O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish, ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish



Download 1,8 Mb.
bet60/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

7.12. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish, ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish



Pochta-telegraf joʻnatmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlab qo‘yishgumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa shaxslarga yuborgan yoxud boshqa shaxslar gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarida sodir etilgan jinoyatga doir ma’lumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjat va buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar bo‘lganda o‘tkaziladigan tergov harakati.

Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.


Prokuror pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi masala JPKning tegishli bobida belgilangan tartibda, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash esa JPKning 423-, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal etiladi.


7.13. Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib
boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish





Telefon so‘zlashuvlari – abonentlar o‘rtasida, shuningdek shaharlararo va radiorele, yuqori to‘lqinli va kosmik aloqa orqali olib boriladigan so‘zlashuvlardir.

Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish uchun tintuv natijalari, guvohning, jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari, ko‘zdan kechirilgan pochta-telegraf jo‘natmalari, SMS xabarlari, videoyozuvlari yozma ma’lumotlar asos bo‘la oladi. Faqat magnit tasmaga yozilgan telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari yordamida olib boriladigan so‘zlashuvlar doimiy ahamiyatga ega. Demak, bir tomonlama eshitiladigan (diktofon, ratsiya va shunga o‘xshash) vositalar orqali olingan ma’lumotlar Jinoyat-protsessual kodeksining 21-bobida nazarda tutilgan telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitish tergov harakatini o‘tkazish yo‘li bilan olingan deb hisoblanmaydi. Zero, mazkur vositalardan ko‘pincha tezkor-qidiruv tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida foydalaniladi va ular bir tomonlama eshitish yoki so‘zlashish uchun mo‘ljallangan.


Biroq, misol uchun, qo‘l telefonlari ashyo sifatida tergovchiga taqdim etilsa, u holda narsa va hujjatlarni taqdim qilish to‘g‘risida tuzilgan bayonnomada ko‘zdan kechirish natijalari qatorida, ular ko‘magida amalga oshirilgan audioyozuv ham qayd etiladi. Audioyozuvdagi tovushning aynanligini aniqlash maqsadida fonoskopik, shuninigdek audiomontaj qilinmaganligini istisno etish uchun kriminalistik ekspertizalar tayinlanishi ashyo sifatida qabul qilingan qo‘l telefondagi audioyozuvni dalilga aylantiradi.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish