Olimpia o‘yinlari: O‘zbekiston sportchilari sobiq Ittifoq terma jamoalarida ilk bor Xelsinkida (Finlandiya) qatnashdi. Bunda gimnastikachi ayol G.Shamray (gimnastika) mukofotli o‘rindan joy oldi. Mustaqillikgacha bo‘lgan davrlarda. Sportchilarimiz sobiq Ittifoq vakillari sifatida barcha olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib keldi. Ular orasida S.Diamidov, E.Saadi (gimnastika), V.Ballod (engil atletika), R.Risqiev (boks),S.Ro‘ziev (qilichbozlpk), R.Salimova (Propepko, basketbcl) va juda ko‘p sportchilar o‘z mahoratlari bilan jahon sport tarixidan munosib o‘rin egalladilar.
Ayniqsa mustaqillik yillari davrida sportchilarimiz olimpiya o‘yinlari (XXV-Atlanta, , XXVII-Sidney,) mustaqil jamoa sifatida ishtirok etib, ilk talabalarga erishdilar. A.Bagdasarov (dzyu-do), K.To‘laganov (boks) 16 olimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medallariga, M.Abdullaev (boks) 17 olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
Spartakiadalar: 1956 yilda sobiq Ittifoq sportakiadalari bo‘lib o‘tdi. Uni har 3 yilda bir marotaba o‘tkazish an’anaga aylandi. Eng so‘nggi 10 spartakiada 2012-yozda o‘tkazildi. O‘zbekiston sportchilari bu spartakiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib keldi. Natijada minglab sport ustalari, chempionlar yuzaga keldi. Respublikada kadrlar tayyorlash, sport inshoatlarini qurish va sportni ommalashtirishda katta yutuqlarga erishildi.
Qoidalar, farmonlar, qarorlar, qonunlar:
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonuni 2015-yil 4-sentyabrda yangi taxrirda qaytadan qabul qilindi. Bu asosan jismoniy tarbiya va sport tizimini mustahkamlash, sport tashkilotlarining huquq va vazifalarini kengaytirish hamda davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining bu sohadagi burchlari, mas’uliyatlar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni 23-sentyabr 2020-yil yangi tahrirda qayta qabul qilindi. Uning mazmunida o‘quvchi yoshlarni jismoniy rivojlantirish, oila va mahallada ijtimoiy tarbiyaga e’tiborni kuchaytirish masalalarini ham bayon etildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonuni yangi taxriri 18-iyul 2019-yil qabul qilindi.
Bu qonunda aholining salomatligini yaxshilashda sayohatlardan foydalanish, o‘quvchi yoshlarning tarixiy joylarni o‘rganish bilan bilimlarini mustahkamlash hamda xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalarni yanada kengaytirish yo‘llari belgilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |