Nazorat uchun savollar
1.Nerv tizimi va endokrin tizimining inson organizmi va xulq atvoridagi ahamiyati ayting.
2.Xulq-atvor va irsiyatning psixologik xususiyatlari
3. Instinkt tushunchasining mazmuni asoslang.
4.Odam va hayvon psixikalari o‘rtasidagi tafovut farqlang.
4-mavzu.Ong taraqqiyoti va ongsizlik
Reja: 1. Psixikaning filogenezda rivojlanishi va sensor, perseptiv bosqichlari.
2. Ongning paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti.
3. Onglilik va ongsizlik.
4. Muhit psixik faoliyat va taraqqiyot omili sifatida.
Tayanch so’z va iboralar
Tropizm, sezuvchanlik, instinktlar, hayvonlarning intellektual harakatlari, miya, psixika, nerv sestemasi, ong, ongni tarraqiy ettiradigan asosiy faktorlar,bosh miya, orqa miya, refleks, pisixika, ijtimoiy muhit,faoliyat,ta`lim-tarbiya, nutq.
Mavzu yuzasidan muammoli savollar.
Yerda hayotning paydo bo`lishi haqidagi bilimlaringizni bayon eting.
Hayvonlarda ong bormi, ularning intellektual harakatlarini qanday baholaysiz?
Inson psixikasining hayvon psixikasidan farqi nimada, asoslab bering?
Inson psixik taraqqiyotining omillari sifatida nimalarni ko`rsatasiz?
Ongga tariff bering. Psixikaning moddiy asosi nima?
3.
Kishi psixikasining paydo bo`lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo`lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Inson tarixiy taraqqiyotining mahsuli, psixikaning yuksak shakli bu inson ongidir. Kishilik jamiyatida mehnat faoliyatining takomillashuvi, shaxslararo munosabatnibng vujudga kelishi. Ularni barchasini amalga oshishini ta’limlochi ongning rivojlanishi.Ongning taraqqiyoti tufayli hozirgi zamon kishisining ma’naviy, madaniy yuksalishi muhim ahamiyatga ega.
Jonsiz, noorganiq materiyadan tortib to eng oliy va murakkab materiya hisoblanmish kishi miyasiga qadar barcha materiya moddiy olamning yalpi xususiyati – in’ikos etish xususiyatiga, ya’ni ta’sirotga javob qaytarish qobiliyatiga egadir.
Jonli materiyaga in’ikosning biologik shakllari xos bo`lib, jonli materiyaning ma’lum bir bosqichida esa in’ikosning yangi shakli sifatidagi psixika paydo bo`ladi.
Uzoq vaqt davom etgan evolyutsiya natijasida hozirgi organizmlarda in’ikosning qo’zgaluvchanlikdan tortib, to uning ancha yuksak darajadagi shakllari – psixik hayotning ifodalanishi shakllari bo`lmish sezgilar idrok, xotira, tafakkurga qadar turli xildagi shakllarini ko`ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |