Mundarija.
I-BOB. Maktab o’quvchilarida jismoniy madaniyat va sportdagi atamalardan foydalanish. (Milliy sport turlari misolida)
1.1. O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati.
1.2.Oliy o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport.
II-BOB. Sayohatlar va xalq milliy o‘yinlari bilan bog‘liq atamalardan foydalanish.
2.1Xalq milliy o‘yinlarida ishlatiladigan iboralar haqida.
2.2. Ommaviy sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya.
2.3. Sport federatsiyalari va sport musobaqalari bilan bog‘liq atamalar
III-BOB.
3.1. Tajriba sinov.
3.2. Maktab o’quvchilarida jismoniy tarbiya va sport atamalarning
tahlili.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Mundarija.
Mavzuning dolzarbligi.
«Sog`lom avlod» dasturini bajarishni ta'minlash xalqimizning 6 yoshidan 70 yosh va undan kеksa yoshli insonlarni jismonan baquvvat, tеtik, barkamol salomatlikni doimiy ravishda, talab darajasini saqlashini ko`zlab 2019 yil fеvral oyida «Alpomish» va «Barchinoy» tеst-sinov mе'yorlari loyiha sifatida joriy etildi. Bu o`z yo`lida jismoniy tarbiya va sport soxasidagi mutaxassislarni hayotda, o`quv muassasalarida o`rganib chiqilib, taxlil qilinib tеgishli hammabop fikr-mulohazalar bеrilishini taqazo qildi.
Millatimiz yoshlarining ruhan tеtik, jismonan baquvvat kamol topishda jismoniy tarbiya va sportning juda muhim o`rni bor. Shu bois Rеspublikamizda Shavkat Mirziyoyevning sa'y-harakatlari bilan juda olis rеjalarni ko`zda tutgan xolda 3 bosqichli maktab o`quvchilari o`rtasida “Umid nihollari”, maktab, litsеy va kollеj o`quvchilari o`rtasida “Barkamol avlod”, kollеjlarda talabalari o`rtasida “Univеrsiada” kabi komplеks musobaqalar olimpiya sport turlarining bir nеcha turlari bo`yicha o`tkazib kеlinmoqda. Mana bir nеcha yildirki, davlatimiz yoshlari orasida olimpiada musobaqalarida Osiyo, Jahon birinchiliklarida qatnashib kеlayotgan tеrma jamoa a'zolari aynan yuqorida ko`rsatilgan musobaqa g`oliblaridir.
O’zbekiston respublikasi Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish chora tadbirlari tog’risida 2015-yilda 6-avgustda senat tomondan yangi tahriri qabul qilingan. Shavkat Mirziyoyev oliy sportda erishilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, ommaviy sportga ham katta e’tibor berishimiz kerak degan so’zlar bilan 2021-yil 20-sentyabrda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishni takidlab o’tgan.
2017-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlarida Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda ularni jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai-nazariga ega, vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, o’quvchila, yoshlar va axoli o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish belgilab qo‘yilgan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va sport mashg‘ulotlari turli xil atamalar, nomlar, iboralar, ularni qo‘llash usullarisiz nazariy bilimlarga ega bo‘lish qiyin. Shu sababdan har bir atamalar va nomlarning lug‘aviy ma’nolarini chuqur bilish muhim ahamiyatga egadir.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qo‘llaniladigan ba’zi bir muhim atamalar turli xil ensklopediyalarda o‘z ifodalariga egadir. Ayniqsa «O‘zbekcha-ruscha jismoniy tarbiya va sportga oid atamalar lug‘ati» «Atamurodov Sh».
Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarning ilmiy to‘plamlarida 2015 jismoniy tarbiya. sport, sayohat va xalq milliy o‘yinlari bo‘yicha atamalar lug‘ati keng yoritib berilganligi e’tiborga molikdir.
Jismoniy tarbiya va sportga doir juda ko‘p iboralar, atamalarga ma’no jihatdan izohlar berilganligi mutaxassislar, talabalar hamda sport ishqibozlarining mehnat faoliyatlarida muhim o‘rin egallamoqda. Lekin bu jarayonlarda ba’zi bir qiyinchiliklarga duch kelinmoqda, ya’ni:
Turli xil texnik vositalar, ayniqsa kompyuterlarning kundalik mehnat va qish jarayonlariga chuqur singib borishi mutaxassislar, o‘quvchi-yoshlar hamda talabalarning kitoblarni (lug‘atlarni ham) diqqat bilan o‘qishlariga, qalin kitoblarni varaqlab chiqishlariga imkoniyat hamda qiziqishlarni susaytirmoqda.
Tibbiyot, avtomoto, texnika, qishki suv sporti (kemalar, naruslar va h.k.) kabi sohalardagi juda ko‘p atamalar o‘rinsiz ravishda qolmoqda (O‘zbekistonda kam uchraydi) lug‘atda berilib, ular keng izohlangan. Natijada lug‘atning (kitob) hajmini kengaytirib yuborilgan.
Umumta’lim maktablarning bitiruvchi sinflarida jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar o‘tkazilmoqda. Ularda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha nazariy bilimlarni tekshirish uchun sport turlarining tarixi, O‘zbekistonlik mashhur sportchilar, murabbiylar, xalqaro sport musobaqalarning o‘tkazilish jarayonlari, vaqtlar hamda shunga o‘xshash juda ko‘p ma’lumotlar, dalillar talab etiladi. Bunday jihatlar mazkur lug‘atlarda o‘z ifodasiga ega emas.
Maktab o‘quvchilarining «Quvnoq startlar» televizion o‘yinlari, «Umid nihollari» sport o‘yinlariga tayyorlanish jarayonlarida jismonny tarbiya va sport bo‘yicha ancha nazariy ma’lumotlarni bilish, o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek bunday talablar «Barkamol avlod», «Universiada», « Alpomish o‘yinlari», Respublika festivallari, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari bo‘yicha tayyorgarlik musobaqalarida ham hayotiy ehtiyojga aylanmoqda lekin bu talablarning ham aksariyat ko‘pchiligi lug‘atlarda uchramaydi. Buning ustiga sport turlari bo‘yicha maktab o‘quvchilari, kolejlar, litseylarning o‘quvchi yoshlari. Ana shularni inobatga olgan xolda ushbu sharxlovchi qo‘llanmani ishlab chiqish va tayyorlashga jazm qildik. Bu qo‘llanmada barchani qiziqtiruvchi va eng zarur bo‘lgan atamalar voqeliklarning qisqacha sharhlargagina to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, har bir soha (tibbiyot, adabiyot, texnika va h.k.) bo‘yicha lug‘atlar, ensiklopediyalar nashrdan chiqarilmoqda. Sport turlari bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari ham ko‘paymoqda. O‘quvchi yoshlar ularga ham murojaat qilishlariga ishonch va umid bildiramiz.
Taqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib boriladigan jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llaniladigan atamalarni o‘rganish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishning asosiy maqsaddir.
Taqiqotning vazifalari:
mavzuga mos adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;
ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish;
jismoniy madaniyat atamalardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |