O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish



Download 1,8 Mb.
bet156/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

30.3. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish


Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ham huquqiy, ham tibbiy xususiyatga va mazmunga ega boʻlgan murakkab jinoyat-huquqiy choralar hisoblanishi e’tirof etiladi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini huquqiy choralar deb hisoblanishining boisi shundaki, ularni qoʻllash asoslari, maqsadi, turlari, qoʻllash va tugatish tartibi jinoyat qonuni bilan belgilangan; ularni tayinlash tartibi jinoyat-protsessual qonuni bilan tartibga solingan; ijtimoiy xavfli qilmish, shuningdek, jinoyat sodir etgan aniq shaxslarga nisbatan majburlov choralari sud tomonidan tayinlanadi; ushbu majburlov choralarini uzaytirish, oʻzgartirish va bekor qilish boʻyicha qaror ham sud tomonidan koʻrib chiqiladi; majburlov choralarini qoʻllashning qonuniyligi ustidan nazoratni prokuratura amalga oshiradi; majburlov choralari tayinlangan shaxslarning huquqiy maqomi qonunchilik bilan belgilanadi.





Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari – bu jinoyat qonuni bilan ko‘zda tutilgan, sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi asosida sud hukmi yoki ajrimiga muvofiq ijtimoiy xavfli qilmish yoki jinoyat sodir etgan ruhiy kasallikka chalingan shaxsga nisbatan tayinlanadigan va manfaatdor shaxs irodasidan qat’iy nazar amalga oshiriladigan tibbiy davolash.

Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash asoslari va tartibi jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan, 2000-yil 31-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda sogʻliqni saqlash organlarining idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi.


Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning alohida tartibi belgilanishida muhim mezon bu jinoyat sodir etgan shaxsning ruhiy holatidir. Chunki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash uchun: ijtimoiy xavfli qilmishning aqli norasolik holatida sodir etilishi; ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli raso boʻlgan, lekin sud hukmi chiqarilgunga qadar oʻz qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki oʻz harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinishi; jinoyat sodir etganligi uchun jazoga mahkum qilingan, lekin jazoni oʻtash vaqtida ruhiy kasallikka chalinib oʻz qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki oʻz harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum boʻlishi; alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yoʻliqqan shaxslarning jinoyat sodir etishi asos boʻlib xizmat qiladi. Shunday ekan jinoyatchining ruhiy holati tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni alohida toifadagi jinoyat ishlari sifatida ajratishda asos boʻlib xizmat qiladi. Bu avvalambor, jinoyat protsessida mazkur shaxslarning huquqlarini qoʻshimcha tarzda himoya qilish, ushbu shaxslarning ruhiy holatini hisobga olib, protsessual harakatlarni amalga oshirishning oʻziga xos tartibini oʻrnatish zaruriyati bilan izohlanadi.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish