O’zbekiston republikasi xalq ta’limi vazirligi


Hayvonlar intellektual xatti–harakatlari



Download 2,72 Mb.
bet19/82
Sana24.04.2022
Hajmi2,72 Mb.
#579393
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Bog'liq
1-100 ma\'ruza

Hayvonlar intellektual xatti–harakatlari.
Ayrim narsalar o`rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual xatti-harakatlar negizini tashkil etadi. (qarg`a ko’z o`ngida go`shtni ipga bog`lab naycha ichidan o`tkazishi, ikkinchi naychaga o`tib ketishini kuzatib turgandan keyin qarg`a go`shtning qayerda paydo bo`lishini ko`tib turadi).
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar, narsalar o`rtasidagi munosabatlarni payqash qobiliyatiga va mazkur vaziyatning natijasini oldindan bilish, ya’ni o`sha narsa agar u harakat qilayotgan bo`lsa, qayerda paydo bo`lishini hisobga olish qobiliyatiga egadir. Bunday xatti harakatni endi aqliy (intellektual) xatti–harakat deb ayta olamiz.
Maymunlar intellekti (aqli) ular bajaradigan vazifalarning faqat murakkabligi bilan emas balki ular faoliyatining yo`naltirilganligi bilan ham belgilanadi. (Ulardagi ko’zatuvchanlik). Maymun ovqat izlayotib, mevalarning iste’mol qilingan mumkin bo`lganlarini iste’mol qilib bo`lmaydiganlari va zaxarlilaridan bexato ajratadi. Lekin ko`p hollarda instinktiv harakat ustunlik qiladi. Maymunning individual tajribasi ham shunga asoslanadi. Intellektual xatti–harakatlar hayvonlarning ko`pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib ketadi. Rafael isimli shimpanze meva solingan qutiga o`tish uchun yonib turgan spirt lampasini dastlab tasodifan suvli bochkadan suv olib o`chirdi, keyin qutini boshqa joyga olib quyilganda atrofda suv bo`lishiga qaramay baribir avvalgi bochkadan suv olib o`chirdi.
Maymunlarning intellektual harakatlari taxminiy harakatlar jarayonida konkret amaliy tafakkur shaklida yuz beradi. Yuksak tarakkiy etgan maymunlardagi xatti–harakatlarning o`ziga xos xususiyati ularning taklidchanligidadir Hayvon bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka duch kelgandan keyingina masalani hal qilinganning yuksakroq darajadagi usuliga, ya’ni intellekt (aql–idrok) bilan ish ko`rish usuliga murojaat qiladi. Hayvonlar muloqoti va «tili». Asalari shiraga boy gulni topib kelayotib «raqsga tushadi» va boshqalarni xabardor qiladi. Yuksak taraqqiy qilgan hayvonlar Sayroqi qushlarda, delfinlarda, maymunlarda murakkab tovush signali borligi ma’lum. Hayvonlarning «tili»da faqat bitta narsa yetishmaydi–hayvonlarning «tili» odamlarning tilidan farqli o`laroq, tajribani ifoda etish vositasi bo`lib xizmat qila olmaydi.
Psixikaning muhitga va a’zolarning tuzilishiga bog`liqhligi.
Agar jonli mavjudodlarning hayot kechirish muhiti hamma joyda bir xil bo`lganida, ehtimol, yer yuzi bir xil turdagi hayvonlar bilan to`lib ketgan bo`lardi. Barcha jonzot mavjud shart–sharoitlarga moslasha boradi. Aks ettirish usullari qanchalik yuksalgan sari hayvonlarning mazkur turi muhitning bevosita ta’siridan shunchalik ozod bo`la boradi.
Bu o`rinda instinktlar harakat qiladi. Fil o`ziga suv sepa boshlaydi, Maymun ham issiqdan yaxshi saqlanishi uchun imkon beradigan joyni tanlashga urinadi. Bunda instinktlardan tashqari individual hayot kechirish jarayonida orttirilgan tajriba – shartli bog`lanishlar ham qo`l keladi. Muhit–jonli organizmning hayot kechirish shart-sharoiti, jonli mavjudotlar hayot kechirishining bosh omili, boshqacha aytganda, jonli organizmlarning hayot kechirishi muhitning shart sharoitlari bilan aniq belgilab qo`yilgandir.
Psixika va nerv tizimining evolyutsiyasi. Aks ettirishning bir-biriga o`xshashligi eng avvalo sezgi a’zolari va nerv tizimining tuzilishiga bog`liq.
Retseptorlarning rivojlanishi ma’lum darajada muayyan turdagi nerv tizimining rivojlanishi bilan birga boradi. Sezgi a’zolari va nerv tizimining rivojlanish darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirishning darajasi va shaklini belgilab beradi.
Rivojlanishning quyi bosqichida (masalan, kovakichaklilarda) nerv tizimi butun organizm bo`ylab tarqalgan va o`zaro chatishib ketgan to`rsimon nerv hujayralaridan tarkib topgan bo`ladi. Bu to`rsimon nerv tizimidir.
Rivojlanishning keyingi bosqichida nerv tizimi sifat jihatidan bir qator o`zgarishlarga uchraydi. Nerv hujayralari faqat to`rlar emas, balki tugunlar (gangliylar) ham hosil qiladi. Tugunli yoki gangliyli nerv tizimi eng ko`p miqdordagi qo’zgatuvchilar ta’sirini qabul qilingan va qayta ishlash imkonini beradi.Tugunli nerv tizimining murakkablashuvi yuksak taraqqiy etgan umurtqasiz hayvonlarda – hasharotlarda kuzatiladi.
Nerv tizimining oliy tipi – naychasimon nerv tizimidir. Umurtqalilarda evolyutsiya jarayonida orqa va bosh miya–markaziy nerv tizimi paydo bo`ladi va rivojlanadi. Hayvonlarda nerv tizimi rivojlanishi bilan bir paytda sezgi organlari rivojlana va takomillasha boradi. Nerv tizimi va retseptorlarning rivojlanishiga muvofiq ravishda psixik aks ettirish shakllari ham murakkablashadi. Yangidan–yangi psixik funksiyalar paydo bo`ladi, borlari takomillashadi. Nerv tizimi qanchalik murakkab bo`lsa psixika ham shunchalik mukammal bo`ladi.
Markaziy nerv tizimiga ega bo`lgan hayvonlar muhitning ta’sirini ancha o`xshash holda aks ettiradi. Bunda yuksak darajada uyushgan hayvonlar nerv faoliyatining asosiy fondini shartli reflekslar yig`indisi tashkil etadi.
Muhit allaqanday doimiy narsa emas. Har qanday materiya singari muhit evolyutsiyalashadi. Ushbu evolyutsiyalashuvchi muhitga unda yashaydigan hayvon turi moslashadi. Yashash sharoitining tubdan o`zgarganligi odamsimon maymunlarning xatti-harakatlari sifat jixatidan qayta o`zgarishiga sabab bo`ladiki, natijada yerda odamning paydo bo`lishiga olib keladi.



Mehnat faoliyati jarayonida ongning paydo bo`lishi va uning ijtimoiy–tarixiy mohiyati.

Mehnat faoliyati–ijtimoiy munosabatlar rivojlanishining shart–sharoiti va natijasidir. Shunday qilib mehnatning paydo bo`lishi va kishilik jamiyatining tuzilishi odamning odamsimon ajdodlarining odamga aylanishiga sabab bo`lib hisoblanadi.
Mehnatda kishining ongi – aks ettirishning evolyutsion yo`nalishidagi eng oliy shakli – ashyoviy faoliyatning ob’ektiv barqaror xususiyatlarini ajratib olish va shu asosda atrofdagi reallikni tubdan o`zgartira olish xususiyatiga ega bo`lgan shakli ham rivojlana boradi.
Mehnat kishilik jamiyati taraqqiyotiga, insoniy ehtiyojlarning shakllanishiga, faqat aks ettiruvchi emas, balki dunyoni o`zgartiruvchi inson ongini o`zgartiruvchi inson ongining rivojlanishiga sabab bo`ldi, Mehnat jarayonida mehnat bilan birga aloqa bog`lashning til yordamida amalga oshiriladigan oliy shakli rivoj topdi.
Ongning va voqelikni aks ettirishning ongga xos shakllari rivojlanishi bilan birgalikda shaxs sifatida odamning o`zi ham o`zgarmokda.
Mehnatda kishining ongi – aks ettirishning evolyutsion yo`nalishidagi eng oliy shakli – ashyoviy faoliyatning ob’ektiv barqaror xususiyatlarini ajratib olish va shu asosda atrofdagi reallikni tubdan o`zgartira olish xususiyatiga ega bo`lgan shakli ham rivojlana boradi.




Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish