida, hujjatli va faktik nazorat usullarini qo‘llagan holda, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishdir.
Tadbirkorlik subyektining faoliyatini taftish qilish faqat uning qonun hujjatlarini buzganligi faktlari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshirilishi, bunda taftishga tadbirkorlik subyektining faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyati qamrab olinishi mumkin.
Taftish tayinlash to‘g‘risidagi qarorda yoki ajrimda ko‘rsatilgan masalalarni o‘rganish soliq, valyutaga oid, buxgalteriya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilingan, shuningdek taftishni amalga oshirish uchun uning mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish rad qilingan taqdirda, taftish o‘tkazuvchi shaxsning o‘zi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi.


7.16. Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish


(muallif – D.I.Kenjaboyev)

Tirik odamdan o‘zida uning xususiyatlarini aks ettiruvchi quyidagi namunalar olinishi mumkin:


– biologik − qon, soch, so‘lak, inson organizmidan ajralib chiqadigan moddalar;
– psixofizik − dastxat;
– anatomik − teri naqshining chiziqlari, tish qoliplari;
– ovozning xususiyatlari, kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar.
Murdani ko‘zdan kechirishda ham tekshiruv o‘tkazish uchun kerakli moddiy namunalar olinishi mumkin.
Namuna tariqasida xomashyo, mahsulot va boshqa materiallardan moddaning turga oid yoki o‘ziga xos fizik yoxud kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin.
Tekshiruv o‘tkazish jarayonida ekspert gilza, o‘q, buzish asboblari va boshqa obyektlarining tajriba namunalarini tayyorlashga va ularning eksperimental izlariga qarab, o‘xshashlik yoki farqlanish masalasini hal etishga haqlidir.
Jinoyat-protsessual qonunchiligiga asosan ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar quyidagi shaxslardan olinishi mumkin:
– gumon qilinuvchi;
– ayblanuvchi;
– sudlanuvchi;
– jabrlanuvchi;
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ustidan ish yuritilayotgan shaxs.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish