O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-yanvar,
PQ-4949-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2021-y., 07/21/4949/0027-son)
Andijon viloyati Xonobod shahrida «Life Khonobod» investitsiya va turistik loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, №PQ-4902, Qabul qilingan sana 26.11.2020, Kuchga kirish sanasi 26.11.2020
Andijon viloyatining Xonobod shahrida zamonaviy texnologiya asosida ma’danli ichimlik suvi ishlab chiqarish, eksport geografiyasini kengaytirish va tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish hamda zamonaviy dam olish majmuasini tashkil etish maqsadida:
1. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Andijon viloyati hokimligining “Water life mineral” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi o‘rinlarda — investor) quyidagilarni nazarda tutuvchi loyihani (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Andijon viloyati, Xonobod shahri, “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Xonobod” dahasi hududidagi zaxiradagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisobidan investorning asoslangan talabiga muvofiq bosqichma-bosqich 10 gektargacha bo‘lgan yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
I bosqichda — “Life Khonobod” brendi ostida ma’danli suv ishlab chiqarish, aholi va turistlar uchun ichimliklar galereyasi (byuvet), esdalik buyumlari (suvenir) do‘koni va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlar namoyish etiladigan shourumlarni;
II bosqichda — zamonaviy dam olish maskani (mehmonxona majmuasi) tashkil etishni.
2. Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida investor quyidagi majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi:
I bosqichda (2020-2021-yillar) — o‘z mablag‘lari va xorijiy kreditlarni jalb qilish hisobiga 14,3 mln yevro miqdorida investitsiya kiritish va kamida 200 ta yangi ish o‘rnini yaratish;
II bosqichda (2022-2023-yillar) — o‘z mablag‘lari va bank kreditini jalb qilish orqali 20,0 mlrd so‘m investitsiya kiritish hisobiga zamonaviy 150 o‘rinli dam olish maskani (mehmonxona majmuasi)ni qurish va kamida 30 ta yangi ish o‘rnini yaratish.
3. Andijon viloyat hokimligi (Sh.K. Abduraxmanov):
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (X.S. Turaxujayev) bilan birgalikda loyihani amalga oshirish uchun zarur yer uchastkasi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini loyihani ishga tushirish muddatiga qadar qoplash sharti bilan investorga ajratib berilishini;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Sh. Qudratov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A.O‘. Akkulov) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida belgilangan shartlar asosida investor bilan to‘rt tomonlama investitsiya shartnomasi tuzilishini hamda investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring yuritilishini ta’minlasin.
Bunda, investor tomonidan investitsiya loyihalari, shuningdek, belgilangan ijtimoiy majburiyatlar lozim darajada bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilib, ushbu yer maydonida avval belgilangan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar parametrlaridan kam bo‘lmagan yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ajratib berilishini ta’minlasin.
4. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov):
Andijon viloyati hokimligi (Sh.K. Abduraxmanov) bilan birgalikda loyiha amalga oshirilishi munosabati bilan Xonobod shahri bosh rejasiga tegishli o‘zgartirish kiritilishini ta’minlasin;
loyihani amalga oshirish doirasida bajariladigan qurilish-montaj ishlari shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi yuzasidan nazorat o‘rnatsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining turizm va sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin6.
Do'stlaringiz bilan baham: |