O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash yili” deb e’lon qilishi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Download 103,27 Kb.
bet19/22
Sana23.02.2022
Hajmi103,27 Kb.
#154387
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning aholini ijtimoiy himoya qilishdagi ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-dekabr,
PQ-4936-son

2021 yilda O'zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, №PQ-4949, Qabul qilingan sana 14.01.2021, Kuchga kirish sanasi 14.01.20214
[Ko‘chirma]
Eksportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, uning hajmlari barqaror o‘sishini ta’minlash va tarkibini takomillashtirish bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar, ushbu maqsadlarda mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan maksimal darajada foydalanish koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarning oqibatlarini yumshatish imkonini berdi.
2021-yilda respublika eksport salohiyatini tiklash va yanada kengaytirish maqsadida:
1. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy bo‘linmalarida joylashtirgan holda doimiy faoliyat yurituvchi hududiy eksport shtablarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hukumat komissiyasi o‘n kun muddatda “ishlab chiqarishdan to xorijiy iste’molchigacha” tamoyili bo‘yicha eksportchi tashkilotlarga ko‘maklashishda aloqador vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining “gorizontal va vertikal o‘zaro hamkorlikda ishlash” mexanizmini nazarda tutgan holda hududiy eksport shtablarining to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlasin.
2. 2021-yilda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan eksportchi tashkilotlarga xomashyo sotib olish va eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 100 million AQSh dollari ajratilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021-yil 1-fevraldan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish ajratilishini ta’minlasin.
3. Belgilansinki, 2021-yil 1-apreldan mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mahalliy eksportchi korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarini qoplab berish tartibini tasdiqlasin.
7. Hukumat komissiyasiga Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-iyundagi 464-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhining vazifa va vakolatlari yuklatilsin.
Hukumat komissiyasi valyuta nazorati organlari bilan birgalikda bir oy muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan echish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Quyidagilarga:
Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga — barqaror o‘sishni ta’minlash, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilish, eksportchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashkil etilgan tizimning samarali faoliyat yuritishi;
Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga — eksportni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida budjetdan moliyalashtirish, eksportchi tashkilotlarga qonunchilikka muvofiq soliq imtiyozlari, preferensiyalar va subsidiyalar berish;
energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga — eksportchi tashkilotlarni shartnoma majburiyatlariga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga — qishloq xo‘jaligi xomashyosini ishlab chiqarishning samarali tizimi yaratilishini ta’minlash, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari eksportini kengaytirish, respublika hududlarida to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega yirik agrosanoat klastyerlarini barpo etish, raqobatbardosh meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish;
transport vaziri vazifasini bajaruvchi I.R. Maxkamov zimmasiga — eksportchi tashkilotlarni harakatlanuvchi tarkib bilan uzluksiz ta’minlash, avia parki va temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibini kengaytirish, shuningdek, qo‘shni davlatlar hududi orqali eksport va tranzit yuklarining erkin harakatlanishini tashkil qilish hamda eksport va tranzit yuk tashuvlari sohasida tarif siyosatini optimallashtirish;
tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari F.N. Arziyev zimmasiga — O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining mahalliy eksportchi tashkilotlarga xorijiy hamkorlarni topish hamda eksport shartnomalarining imzolanishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini va diplomatik qo‘llab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — meva-sabzavot va sanoat mahsulotlarining eksportchi tashkilotlariga ishlab chiqarish omillari hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashda ko‘maklashish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin5.

Download 103,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish