O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash yili” deb e’lon qilishi


Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. МИРЗИЁЕВ



Download 103,27 Kb.
bet18/22
Sana23.02.2022
Hajmi103,27 Kb.
#154387
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning aholini ijtimoiy himoya qilishdagi ahamiyati

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. МИРЗИЁЕВ
Тошкент ш.,
2020 йил 21 октябрь,
ПФ-6091-сон
2021-2023 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, №PQ-4936, Qabul qilingan sana 28.12.2020, Kuchga kirish sanasi 28.12.2020
Respublikada ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga qulay investitsiya muhitini yaratish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi infratuzilma obyektlarini barpo etish; shu asosda aholi bandligini ta’minlash va ularning turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida:
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda — mahalliy hokimliklar) bilan birgalikda 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
a) 2021-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2022-2023-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 1-ilovaga muvofiq;
b) 2021-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini ishga tushirish hamda yangi quvvatlar yaratishning maqsadli ko‘rsatkichlari va 2022-2023-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 2-ilovaga muvofiq;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar (obyektlar)ning manzilli ro‘yxatlari va maqsadli mo‘ljallar, shu jumladan:
2021-yilda ma’muriy, muhandislik-infratuzilma, shuningdek, alohida muhim va toifalangan obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
2021-yilda oliy ta’lim muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
2021-yilda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxati, shuningdek, 2022-2023-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
2021-yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati, shuningdek, 2022-2023-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 6 va 6a-ilovalarga muvofiq;
2021-yilda sog‘liqni saqlash obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxati, shuningdek, 2022-2023-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar 7 va 7a-ilovalarga muvofiq;
2021-yilda jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq;
2021-yilda madaniyat va san’at obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxati 9-ilovaga muvofiq;
2021-yilda ilm-fan va innovatsiya obyektlarini rivojlantirish manzilli ro‘yxati 10-ilovaga muvofiq;
2021-yilda issiqlik ta’minoti tizimi obyektlarini barpo etish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish manzilli ro‘yxati 11-ilovaga muvofiq;
2021-yilda avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, obyektlarni jihozlash va texnikalar xarid qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxat 12-ilovaga muvofiq;
2021-yilda temir yo‘l transporti va metropoliten infratuzilmasini rivojlantirish manzilli ro‘yxati 12a-ilovaga muvofiq;
2021-yilda irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati 13-ilovaga muvofiq;
2021-yilda melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati 14-ilovaga muvofiq;
2021-yilda huquqni muhofaza qilish va mudofaa obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati 15-ilovaga muvofiq;
g) 2021-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish manzilli ro‘yxati 16-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar rahbarlari zimmasiga Dasturning asosiy parametrlari, maqsadli ko‘rsatkichlari va manzilli ro‘yxatlari belgilangan muddatlarda to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish hamda samarali sarflash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Belgilansinki:
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud bo‘lgan qo‘shimcha loyihalarni (obyektlarni) kiritish, shuningdek, tegishli loyihalarni (obyektlarni) chiqarib tashlash bo‘yicha o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi mumkin;
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga iqtisod qilingan yoki o‘zlashtirilmagan kapital qo‘yilmalar limitlarini loyihalar (obyektlar) buyurtmachilari (tashabbuskorlari) o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi mumkin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, tanlov (tender) yakunlari yuzasidan Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) parametrlariga buyurtmachilar (tashabbuskorlar) bo‘yicha belgilangan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida tuzatish va aniqlik kiritilishi mumkin.
Dasturning asosiy parametrlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy hokimliklarning tegishli takliflari asosida kiritiladi.
4. Shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra:
Dasturga kiritilgan hududiy loyihalar (obyektlar) bo‘yicha loyiha hujjatlariga asosan kapital qo‘yilmalar limitlari yetishmagan takdirda, ularni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan idoraviy obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashning aniq ro‘yxati Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishiladi.
5. 2021-yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlansin:
moliyalashtirish manbai aniq bo‘lmasa;
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz (ishchi loyiha, ishchi hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlarisiz) yoki loyiha hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlash, ya’ni parallel ravishda olib borish;
pudratchi (loyihachi) tashkilotlarni tanlov (tender) o‘tkazmasdan tanlab olish (agar, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa).
Bosh vazirning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga mazkur bandda ko‘rsatilgan budjet intizomi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
6. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar — loyihalarning tashabbuskorlari:
a) 2021-yil 15-yanvarga qadar moliyalashtirish hajmlarini qurilish-montaj ishlarining kalendar jadvallari bilan uzviy bog‘liqlikda aniqlashtirgan holda, yildan-yilga o‘tuvchi loyihalar (obyektlar) bo‘yicha 2021-yil uchun qurilishlarning manzilli ro‘yxatini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga kelishish uchun kiritsin;
b) 2021-yil 15-fevralga qadar 2021-yilda yangidan boshlanadigan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari asosida tanlov (tender) hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish, xarid qilish tartib-taomillarini yakunlash va tanlov (tender) g‘oliblari bilan o‘rnatilgan tartibda pudrat shartnomalarini tuzish choralarini ko‘rsin;
v) xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan so‘ngo‘n kun muddatda yangidan boshlanadigan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha 2021-yil uchun qurilishlarning yakuniy manzilli ro‘yxatini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga kelishish uchun kiritsin;
g) 2021-yil 1-martga qadar 2021-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlarini bajarish, shu jumladan, loyihalar (obyektlar) bo‘yicha kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini choraklar kesimida tasdiqlab, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin. Bunda:
2021-yilning birinchi yarim yilligida barcha loyihalar (obyektlar) bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirish yillik prognoz ko‘rsatkichining kamida 40 foizini, shu jumladan yildan-yilga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha — kamida 55 foizini bajarish;
2021-yilda foydalanishga topshiriladigan ta’lim muassasalari obyektlarini — 15-avgustga qadar, sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar obyektlarini — 1-oktabrga qadar, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlarini — 1-dekabrga qadar to‘liqyakunlash ko‘zda tutilsin.
7. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni, shu jumladan ularni moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Qurilish vazirligi (Sh.S. Xidoyatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Dastur doirasida shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini me’moriy-rejalashtirishni tashkil etish, shuningdek, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishga malakali xorijiy konsultantlarni jalb qilib, 2021-yil 1-iyunga qadar muhandislik izlanish va topografik ishlarini yakunlash va loyihalashtirish ishlarini boshlash choralarini ko‘rsin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda:
aholi punktlari hududlarini zonalashtirishda aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olish, shuningdek, joylarda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirishga;
sohaga oid ilg‘or xorijiy tajriba va rivojlangan davlatlarning standart va talablarini o‘rgangan holda, zamonaviy usullarni ho‘llashga alohida e’tibor qaratilsin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) loyihalar tashabbuskorlari bilan birgalikda:
Dasturning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatilishini, har oyda loyihalar (obyektlar) kesimida muhokamalar tashkil etilishini va yuzaga keladigan masalalarni hal etish choralari ko‘rilishini ta’minlasin, natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
2021-yil 1-mayga qadar 2022-yilda amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining dastlabki manzilli ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritsin.
10. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) va Hisob palatasi (B.T. Turabov) ikki oy muddatda budjet mablag‘lari hisobidan kapital qo‘yilmalarni maqsadli va samarali o‘zlashtirish hamda loyihalar (obyektlar) natijadorligini ta’minlashga qaratilgan korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini joriy etsin. Bunda:
loyiha tashabbuskorlari tomonidan budjet mablag‘laridan foydalanishda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
moliya va investitsiya sohalarida muvofiqlik tizimi (komplayens) hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa samarali vositalarini joriy etish;
loyiha va pudrat ishlari (xizmatlari) xaridi jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ushbu sohada “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan, shu jumladan elektron tender platformasidan tizimli foydalanishni tashkil etish;
aniqlangan kamchiliklar yuzasidan har chorakda Oliy Majlis palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda xulosalar kiritib borish nazarda tutilsin.
11. Quyidagilar:
a) Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov — Dasturning sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tasdiqlangan prognoz parametrlari bajarilishini muntazam ravishda muhokama qilib borish va obyektlarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlashga;
b) Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov — Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) tizimli monitoring va tahlil qilib borilishini ta’minlash, mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi hamda samarali o‘zlashtirilishini nazorat qilishga;
v) qurilish vaziri B.I. Zakirov — obyektlarning loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ishlab chiqilishida eng maqbul me’moriy hamda texnik yechimlar qo‘llanilishi, qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi, shuningdek, qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlashga;
g) maktabgacha ta’lim (A.V. Shin), xalq ta’limi (Sh.X. Shermatov), oliy va o‘rta maxsus ta’lim (I.U. Majidov), sog‘liqni saqlash (A.M. Xadjibayev), jismoniy tarbiya va sport (D.X. Nabiyev), madaniyat (O.A. Nazarbekov), transport (I.R. Mahkamov), suv xo‘jaligi (Sh.R. Hamroyev), uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish (M.X. Saliyev) vazirlari — mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning maqsadli ishlatilishini, shuningdek, qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilishini va obyektlarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlashga;
d) vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Dasturga kiritilgan loyihalar (obyektlar) bo‘yicha mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish, qurilish-montaj ishlarini sifatli bajarish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirishga;
mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan maqsadli mo‘ljallar doirasida 2022-yilda amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalar (obyektlar)ning dastlabki manzilli ro‘yxatini ishlab chiqish hamda 2021-yil 1-aprelga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim qilishga;
2022-yil va keyingi yillarda Dasturlarga kiritilishi nazarda tutilayotgan obyektlarning loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini qurilish normalari va me’yorlari talablariga qat’iy rioya qilgan holda, 2021-yil 1-avgustga qadar ishlab chiqishga shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 17-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
13. Mazkur qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.

Download 103,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish