Mustahkamlash darsi. Bu tipdagi darsda o’quvchilarning har xil topshiriqlar va tabiatshunoslikni boshqa predmetlar bilan aloqasini, shuningdek tabiat jismlari hamda hodisalarining o’zaro boglanishini ochib beruvchi ishlar bajarishlari markaziy o’rinni egallaydi.
Bu darslarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:
oldinda turgan ishlarning maqsadini taklif qilingan topshiriqlarni bajarish uchun zarur bilim, uquv va ko’nikmalarni esga olish (tiklash);
o’quvchilarning topshirilgan ishlarni bajarishlari;
o’qituvchining bajarilgan ishlarni tekshirishi;
uyga vazifa berish.
Bilim, uquv va ko’nikmalarni kengaytirish va rivojlantirish, shuningdek yangi materialni qabul qilib olinishini osonlashtirish uchun bunday darslarda kelgusi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Masalan, jonli tabiat burchagi va o’quv-tajriba uchastkasidagi ishlar (ko’p yillik gulli — manzarali o’simliklarni parvarish qilish, ularni tupini bo’lish yo’li bilan ko’paytirish, rezavor meva butalari va meva daraxtlarini qishga tayyorlash, xona o’simliklarini o’tqazish va ko’paytirish, qulupnay ko’chatlarini o’tqazish, tuproqni yumshatish va h. q) yoki tabiatdagi o’simlik zararkunandalari bilan tanishish.
Bu tipdagi darslarda ekskursiyalar yoki tabiiy ob‘ektlar ustidan uzoq kuzatishlar jarayonida o’zlashtirilgan bilimlarni qayta tiklash maqsadida ilgari o’quvchilar tayyorlagan albomlardan, surat, jadval, diafilmlardan foydalanish mumkin.
Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o’quvchilar sinfda tabiiy ob‘ektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari to’g’risida muayyan aniq bilimlar yig’indisini oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni qarab chiqadilar va taqqoslaydilar, ulardagi tarkibiy qismlarni, umumiy va tafovut qiladigan belgilarini ajratadilar. Bu tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini o’rganish umumiy tarzda yoki rypyhlap bo’yicha olib boriladi.
Predmetli darslar kuzatuvchilikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriya ishi uquvlarini oladilar, chunki darsda o’tkaziladigan ish element tadqiqiy xarakterda bo’lishi kerak. Unda bolalar o’rganilayotgan ob‘ektlarning belgi va sifatlarini taqqoslaydilar, murakkab bo’lmagan tajribalar o’tkazadilar. Predmetli darslarda mustaqil ishlarning salmog’i eng ko’p bo’lishi kerak.
Predmetli darslarni o’tishga o’qituvchi puxta tayyorlanishi kerak. Tarqatma materiallar o’quvchilar soniga to’g’ri kelishi zarur. Shu maqsadda ekskursiyada yig’ilgan tabiat ob‘ektlari (daraxt va butalarning quritilgan yoki to’kilgan barglari, meva va urug’lar kollektsiyalari, qurilish materiallari, foydali qazilmalar) dan foydalanish mumkin. Shu maqsadda foydalaniladigan tabiiy materialni tayyorlashning eng qulay vaqti — bahorgi va yozgi ta‘til kunlaridir. Ko’p bolalar yozda sanatoriya, lagerlar va shu kabi joylarga boradilar. Ularga tabiatshunoslik kabineti uchun tabiiy material yig’ib kelish topshirilib, bu imkoniyatlardan foydalanmoq zarur. Biroq bunda o’quvchilar tabiatni muhofaza qilish va o’simlik hamda hayvonlarga ehtiyotlik munosabatda bo’lish zarurligini esda tutishlari lozim.
2-sinf dasturida predmetli darslar mo’ljallangan, ularda bolalar termometrdan foydalanishga, yangi o’simliklarda ildiz, poya, barg, gul, meva va urug’larni taniy olishga o’rganadilar, qishda o’simliklar hayotini, urug’lardan o’simliklar rivojlanishini (ilgari qo’yilgan tajribalar asosida) kuzatadilar va h. 3-sinfda bolalar foydali qazilmalar, dala ekinlari to’g’risida boshlang’ich ma‘lumotlar oladilar.
Garchi 3-sinf o’quvchilari 2-sinfda hosil qilingan predmetli darsdagi ba‘zi ish tajribasiga ega bo’lsalar ham, ular har holda ish joyini qanday tashkil qilish kerakligi, kuzatishni qanday izchillikda olib borish, ularni qanday qayd qilish, qay tarzda xulosalar chiqarish zarurligi haqida maxsus yo’l-yo’riqlarga muhtoj bo’ladilar.
Predmetli darsning rejasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
- dars mavzusi va maqsadini bildirish;
- ish planini doska va daftarlarga yozish;
- tarqatma material bilan mustaqil ishlash;
- ish mazmuni bo’yicha suhbat (o’rganilayotgan ob‘ekt xususiyatlarini ta‘riflash, uni ilgari o’rganilgani bilan taqqoslash, qo’shimcha ko’rgazmali material bilan ishlash);
- daftarlarga yozuvlar qilish va rasmlar chizish;
- bilimlarni mustahkamlash va baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |